O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'lim vazirligi



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/200
Sana31.12.2021
Hajmi1,18 Mb.
#225482
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   200
Bog'liq
ortiqov-3868---8907-1-2-20200928(1)

Maktabda  o’qish  -
 
Bu  o’quvchi  uchun
 
mas’uliyatli ishlardan biri. U darsda 
yozadi,  o’qiydi,  sanaydi.  Odamlar,  hayvonlar,tabiat,  yangiliklar  haqida  qiziqarli 
ma’lumot oladi.  
        Ochiq havodasayir qilish va o’yin-kulgi. O’quvchi har kuni 4-5 soat ochiq 
havoda dam olish kerak. Shundan so’ng ota-onalariga uy ishlarida ko’mak berishi 
lozim. 
                                         Uyda dars tayyorlash.  
 Maktabda uyda o’qib va yozib kelish uchun vazifa beriladi. Uni o’z vaqtida 
bajarish kerak. Uy vazifasi tushlik va kunduzgi sayrdan keyin bajarilgani ma`qul.  
Kechqurungi  yuvinish,  taranish  -  Kechqurun  uyqudan  oldin  tish  tozalab 
yuviladi. Har kuni qo’l va oyoqlarni sovunlab yuvib, keyin yotish foydalidir.
 
                     2-sinf o’quvchilari uchun jismoniy bilim asoslari. 
 Salomatlikni 
mustahkamlashda 
jismoniy 
mashqlarning                              
ahamiyati.  Rasmlarda  ko’rsatilgan  ayrim  harakatlar:  yurish  muvozanat  saqlash, 
yugurish,  sakrash  va  jismoniy  mashq  turlari  bilan  shug’ullanish  jismoniy 
tayyorgarlikni  mustahkamlash  bilan  birga  shug’ullanish  jismoniy  tayyorgarlikni 
mustahkamlash  bilan  birga  inson  tanasini  mukammal  rivojlantiradi.  Jismoniy 


 
49 
mashqlar bilan shug’llanadigan chaqqon, chidamli, iroda, bardam, jasur, go’zal va 
xarakatchan,  ish  qobiliyati  yuqori  bo’ladi.  Shuning  uchun  har  bir  harakatni 
mustaqil, yaxshi va kam kuch sarflagan holda aniq va to’g’ri bajarishni o’rganing. 
Shunda jismoniy mashqlarni bajarganda kam charchaysiz. Yuksak ish qobiliyatiga 
ega  bo’lish  -  sog’lomlikning  birinchi  belgisidir.  Ikkinchidan,  yangi  harakat 
ko’nikmalariga ega bo’lish hamda murakkab mashqlarni bajarish natijasida inson 
bosh  miya  qobig’ida  va  tanasida  qon  aylanish  yahshilanadi,  ishlash  qobiliyati 
kuchayadi.  Shuningdek  jismoniy  mashqlar  bilan  muntazam  shug’ullanish  o’pka, 
ovqat  hazm  qilish  va  tanamizdagi  boshqa  a’zolarning  ishini  yahshilaydi.  Eng 
asosiysi,  organizmimizning  tashqi  muhitning  salbiy  ta’sirlariga  hamda  kasallik 
qo’zg’atuvchi mikroblarga qarshi chidamliligini oshiradi. 
       Jismoniy  mashqlar  bilan  muntazam  shug’ullanadigan  kishi  hayoti 
davomida  duch  kelgan  har  qanday  qiyinchiliklarni  sobitqadamlik  bilan  yengib, 
doimo ruhan tetik, jismonan baquvvat bo’ladi.   
      Uchunchidan,  jismoniy  mashq  bilan  muntazam  shug’illangan  kishining 
tana  a’zolarida  modda  almashinuvi  faollashishi  tufayli  uning  hujayra  to’qimalari 
o’sib,  yangilanib  borishi  natijasida  umumiy  rivojlanish  sodir  bo’ladi  va  inson 
tanasida qon-tomir harakatlari ortib boradi. 
      To’rtinchidan, jismoniy tayyogarlikka ega bo’lgan kishi tanasining qarishi 
sekinlashadi, chunki bunday odam tana a’zolari tinch holatda ham, ishlash vaqtida 
ham bir me’yorda faoliyat ko’rsatadi. 
      Jismoniy  tayyogarlikka  ega  bo’lgan  kishi  dam  olish  vaqtida  tez  uyquga 
ketadi  va  kun  bo’yi  orttirgan  charchoqlari  tez  yo’qoladi.  Uning  ishtahasi  yaxshi 
bo’ladi,  ovqat  hazm  qilish  a’zolari  me’yorida  ishlaydi,  kayfiyati  doimo  yuqori 
darajada bo’ladi.  
     Beshinchidan, yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega odam kam kasal bo’ladi, 
mabodo  kasal  bo’lib  qolsa,  xastalikni  oson  va  to’liq  yengadi,  ish  qobiliyatini  esa 
tez  tiklaydi.  Demak,  jismoniy  mashq  bilan  muntazam  shug’ullanish  inson 
salomatligiga  ijobiy  ta’sir  etib,  uni  jismonan  rivojlantiradi,  baquvvat  qiladi, 
somatligini  mustahkamlaydi  va  hayotning  yangi  qirralarini  ochishga  imkon 
yaratadi.                                                       
                              3-sinf o’quvchilari jismoniy tarbiya. 
    Jismoniy  tarbiya  –  pedagogik  jarayon  bo’lib,  jismoniy  mashqlar  orqali 
kishini har tamonlama kamolotga erishtirish. 
 
Bu jarayonda aqliy, axloqiy, estetik 
va mehnat va boshqa tarbiya amalga oshirildi.  
    Jismoniy  tarbiyaning  maqsadi  -  sog’lom,  baquvvat,  xushchaqchaq,  botir, 
dovyurak,  jasur,  har  tomonlama  rivojlangan,  mehnat  va  vatan  himoyasiga  tayyor 
turgan kishilarni tarbiyalashdan iborat.  
    Siz jismoniy tarbiya darslarida:  


 
50 
   -  hayotda  zarur  bo’ladigan  juda  ko’p  muhim  harakat,  malaka  va 
ko’nikmalarni egallaysiz, jismonan yaxshi rivojlanasiz;  
  -  kishi  hayotida  jismoniy  tarbiya  juda  katta  ahamiyatga  ega  yekanligini 
tushunib etasiz;   
 -  sog’lom  bo’lish  uchun  kun  tartibidagi  ertalabki  gigiyenik  gimnastikada 
qanday mashqlardan foydalanishni, aqliy ishni jismoniy mehnat bilan birga qo’shib 
olib borishda qanday shart-sharoitlarga rioya qilishni bilib olasiz;  
    -  qisqa  va  uzoq  masofaga  yugurishni,  4x10  m  ga  mokisimon  yugurishni, 
uzunlikka  va  balandlikka  sakrashni,  koptok  uloqtirishni,  turnikda  tortilishni, 
gimnastika  devoriga  tirmashib  chiqishni,  muvozanat  saqlash  hamda  akrobatika 
mashqlarni bajarishni, suzishni, kross tayyorgarligi, harakatli o’yinlarni, basketbol, 
futbol, valeybol o’yini qoidalarini o’rganasiz.  
      Jismoniy  mashqlar  bilan  muntazam  ravishda  shug’ullanib  borish  sizning 
to’g’ri va go’zal qad-qomatga ega bo’lishingizga imkon beradi. 
      Jismoniy tarbiya darslarida egallangan malaka va ko’nikmalar esa hayotda 
jismoniy  mashqlar  bilan  mustaqil  shug’ullanishda  kerak  bo’ladi.  Bularning 
barchasi  maktab  sport  to’garagida,  bolalar  va  o’smirlar  sport  maktabida 
muvaffaqiyatlarga  erishishingizda  yordam  beradi.  Qo’lingizdagi  kitobda  siz 
o’rganib  olishingiz  va  egallashingiz  kerak  bo’ladigan  harakarlar,  yordamchi 
mashqlar, qanday  o’quv  me’yorlarini  topshirish  lozim  ekanligi  tushuntirilgan.  Siz 
har bir mavzuni diqqat bilan o’qib, ularda berilgan bilimlarni to’liq o’zlashtirishga 
harakat qiling.  

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish