49
mashqlar bilan shug’llanadigan chaqqon, chidamli, iroda, bardam, jasur, go’zal va
xarakatchan, ish qobiliyati yuqori bo’ladi. Shuning uchun har bir harakatni
mustaqil, yaxshi va kam kuch sarflagan holda aniq va to’g’ri bajarishni o’rganing.
Shunda jismoniy mashqlarni bajarganda kam charchaysiz. Yuksak ish qobiliyatiga
ega bo’lish - sog’lomlikning birinchi belgisidir. Ikkinchidan, yangi harakat
ko’nikmalariga ega bo’lish hamda murakkab mashqlarni bajarish natijasida inson
bosh miya qobig’ida va tanasida qon aylanish yahshilanadi, ishlash qobiliyati
kuchayadi. Shuningdek jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish o’pka,
ovqat hazm qilish va tanamizdagi boshqa a’zolarning ishini yahshilaydi. Eng
asosiysi, organizmimizning tashqi muhitning salbiy ta’sirlariga hamda kasallik
qo’zg’atuvchi mikroblarga qarshi chidamliligini oshiradi.
Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanadigan kishi hayoti
davomida duch kelgan har qanday qiyinchiliklarni sobitqadamlik bilan yengib,
doimo ruhan tetik, jismonan baquvvat bo’ladi.
Uchunchidan, jismoniy mashq bilan muntazam shug’illangan kishining
tana a’zolarida modda almashinuvi faollashishi tufayli uning hujayra to’qimalari
o’sib, yangilanib borishi natijasida umumiy rivojlanish sodir bo’ladi va inson
tanasida qon-tomir harakatlari ortib boradi.
To’rtinchidan, jismoniy tayyogarlikka ega bo’lgan kishi tanasining qarishi
sekinlashadi, chunki bunday odam tana a’zolari tinch holatda ham, ishlash vaqtida
ham bir me’yorda faoliyat ko’rsatadi.
Jismoniy tayyogarlikka ega bo’lgan kishi dam olish vaqtida tez uyquga
ketadi va kun bo’yi orttirgan charchoqlari tez yo’qoladi. Uning ishtahasi yaxshi
bo’ladi, ovqat hazm qilish a’zolari me’yorida ishlaydi, kayfiyati doimo yuqori
darajada bo’ladi.
Beshinchidan, yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega odam kam kasal bo’ladi,
mabodo kasal bo’lib qolsa, xastalikni oson va to’liq yengadi, ish qobiliyatini esa
tez tiklaydi. Demak, jismoniy mashq bilan muntazam shug’ullanish inson
salomatligiga ijobiy ta’sir etib, uni jismonan rivojlantiradi, baquvvat qiladi,
somatligini mustahkamlaydi va hayotning yangi qirralarini ochishga imkon
yaratadi.
3-sinf o’quvchilari jismoniy tarbiya.
Jismoniy tarbiya – pedagogik jarayon bo’lib, jismoniy mashqlar orqali
kishini har tamonlama kamolotga erishtirish.
Bu jarayonda aqliy, axloqiy, estetik
va mehnat va boshqa tarbiya amalga oshirildi.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi - sog’lom, baquvvat, xushchaqchaq, botir,
dovyurak, jasur, har tomonlama rivojlangan, mehnat va vatan himoyasiga tayyor
turgan kishilarni tarbiyalashdan iborat.
Siz jismoniy tarbiya darslarida:
50
- hayotda zarur bo’ladigan juda ko’p muhim harakat, malaka va
ko’nikmalarni egallaysiz, jismonan yaxshi rivojlanasiz;
- kishi hayotida jismoniy tarbiya juda katta ahamiyatga ega yekanligini
tushunib etasiz;
- sog’lom bo’lish uchun kun tartibidagi ertalabki gigiyenik gimnastikada
qanday mashqlardan foydalanishni, aqliy ishni jismoniy mehnat bilan birga qo’shib
olib borishda qanday shart-sharoitlarga rioya qilishni bilib olasiz;
- qisqa va uzoq masofaga yugurishni, 4x10 m ga mokisimon yugurishni,
uzunlikka va balandlikka sakrashni, koptok uloqtirishni, turnikda tortilishni,
gimnastika devoriga tirmashib chiqishni, muvozanat saqlash hamda akrobatika
mashqlarni bajarishni, suzishni, kross tayyorgarligi, harakatli o’yinlarni, basketbol,
futbol, valeybol o’yini qoidalarini o’rganasiz.
Jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shug’ullanib borish sizning
to’g’ri va go’zal qad-qomatga ega bo’lishingizga imkon beradi.
Jismoniy tarbiya darslarida egallangan malaka va ko’nikmalar esa hayotda
jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug’ullanishda kerak bo’ladi. Bularning
barchasi maktab sport to’garagida, bolalar va o’smirlar sport maktabida
muvaffaqiyatlarga erishishingizda yordam beradi. Qo’lingizdagi kitobda siz
o’rganib olishingiz va egallashingiz kerak bo’ladigan harakarlar, yordamchi
mashqlar, qanday o’quv me’yorlarini topshirish lozim ekanligi tushuntirilgan. Siz
har bir mavzuni diqqat bilan o’qib, ularda berilgan bilimlarni to’liq o’zlashtirishga
harakat qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: