O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi



Download 1,62 Mb.
bet23/184
Sana14.06.2022
Hajmi1,62 Mb.
#669769
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   184
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi

Joriy o‘quv-me’yoriy hujjatlar

  1. Ishchi o‘quv dasturi va o‘quv rejalar

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI




A. QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI
TASDIQLAYMAN
Jizzax DPI O’quv ishlari bo’yicha prorektori N. Alimov
2015 yil
Ta’lim sohasi -140000 O’qituvchilar tayyorlash
va pedagogika fani Bakalavriat yo’nalishi

FALSAFA FANIDAN ISHCHI DASTUR




JIZZAX – 2015


Ishchi dastur O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011yil 17 sentyabrdagi “392” buyrug’larii bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida tuzilgan.
Dasturda falsafaning bahs mavzulari, jamiyatdagi o’rni va asosiy vazifalari, falsafa tarixi, dunyoni falsafiy tushunish, falsafiy metodlar, qonunlar va kategoriyalar, bilish falsafasi, ijtimoiy falsafa bo’limlari bo’yicha ma’ruza, seminar mavzulari mazmuni keltirilgan.


Tuzuvchilar: f.f.d.,prof. B. Ochilova
f.f.n., dos. A.Hotamov kat o’qt., B. Toshboyev
Taqrizchi: f.f.d., prof. K. Tulenova. Nizomiy nomidagi
TDU Falsafa kafedrasi mudiri

Ishchi o’quv dasturi Ijtimoiy fanlar kafedrasining 2015 yil 25 iyun 11-sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan


KIRISH


Mustaqillikning taraqqiyot yo’li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Fanning barcha sohalaridagi kabi falsafada tub o’zgarishlar sodir bo’ldi. Zero, eng qadimiy rivojlanish tarixiga ega bo’lgan falsafa o’zida turli davrlarning ijtimoiy-siyosiy qarashlarini mujassamlashtirib, voqyea va hodisalarning mohiyatini anglashni, nafaqat anglash, balki ularga munosabat bildirishni shakllantiradi. Modomiki shunday ekan, bugungi kunda falsafani yanada rivojlantirish, yosh avlodni falsafiy dunyoqarash, zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko’proq kuchga ega”2.
Falsafiy tafakkurning ijtimoiy-siyosiy asoslari har qanday jamiyat xalqining ijtimoiy ongini o’zgartirishga, uning pirovard maqsadlariga xizmat qilishga qaratilgan.
Bugungi kunda falsafiy tafakkurning yangilanishi nafaqat umumiy ma’naviy muhitning, balki har bir jamiyat a’zosining ijtimoiy qiyofasi, ruhiy dunyosi, maqsad va ehtiyojlarining o’zgarishi hamdir. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “Falsafa barcha fanlarning otasi. Falsafani bilmaydigan odam - medisina yoki ta’lim, san’at yoki madaniyat sohasi vakili bo’ladimi, bundan qat’iy nazar - hayotning, o’z kasbining ma’no mazmunini yaxshi tushunmaydi. Misol uchun, tarixni tahlil qilish uchun har bir voqyea va jarayonga falsafiy qarash, ularni umumlashtirgan holda zarur xulosalar chiqara olish kerak. Shu bois tarixchi bo’lish uchun falsafiy tafakkur qobiliyatiga ega bo’lish darkor”3. Shundagina inson buyuk allomalar orzu qilgan fozil odamlarning komil fazilatlarini shakllantirish va takomillashtirishga munosib hissa qo’sha oladi.
“Falsafa” fani barcha zamonlarda va mamlakatlarda hamma universitetlar va boshqa oliy o’quv yurtlarida o’rganish uchun majburiy sanalgan fundamental fanlardan biri bo’lgan va shunday bo’lib qolmoqda.
Mazkur fanni mohiyatini o’rganishimiz jarayonida, uning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashimiz va falsafa inson o’z-o’zini va o’zini qurshagan dunyoni anglab yetishida qanday rol o’ynashini tushuna boshlaymiz. Zero, Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek: “O’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi”4. “Bir so’z bilan aytganda, yoshlarimizni falsafiy tafakkur bilan qurollantirish” - davr talabi. Nega deganda, bugungi zamonda har qanday raqib va muxolif bilan bahsga kirishish uchun uning qarashlari va g’oyasi, falsafasini ko’proq bilishimiz, kerak bo’lsa, uning o’zidan ham puxtaroq egallashimiz lozim”5.
Mazkur dasturning birinchi bo’limida falsafaning mohiyati, rivojlanishining asosiy bosqichlari va yo’nalishi haqidagi masalalarga e’tibor qaratilgan. Ikkinchi bo’lim dan ontologiya - borliq falsafasi, falsafada substansiya va materiya muammosi, harakat va rivojlanish, makon va vaqt, tabiat falsafasi va inson borlig’i muammolari, o’zaro aloqadorlik va taraqqiyot masalalari, falsafa qonun va kategoriyalarining eng umumiy jihatlari ko’rsatilgan. Uchinchi bo’lim bilish falsafasi, hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalari, falsafada haqiqat muammosi, nazariya va amaliyotning birligi, metod va metodologiya, axborotlashuvning falsafiy asoslari, tushunish va tushuntirish kabi masalalarni o’z ichiga olgan. To’rtinchi bo’limda jamiyat falsafasining muhim muammolari - tarix falsafasi, falsafiy antropologiya, faoliyat falsafasi, ijtimoiy prognozlashtirish va globallashuvning falsafiy masalalari yoritiladi.
Dasturda falsafiy muammolarga yangicha falsafiy tafakkur nuqtai nazaridan yondashilgan, nazariya va amaliyot uyg’unligiga e’tibor qaratilgan.


2 Каримов И.А. Юксак маънавият енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008. -Б. 113


3 Каримов И.А.Ёшларга ишонч билдириш, уларнинг ташаббус ва салоҳиятини рўёбга чиқариш-бугунги куннниг
устувор вазифасидир.//Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари- олий қадрият -Т.: Ўзбекистон, 2006.-Б. 117
4 Каримов И.А. Юксак маънавият енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008. -Б.83
5 Каримов И.А. Ёшларга ишонч билдириш, уларнинг ташаббус ва салоҳиятини рўёбга чиқариш -бугунги
куннинг устувор вазифасидир.// Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркиликлари - олий қадрият. -Т.: Ўзбекистон, 2006. Б.118

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish