Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarni zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish hamda ularda o’z— o’zini anglash va to’g’ri fikrlash ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
BAHOLASH MEZONLARI
86-100 ball (a’lo) baholash bo’yicha talablar:
Fan dasturi, mavzu yoki bo’lim bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni to’liq o’zlashtirganligi;
Berilgan topshiriqlarni belgilangan vaqtda aniq, to’liq va to’g’ri bajarilganligi;
Berilgan vazifani mustaqil ravishda bajarish iqtidorini namoyon etilganligi;
Amaliy mashg’ulotlarda bexato natijalar olinib, qo’lga kiritilgan natijalardan to’g’ri xulosa chiqarilganligi;
Matematik qayta ishlash usullarini mukammal bilishligi;
Berilgan topshiriqlar hisobotini tug’ri va puxta shakllantirilganligi;
Seminar mavzularining maqsad va mazmunini atroflicha yoritilganligi;
Matnlar bayonida ilmiylik va mantiqiylik saqlanib ilmiy xatolik va mantiqiy xatoliklarga yo’l qo’yilmaganligi;
Berilgan mavzu doirasida mustaqil fikrlash qobiliyatini namoyon etilganligi;
Fan yoki mavzular materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega ekanligi.
71-85 ball (yaxshi) baholash bo’yicha talablar:
Fan bo’yicha mashg’ulotlar mavzularining maqsad va mazmunini to’g’ri tushinib yetganligi;
Berilgan topshiriqlarning nazariy va amaliy ahamiyatini tushunganligi; 3.Mashg’ulot vositalaridan to’g’ri foydalanishni bilish;
4.Olingan natijalarni matematik qayta ishlashni bilish; 5.Mavzu materialining amaliy ahamiyatini tushunganlik; 6.Berilgan topshiriqlarni o’quv dasturi doriasida bajarilganligi;
7.Amaliy mashg’ulotlar (laboratoriya ishlari) yuzasidan xisobotlarni shakllantira olganligi; 8.Seminar mashg’ulotlari bo’yicha konspektni puxta shakllantirilganligi.
egalik;
55-70 ball (qoniqarli) baholash bo’yicha talablar:
Fanning mavzulari va topshiriqlarning maqsad va mazmuni xaqida umumiy tasavvurga
Mashg’ulotlar jarayonida asbob-uskunalardan mustaqil foydalanish mahoratiga ega
bo’lmay, chetdan bo’ladigan har xil yordamlarga muxtojlikning mavjudligi;
Berilgan topshiriqlar bo’yicha natijalarni mustaqil qayta ishlab chiqish ko’nikmasiga ega emaslik;
Topshiriqlar bo’yicha hisobotlarda ayrim kamchiliklarga yo’l qo’yganlik;
Tayyorlangan matnlarning puxta shakllantirilmaganligi;
Matnlar bayonida masalalar tor doirada yoritilib, ayrim chalkashliklarga yo’l qo’yilganlik.
ega;
0-54 ball (qoniqarsiz) baholash bo’yicha talablar:
Fanning mavzulari va topshiriqlarining maqsad va mazmuni haqida yuzaki tasavvurga
Topshiriqlar hajmining 50 foizi atrofidagi qismi bajarilmagan holda; 3.Topshiriqlar bo’yicha olingan natijalarda qo’pol xatoliklarning mavjudligi;
Qonun-qoida, nazariya va taxminlar, tushunchalar va tasavvurlarda noaniqlikka yo’l
qo’yilganda;
Hisobotlar bayonida orfografik va grammatik xatoliklarga yo’l qo’yilganda; 6.Topshiriqlar bo’yicha javoblarda mujmallik, noaniqlik va mantiqiy chalkashliklar qayd
etilganda;
7.Ilmiy xatoliklarga yo’l qo’yilganda.
Fan bo’yicha talaba to’plashi mumkin bo’lgan maksimal ball-100. Mustaqil ish JN, ON va YaN larda qo’shib baholanadi. Shuning uchun mustaqil ish soatlari auditoriya mashg’ulotlari o’rtasida taqsimlanib, nazorat turlari uchun ballar taqsimotini aniqlashda mashg’ulot uchun umumiy vaqt sarfi asos qilinib olinadi.
Amaliy, laboratoriya va seminar mashg’ulotlari bo’yicha JN lar belgilanadi. JN va ON ga 70 ball, YaN ga 30 ball ajratilgan.
semestr
Do'stlaringiz bilan baham: |