Velosipedda, samokatda uchish. Bu o’yin ham tezkorlikka, chaqqonlikka,
muvozanat saqlashga va fazoni tasavvur qila bilshga o’rgatadi.
Gardish dumalatib poyga o’ynash. Bu o’yin juda qiziqarli o’tadi. Gardishni
bir tekisda dumalatib yugurish hammaning ham qo’lidan kelavermaydi. Buning
uchun muntazam shug’ullanish kerak.
Pirpirak bilan yugurish. Pirpirakni hamma o’zi yasashi mumkin. Pirpirak
tomonlari 10-12 sm bo’lgan to’rt burchak qog’ozdan yasaladi. Har bir burchakdan
diogonal bo’ylab o’rtasigacha (5sm) yetkazmasdan qirqiladi va to’rtta uchuni
o’rtaga bukib, uni qalam, ruchka yoki yog’ochdan yasalgan tayoqchaning uchiga
o’rnatiladi. Tayoqchani ushlab qanchalik tez yugurilsa, u shuncha tez aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |