Tuproqdagi suvlarning turlari.
Suv tuproqning turli teshik kavaklarida saqlanib, o’zining ximiyaviy tarkibi va xossalariga ko’ra, tuproq zarralari bilan doimo o’zaro tahsir va munosabatda bo’ladi. Bu esa o’z navbatida tuproqdagi namning harakati, xossasi va o’simlikka shimilish holatini belgilaydi.
Tuproqdagi suv har xil tabiiy kuchlar tahsirida bo’lib, bu kuchlar tuproqning tarkibi va xossalari (mexanikaviy tarkibi, chirindi miqdori va strukturasi) ga ko’ra o’zgarib turadi. Shuning uchun ham suv tuproqda har xil, ya’ni ximiyaviy birikkan suv; gigroskopik suv; parda suv; kapiliar suv; gravitatsion suv; bug’simon suv; qattiq holdagi suv; sizot suvlari kabi shakl va holatda bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |