O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari. – Toshkent, 1956.
Rahmatullaev Sh.. O‘zbek tilining yangi alifbosi va imlosi. –Toshkent: Universitet, 2002. –B. 53.
Nazarov K. O‘zbek tili punktuatsiyasi, – Toshkent: Universitet, 1996, 39- b.
Inomxo‘jaev S. O‘tmish sharq notiqligi. – Toshkent: Bilim, 1972.
Badiiy uslub va tilning ifoda vositalari. – Samarqand, 1994.
Internet ma’lumotlari:
23. www.ziyo.net
24. www.thinsan.com
25.www. uforum.uz
26. www.literature.uz
4-MAVZU: NUTQ MADANIYATI TARIXI
Reja:
1. Qadimgi Yevropada nutq madaniyati.
A) Aristotel G) Kvintilian
B) Sitseron D) Lisiy
V) Demosfen Ye) Katon
Yo) Prikl va boshqalar
Adabiyotlar
Maxmudov N. O‘qituvchining nutqi madaniyati. Toshkent 2007 y.
Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. Toshkent 1993 y.
Rasulov R, Husanov N, Mo‘ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik
san’ati. Toshkent 2006 y.
Imomxo‘jaev S. Notiqlik san’ati asoslari. Toshkent. O‘qituvchi 1982.
A.Avloniy. Turkiy guliston yohud ahlov. Toshent O‘qituvchi 1992 y.
A. Navoiy. Asarlar. 15 tomlik 14-tom 2005 y.
Kaykovus. Qobusnoma. To‘ldirilgan nashri Toshkent 2008 y.
A.Fitrat. Tanlangan asarlar. IV jild Toshkent 2006 y.
O‘rinboev B, Soliev A. Notiqlik mahorati Toshkent 1984 y.
Kishilar chiroyli, mazmundor nutq masalasi bilan juda qadimdan qiziqib keladilar. Qadimgi Gresiya va rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratildi. Nutq oldiga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqildi. Bunga quldorlik tizimining rivojlanishi, quldorlik demokratiyasi sabab bo‘ldi. Bu davrda davlatning, savdo-sotiqning, sud ishlarining nihoyatda taraqqiy etishi notiqlikni san’at darajasiga ko‘tardi. Yetuk inson bo‘lish uchun albatta, notiqlik san’atini egallash shart qilib qo‘yiladi. Ana shu ehtiyoj tufayli notiqlik nazariyasi yaratiladi. Uning Siseron, Demosfen, Kvintilian, Aristotel kabi nazariyotchilari yetishib chiqadi. Eramizning 335 yilida Aristotelning “Ritorikasi” yaratiladi. Unda notiq oldiga quydagilarni vazifa qilib qo‘yadi:
-materialni har tomonlama tayyorlash.
-materialni joylashtirish rejasini belgilash.
-materialni o‘zlashtirish, nutq qurilishini to‘g‘rilash.
-notiqlikning nutq materialini o‘rganishi.
-materialni so‘z bilan ifodalash.
-nutqni talaffuz qilish, ya’ni nutq jarayoni.
Bu talablar hozir ham o‘z kuchini saqlab kelmoqda.
O‘sha davr sud notiqligining katta namoyandasi Siseron edi. U sud notiqligida yuksak muvaffaqiyatlarga erishdi, notiqlik san’ati nazariyasiga ulkan hissa qo‘shdi. Siseronning “Notiq haqida”, “Notiq”, “Brut” asarlari hozir ham ma’lum qimmatga egadir.
Rim notiqlik maktabining yana bir vakili mark Fabiy Kvintiliandir. U o‘zining “Notiq bilimi haqida” kitobida bilimdonlikni notiqlikning birinchi sharti qilib qo‘yadi. Kvintilian notiqlikka doir bilimni juda yoshlikdan o‘rgana borish kerak, deydi. Nutqning tinglovchi uchun tushunarli bo‘lishiga katta ahamiyat beradi. U “Sen shunday so‘zlaginki, seni har bir kishi tushuna olsin”, - degan edi.
Yunoniston – jahon notiqlik san’atining yirik namoyandalarini yetkazib bergan. Perikl, Lisiy, Demosfen, Aristotel ana shular jumlasidandir.
Perikl yirik siyosiy arbobgina bo‘lib qolmay, ko‘zga ko‘ringan notiq ham edi. Perikl nutqlarining birorta matni ham bizga qadar yetib kelmagan. Lekin uning usta, ko‘zga ko‘ringan notiq bo‘lganligi haqida grek tarixchisi Fukidid ma’lumot beradi. Perikl nutq fikrning chuqurligi, shaqlning soddaligi, samimiyligi bilan, tinglovchilar ruhiyatini e’tiborga olganligi bilan harakterlanadi.
Eramizdan oldingi V asr oxiri IV asr boshlarida yashab o‘tgan sud notiqlaridan biri Lisiy edi. U o‘ta logograf (nutq matnlarini tuzuvchi yoki yozib beruvchi kishilar) ham bo‘lib, o‘z himoyasidagi ayblanuvchilarga nutq matnini yozib beradi. Lisiyning notiqligiga xos xususiyatlardan biri hamma notiqlik uchun zarur bo‘lgan usul-fikrni yangicha shaqlga solishni juda oson egallaganligidir. U gaprishi lozim bo‘lgan kishining harakterini, ijtimoiy ahvolini juda ham aniq tasvirlab beruvchi nutq matnini ishlab chiqishga usta ediki, bu nutq faqat o‘sha so‘zlovchigagina xos bo‘lardi.
Lisiyning notiq sifatidagi ikkinchi xususiyati hikoyachilik san’atini egallab olganligidir. U har qanday voqelikni sodda, jonli, qiziqarli shaklda hikoya qilishga usta edi. Uning notiqlik san’atidagi uchunchi xususiyati uslubidagi aniqlik, soddalik va tabiiylik edi.
Qadimgi yunonistonning buyuk notiqlaridan yana biri Demosfendir. Demosfen eramizgacha 384-yilda tug‘ilib. 322-yilda vafot etgan. U dastlab o‘zini himoya qiluvchi sud notig‘i sifatida tanilgan. Keyinchalik u logograflik qiladi.
Demosfen notiqlik san’atini egallash uchun juda ko‘p kuch sarflaydi. Unda jismoniy kamchiliklar mavjud edi, ovoz past va leksiyasi yomon bo‘lgan, kifti asabiy ravishda titrab turgan. Ma’lumotlarga qaraganda Demosfen ovozini o‘stirish uchun ozgina mayda toshlarni solib, dengiz qirg‘og‘ida nutq so‘zlari va to‘lqin shovqin-suronni bosib ketishga harakat qilardi. Kiftning titrashidan qutilish uchun shiftga qilichni shunday ildiradiki, uning o‘tkir uchi kiftga yaqin turadi va kifti titragudek bo‘lsa, qilichning uchi tegib og‘ritardi. Shu yo‘sinda olib borilgan uzluksiz mashqlar Demosfenga jismoniy kamchiliklarni bartaraf qilishga imkon bergan. Tinimsiz mashq tufayli u mashhur notiq bo‘lib yetishdi.
Demosfen nutqi uning harakterini aks ettiruvchi oyna edi. Undagi kuchli vatanparvarlik tuyg‘usi nutqlarida o‘z ifodasini topardi.
Demosfendan keyin o‘zining notiqlik talanti bilan nom chiqargan Aristotel notiqlik san’ati nazariyasini yaratib uni uch qismga ajratadi:
1. Nutq xizmat qilishi lozim bo‘lgan tamoyillar tahlili.
2. Notiq uchun zarur bo‘lgan shaxsiy xusuiyat va qobiliyat.
3. Notiq nutqida qo‘llaniladigan nutq tehnikasi, nutq usullari.
Aristotel nutq uslubiga alohida e’tibor beradi. Aristotelning notiq uslubi haqidagi fikrlari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. U notiq nutqi uslubining layoqatligi, uning aniqligi bilan belgilanadi, deb juda to‘g‘ri ko‘rsatadi. Agar nutq aniq bo‘lmasa, notiq o‘z maqsadiga erisha olmaydi, tinglovchilarga keraqlicha ta’sir etaolmaydi.
Rim notiqlik san’ati yunon notiqlik san’atining davomi sifatida yuzaga keldi. Rimdagi iqtisodiy va siyosiy o‘sishning harakteri notiqlik san’atining yangi tipini yaratdi.
Yunonistonda bo‘lganidek, Rimda ham notiqlikning asosan, uch turini ko‘rsatish mumkin: sud notiqligi – oqlovchi va qorolovchi, siyosiy notiqlik, maqtov notiqligi. Bulardan tashqari, Yunonistonda bo‘lganidek, notiqlik san’atini o‘stirish uchun xizmat qiluvchi o‘quv-mashq notiqligi ham mavjud edi.
Rimlik notiqlardan biri eramizdan ilgari III-II asrlarda yashab o‘tgan davlat arboblaridan Mark Partius Kato yoki Katondir. Katon notiq sifatida. Nutq san’ati nazariyasi va amaliyoti masalalari bilan maxsus shug‘ullangan.
Keyinchalik Rimda aka-uka Tiberiy va Kay Grakh, Mark Antoniy, Mark Tulliy Siseron kabi taniqli qator notiqlar yetishib chiqadiki, bular ichida eng buyuk va so‘zamoli notiq Siseron edi. Siseron va Demosfen qadimgi notiqlarning eng buyuklari edi. Demosfen ko‘proq o‘zining siyosiy notiqligi bilan shuhart topgan bo‘lsa, Siseron sud notiqligi bilan tanildi. Albatta, Siseron nutqlari siyosiy jihatdan ham kuchli edi. Rimda umuman, siyosiy tomonni chetlab o‘tgan bironta ham yaxshi notiq bo‘lmagan.
Siseron timsolida notiqlik san’atining nazariyasi hayot tajribasi va nazariyasi bilan muvaffaqiyatli ravishda qo‘shib olib borildi. U notiqlik san’ati nazariyasining ayrim tomonlarini ishlab chiqibgina qolmay, o‘z notiqlik chiqishlari bilan buni tajribada isbot etdi. Siseron nutqining muvoffaqiyatli chiqishi uchun notiq quyidagilarga alohida e’tibor berishi lozimligini ko‘rsatadi:
1. Notiqlikning o‘ziga ishonchi mustahkam bo‘lishi kerak. Buning uchun esa notiq o‘z nutqida olga suriladigan fikrga to‘la ishonch hosil qilishi lozim.
2. Nutq to‘la isbotli dalillarga ega bo‘lishi kerak.
3. Materialni to‘plash nutqqa tayyorgarlikning asosidir.
4. Materialni to‘g‘ri joylashtirish-ekspozisiyaga alohida e’tibor berish lozim. Joylashtirish shunday bo‘lsinki, u materialni butunlay o‘zlashtirib olishga yengillik yaratsin. Buning uchun nutqni aniq qismlarga bo‘lish lozim.
5. Har qanday sohada ham nutqning muvoffaqiyatini bilish hol etadi. Agar notiq o‘z nutqi qaratilgan sohani yaxshi bilmasa, u qanchalik san’atkor bo‘lmasin, o‘z tinglovchisini jalb etolmaydi.
Siseronning notiqlik san’ati nazariyasi va tarixiga oid uchta asari ma’lum: “Notiqlik haqida”, “Notiq”, “Brut” (“taniqli notiqlar haqida”).
Rim notiqlik san’atining buyuk nazariyotchilaridan biri Kvintiliandir. Mark Fobiy Kvintlian notiqlik san’atida yirik notiq va nazariyotchi sifatida shuhrat qozongan. Kvintilian Siseron va boshqa Rim notiqlari fikricha qo‘shilgan holda, hamma notiq birinchi navbatda bilimli bo‘lishi lozimligini aytadi. Shuningdek, u notiq axloqiy olijanob bo‘lishi lozim, busiz hech qachon haqiqiy notiq darajasiga ko‘tarila olmaydi, deb biladi.
Kvintilian Rimdagi notiqlik maktabining asoschisi hisoblanadi. Ungacha notiqlik bilimini berish xususiy maktablarda amalga oshirilgan.
Umuman,qadimgi Yunoniston va Rimning notiqlik san’ati tajribalari o‘rta asr va keyingi davr notiqlarining vujudga kelishida muhim rol o‘ynaydi.
Xullos, qadimgi Yunoniston va Rimda madaniy nutq, notiqlik nazariyasi rivojlantiriladi. Bu nazariya keyinchalik Yevropada nutq madaniyatiga bag‘ishlangan fanning maydonga kelishiga asos bo‘ladi.
Sharqda, jumladan, Movaraunnahrda badiiy, ilmimy ijodning taraqqiyoti bilan, shuningdek, va’zxonlik, “Qur’on”ni targ‘ib qilish bilan mushtarak holda so‘zning ahamiyati, ma’nosi va undan maqsadga muvofiq foydalanish borasida qadimdan ko‘p yaxshi fikrlar aytilgan.
Va’zxonlikning (chechanlik, notiqlik) san’atining o‘sishi bilan nutq oldiga qo‘yilgan talablar mukammallashib bordi. Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu nasr Farobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Zamahshariy, Abu Ya’qub Sakkokiy tilga, lug‘atga, grammatikaga va mantiqshunoslikka bag‘ishlangan asarlar yozdilar, yoki boshqa sohalarga doir asarlarida bu mavzuga aloqador fikrlar bildirdilar.
Buyuk qomusiy olim Beruniy (973-1048) o‘zining “Geodeziya” asarining kirish qismida fanlarning paydo bo‘lishi va tarmoqlanib ko‘payishi haqida so‘z yuritib, har bir fanning inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz va mantiq fanlari ham shu ehtiyojning hosilasidir. Inson nutqi o‘z tuzilishi, materialiga ko‘ra rostni ham, yolg‘onni ham ifodalashi mumkin. Inson bu munozaralar jarayonida rostni yolg‘ondan ajratish vositasi bo‘lib qoldi. Inson nutqida shubhali o‘rinlar sezilsa, ma’lum “mezon” yordamida ular tuzatiladi. Olim mantiqni o‘rganmasdan, uni malomat qilganlarga hayron qoladi va ulraga achinib: “Agar u dangasalikni tashlab, oromga berilmasdan, gap bilan bog‘lanib keladigan nahv (grammatika), aruz (she’r o‘lchovi) va mantiq (logika)ni mutolaa qilganda edi, so‘z (nutq) zotan, nasr va nazmga ajralishini bilgan bo‘lardi” – deydi. Demak, Beruniy nutqning ikki xil – nasr, nazm ko‘rinishi borligini ko‘rsatadi.
Nutqning bu turlari ma’lum qoidalar asosida shakllanadi. Nasr nahv qonun – qoidalari, nazm aruz talablariga binoan tuziladi. Aruza qaraganda nahvning ta’sir doirasi keng, unasr uchun ham, nazm uchun ham zarur. Beruniy yozadi: “Nahv nasrda va aruz nazmda (aytilgan) so‘zning me’yorini o‘lchovi va xatosini tuzatuvchi aniq ikkita mezon bo‘lib qoldi, lekin nahv bular ikkisining umumiyrog‘idir, chunki, u nasrni ham, nazmni ham birgalikda o‘z ichiga qamrab oladi”.
Beruniy shakl va mazmun birligiga katta e’tibor beradi. Shakl mazmunga xizmat qilishi kerak. Mazmunsiz har qanday shakl ham el orasida e’tibor qozonmaydi. Nutqning nasriy shaklida ham, nazmiy shaklida ham mazmun bosh mezondir. Nutq o‘zining har ikki shaklida ham so‘zlovchi o‘z oldiga qo‘ygan ma’noni (fikrni) ifodalashi shart.
Ulug‘ vatandoshimiz Abu Nasr Farobiy (870-950) to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati zo‘rligi haqida shunday deydi: “Qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va qanday javob berish (masalasi)ga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga (substansiya-narsalar) va aksidenisiya (hodisalar)ga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman.
Ikkinchi ilm grammatikadir; u jismlarga berilgan ism (nom)larni qanday tartibga solishni hamda substansiya va aksidensiyaning joylashishini va bundan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli so‘zlarni va nutqni qanday tuzishni o‘rgatadi.
Uchinchi ilm mantiqdir: ma’lum xulosalar keltirib chiqarish uchun logik figrualarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o‘rgatadi, bu xulosalar yordamida biz bilmagan narsalarni bilib olamiz hamda nima to‘g‘ri, nima yolg‘on ekanligi haqida hukm chiqaramiz.
Ko‘rinadiki, grammatika va mantiq fanlarining nutq tuzishdagi ahamiyatini ikki buyuk olim ham yuksak darajada anglaganlar va ularga katta ahamiyat berganlar. Beruniy ham, Forobiy ham qadimgi grek falsafasiga va boshqa fanlarga oid asarlardan oziqlanibgina qolmay, ularni to‘ldirdilar, g‘alat o‘rinlariga izohlar berdilar.
Beruniy bilan zamondosh bo‘lgan Abu Abdullah al-Xorazmiy (vafoti 997 y.) ham o‘zining “Mafotih-ul-ulum” (“Ilmlar kalitlari”) asarida o‘sha davr nutq madaniyatining ba’zi bir masalalari - devonxona ish qog‘ozlari, ularning shaqllari, ishlatiladigan istilohlar (terminlar); shuningdek, adabiyotshunoslik fani istilohlari, ularning ta’rifi haqida ma’lumot beradi. Asarning beshinchi bobida aruz va qofiya ilmi hamda she’riyatda ishlatiladigan badiiy tasvir vositalari, ularning fazilatlari va nuqsonlari ustida so‘zlaydi. Asarda aruz ilmi, undagi 15 bahr ko‘rinishlari she’riy misollar bilan beriladi. Aruz ilmga tutash qofiya ilmi, uning istilohlari ta’rif va izohlar bilan qayd etiladi. Asarning beshinchi bobi besh bo‘linmadan tashkil topgan. Beshinchi bo‘linma X asr O‘rta Osiyo she’riyatiga bag‘ishlanadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, X asrdayoq o‘lkamizda badiiy nutq yuksak darajada rivojlangan, uning nazariyasi mukammal ishlangan edi.
Qadimgi Sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri “Qobusnoma”da ham nutq odobi va madaniyati haqida ibratomuz gaplar aytilgan bo‘lib, ular hozir ham ma’lum darajada ahamiyatini yo‘qotmagandir. “Qobusnoma” Kaykovus tomonidan 1082-1083 yillarda yaratilgan bo‘lib, 44 bobdan iborat. Uning 6-7 boblari so‘z odobi haqidadir. Asar muallifning farzandiga qilgan nasihatlari sifatida yozilgandir. U farzandini yoqimli, muloyim, o‘rinli so‘zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi: “... Yaxshi so‘zlashga o‘rgan va muloyim so‘zlashdan boshqa narsani odat qilma, negaki qanday so‘zni gapirishni istasang, til shuni gapiradi. So‘zni o‘z joyida so‘zla, joyida aytilmagan so‘z, agar u yaxshi o‘z bo‘lsa ham yomon ko‘rinadi”. Kishi suhandon va notiq bo‘lishi lozim”. Har bir notiq o‘z nutqi ustida ko‘p mashq qilishi, xalq oldida nutq so‘zlaganda yoqimli va ba’mani gapirishi, xalqning e’tiborini qozonishi zarur. “Xalq oldida gapirganda so‘zing go‘zal bo‘lsin, bu so‘zni xalq qabul qilsin. Xaloyiq sening so‘z bilan baland darajaga erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini so‘z orqali biladilar, ... har kishining ahvoli o‘z so‘zi ostida yashiringan bo‘ladi”.
Kaykovus notiq so‘zining ma’nolarini har tomonlama o‘rgangan bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. “Ey farzand, so‘zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so‘zlaganingda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so‘zning qanday ma’noga ega ekanini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar!”. Notiq xalq tilini, xalqning fikrini, ruhiyatini bilishi kerak... “Shunday kishini notiq (suxango‘y) deymizki, uning har so‘zi xalqqa tushuarli bo‘lsin va xalqning har so‘zi unga ham ma’lum bo‘lsin”. So‘zlaganda o‘ylab, har bir fikrdan kelib chiqadigan xulosani ko‘z oldiga keltirib gapirgan notiq pushaymon bo‘lmaydi. “O‘ylamasdan so‘zlama, har bir so‘zni o‘ylab gapir, to aytgan so‘zingdan pushaymon bo‘lmagaysan”. “Bilag‘onlik” qilib, tildagi so‘zlarni buzib so‘zlamaslikka, hamma vaqt mavjud til normalariga amal qilishga chaqiradi: “Agar so‘zni va ilmni yaxshi bilsang ham, hech bir so‘zni buzma, to‘g‘ri ta’rifla. So‘zni bir xil gapir”.
Kishi kamtar bo‘lishi kerak, o‘zini xalq orasida oddiy, kamtar tutishi lozim, mahmadonalik qilish, ko‘p gapirish donolik belgisi emas... “Ey farzand, agar sen har qanday notiq bo‘lsang ham, o‘zingni bilganlardan pastroq tutgil, toki so‘z bilimdonligi vaqtida bekor bo‘lib qolmaysan. Ko‘p bilu, oz so‘zla, kam bilsang, ko‘p so‘zlama, chunki aqlsiz kishi so‘zlaydi, deganlarki, jim o‘tirish salomatlik sababidir. Ko‘p so‘zlovchi aqlli odam bo‘lsa ham xalq uni aqlsiz deydi ...”.
So‘zning qadri, undan foydalanish, kam so‘zlab, ko‘p ma’no yuklash, ravshan fikrlash kabi masalalar ustida XII-XIII asr mutafakkirlari Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiylar ham ibratli fikrlar bildirganlar.
Ulug‘ shoir Yusuf Xos Hojib turkiy xalqlarning XII asrdagi ajoyib badiiy yodgorligi bo‘lgan “Qutadg‘u bilig” (“Baxt keltiruvchi bilim”) asarida so‘zlarni to‘g‘ri tanlash va qo‘llash haqida: “bilib so‘zlasa so‘z bilig sanalur” degan edi.
Qisqa so‘zlash, so‘zlarga iloji boricha ko‘proq ma’no yuklash haqida:
Ugush so‘zlama so‘z biror so‘zla oz,
Tuman so‘z tugunin bu bir so‘zla yoz.
deydi. Mazmuni:
so‘zni ko‘p so‘zlama, kamroq so‘zla. Tuman (ming) so‘z tugunini shu bir so‘z bilan yech.
Gapirishdan maqsad so‘zlovchi ko‘zda tutgan narsa, hodisa, voqealarni tinglovchiga to‘g‘ri, ta’sirchan yetkazishdan iborat. Shunday ekan, nutqning to‘g‘riligi, ravonligi va mantiqiyligiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Mutafakkir so‘zlovchini tilning ahamiyatini tushungan holda, hovliqmasdan, so‘zning ma’nolarini yaxshi anglab, nutqni ravon qilib tuzishga chaqiradi:
Til asg‘i ta’lim bor, basinma o‘kush, -
Ara o‘g‘dilur til, ara ming so‘kush.
Necha mundog‘ ersa bilib so‘zla so‘z.
So‘zing bo‘lsu ko‘rsu qarag‘uqa ko‘z.
(Tilning foydasi talaydir, ortiqcha hovliqma,
Goho til, maqtaladi, goho so‘kiladi.
Modomiki shunday ekan, so‘zni bilib so‘zla,
So‘zing ko‘r uchun ko‘z bo‘lsin, (u) ko‘ra bilsin)
Adib Ahmad Yugnakiy (XII-XIII) ham so‘zlaganda nutqni o‘ylab, shoshmasdan tuzishga, keraksiz, yaramas so‘zlarni ishlatmaslikka mazmundor so‘zlashga chaqfiradi. Noto‘g‘ri tuzilgan nutq tufayli keyin xijolat chekib yurmagin, deb so‘zlovchini ogohlantiradi:
O‘quv so‘zla so‘zni eva so‘zlama,
So‘zing kizla, kedin, boshing kizlama.
So‘zni uqib so‘zla, shoshib gapirma (keraksiz, yaramas) so‘zlarni yashir, yaramas gaping tufayli keyin boshingni yashirib yurma.
O‘z zamonasining buyuk shoirlaridan biri bo‘lgan Amir Xisrav dehlaviy (XIV asr) nutqni ta’sirli, emosional va shu bilan barobar mazmundor tuzishga da’vat qiladi:
So‘zlaringda bo‘lsa fikru o‘y yoniq,
Bo‘lsin har so‘zingda bir nuqta aniq.
Yana nutqda aytiladigan fikrni ko‘ngilda (miyada) pishitib, ravon qilib aytilsa, u mazmundor va ohangdor bo‘lishi haqida quyidagicha go‘zal fikr bildirilgan:
Nazm aytsam, aytaman ta’b o‘lchovida o‘lchabon,
O‘lchanib aytilsa nuqta, bo‘lmas uchov besamar.
O‘zbek mumtoz adabiy tilining homiysi bo‘lgan buyuk Alisher Navoiy turkiy tilda go‘zal nutq tuzishning bayroqdori sifatida o‘zining butun ijodi bilan o‘zbek tili boyliklarini namoyon etdi. Navoiy ijodi tufayli o‘zbek adabiy tili XV asrda olamga mashhur adabiy asarlar yaratishga qodir til ekanligini namoyish qildi. Uning asarlari, ayniqsa, g‘azallari, XV asr va undan so‘ng 1917 yilgacha bo‘lgan davr o‘zbek adabiy tilida nutq madaniyati amaliyotining rivojiga bebaho hissa bo‘lib qo‘shildi. Navoiydan so‘ng o‘zbek adabiyotida (nafaqat o‘zbek adabiyotida) ma’lum mavqeni egallagan shoirlar nutq tuzishning Navoiycha yo‘lini tutdilar, Navoiyni o‘zlariga ustoz deb bildilar. Xalq orasida nom chiqargan hofizlar Navoiy g‘azallari matni asosida kuyladilar. Keyingi asrlarda ijod qilgan Bobur, Ogahiy, Komil Xorazmiy, Munis Xorazmiy, mashrab, Maxmur, Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Avaz O‘tar o‘g‘li, Fitrat Behbudiy, So‘fizoda, Hamza kabi mutafakkirlarning asarlarida o‘zbek mumtoz adabiy tili normalari amaliy jihatdan mukammallashib bordi.
Alisher Navoiy o‘zining “Muhokamatul lug‘atayn” asarida har bir tilning katta yoki kichikligidan qat’i nazar, o‘ziga xos ijobiy tomonlari borki, ularni boshqa biror tildan topib bo‘lmaydi, degan fikrni aytib, fors tili shuhrat topgan til bo‘lishiga qaramasdan, turkiy tilda bo‘lgan ba’zi bir imkoniyatlar unda yo‘qligini bayon etadi va dalil sifatida o‘sha davr o‘zbek tilida amal qilgan 99 dona fe’lni keltirib, ular fors tilida yo‘q ekanligini ko‘rsatadi.
Alisher Navoiyning “Muhokamatul lug‘atayn” va “Mahbubul-qulub”, “Nazmul-javohir” asarlari o‘zbek tilida nutq tuzishning go‘zal namunalari bo‘lishi bilan birga, uning yuksalishiga ham katta hissa qo‘shdi.
Navoiy “Mahbubul-qulub”da tilning ahamiyati, undan foydalanish, nutq so‘zlovchi dilidagi fikrni to‘g‘ri aks ettirishi lozimligi haqida shunday deydi: “Saodatbaxsh ruh zuloliga matla’ ham til. Tilga iqtidorlig‘ – haqimi xiradmand; so‘zga ixtiyorsiz – layni najnad. Tilki fasih va dilnazir bo‘lgay, xubroq bo‘lgay agar ko‘ngil bila bir bo‘lgay”. (“Saodatbaxsh ruhning tiniqligi manba ham til, baxtsizliklar yulduzining boshlanishiga sabab ham til. Tiliga kuchi yetadigan (kishi) aql podshosidir; so‘zga ahamiyat bermaydigan (kishi) la’natlangan, past (kishi) dir. Til go‘zal va dillarni olovlantiruvchi bo‘lishi bilan birga, (so‘zlovchining) dilidagini aks ettirsa, yanada yaxshiroq bo‘ladi”.)
Ravshanki, bunda Navoiy til deganda nutqni ko‘zda tutgan.
Til, ya’ni so‘z o‘zining juda ko‘p yaxshi fazilatlari bilan nutq uchun material ekanligi, nutqning qo‘polligi, maqsadga nomuvofiq bo‘lishi so‘zlovchiga zarar yetkazishi haqida: “Til muncha sharaf bila nutqning olatidir va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo‘lsa, boshning ofatidir...”-deydi.
Mayin, yoqimli shirali ovoz bilan so‘zlash odobi haqida, o‘ylamasdan so‘zlamaslik haqida yozadi: “Tildin azubat dilpisanddur va miynat sudmand. Chuchuk tilki achig‘liqqa evruldi, zarai oi bo‘ldi. Chuchuk so‘z sof ko‘ngillarga nushdur... So‘zni ko‘nglungda pishqormaguncha tilga kelturma, harnakim ko‘nglungda bo‘lsa, tilga surma”. (“Tilning shirin, yoqimli va yumshoqligi foydadir. Chuchuk til achchiqqa aylana, ommaga (tinglovchiga) zarar yetadi. Qandni mast qiluvchi aroq qilsalar, harom bo‘ladi. Chuchuk so‘zni toza ko‘ngillar simiradi... So‘zni ko‘nglingda pishitib olmaguncha so‘zlama, ko‘nglingda bo‘lgan har qanday fikrni ham ayta berma”).
Biz o‘zlashtirib olgan ona tili so‘zlari so‘zlovchining qobiliyati, malakasi va ta’bining kuchiga qarab nutqqa aylanadi, nutqning tinglovchiga yetishi, ta’siri ham shunga bog‘liq bo‘ladi. Ammo har qanday nutqdan maqsad fikr anglatish bo‘lmog‘i lozim: “Ammo so‘zlar va saboqlardin murod ma’nidur”.
Do'stlaringiz bilan baham: |