Kirish darslari -
O’quv yilning, choraklarning birinchi, shuningdek o’quv choragi
uchun rejalashtirilgan dasturning yangi bo’limi boshlanishidagi darslardan iborat. Ular ma’ruza,
suhbat, muloqot tarzida ham tashkil etilishi mumkin. Bunda o’qituvchi, masalan o’quv dasturi
talablari haqida o’quvchilarga o’quv yilida qilinadigan ishlar, talablar haqida ma’lumot berishi
mumkin.
Yangi materialni o’zlashtirish darsi - O’quv dasturining yangi mavzularini
o’zida mujassamlashtiradi, oldingi o’qitilgan darslar mavzularini nihoyasi bilan
bog’lanadi.
Aralash darslar – bu darslar amalda eng ko’p qo’llaniladigan tur hisoblanadi.
Aralash dars mazmuniga ko’ra tushuntirish, o’zlashtirish, mustahkamlash va
takomillashtirish kabi etaplarini o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |