MMIBDO’____________________
24-Mavzu:Huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari. Prokuratura va tergov idoralari
Reja:
Darsning maqsadi:
1.Ta`limiy maqsad: O`quvchilar mavzu bilan tanishtirish va tushuntirish.
2.Tarbiyaviy maqsad:O`quvchilarni qonunlarga hurmat qilish ruhida tarbiyalashda ahloqiy fazilatlarni shakllantirish.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish
Sud tizimi;
Adliya vazirligi va uning organlari;
Prokuratura organlari;
Huquqnimuhofazaqiluvchidavlatorganibuqonunyo‘libilantashkiletiluvchi, o‘ztuzilishiga. ijtimoiyhayotdaqonuniylikvahuquqiytartibotnita’minlashbo‘yichaaniqbelgilanganvakolatgaegabo‘lgandavlatorganidir.
Qonungabinoan, O’zbekistonRespublikasidahuquqnimuhofazaqiluvchidavlatorganlaritizimini, asosan. quyidagilartashkilqiladi:
Ichki ishlar vazirligi;
Milliy xavfsizlik xizmati;
Davlat soliq qo‘mitasi;
Davlat bojxona qo‘mitasi;
Tergov organlari;
Prokuratura huquqni muhofaza qilish idoralari tizimida yetakchi o‘rinni egallaydi. Prokuratura organlari vaularning xodimlari hisoblangan prokurorlarning vazifalari quyidagilardan iborat:
barcha jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qonunlarga itoat qilinishi ustidan nazorat qilish;
davlat boshqaruv organlari va mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar qilinishigayo’l qo‘ymaslik;
noqonuniy harakatlarga, qonunbuzarliklarga yo’l qo‘yilgan bo’lsa, tezda bunga barham berish;
fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish.
Prokuraturaning bosh vazifasi — qonun ustuvorligini qaror toptirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, davlat tuzumini, davlat va fuqarolarning mulklarini turli jinoyatchilar, huquqbuzarlardan himoya qilish. Prokuror nazorati davlat nomidan, davlatning oliy organi bo’lmish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nomidan amalga oshiriladi.
O’z yo‘nalishlari bo‘yicha ish olib borayotgan prokuraturalarning bugungi kundagi tarkibi quyidagilardan iborat:
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
Toshkent shahri prokuraturasi;
Viloyat prokuraturalari;
Shaharlar va tumanlar prokuraturalari;
Transport prokuraturasi;
Harbiy prokuratura;
Boshqa ixtisoslashtirilgan prokuraturalar.
“Prokuror” - fransuzcha so‘z bo‘lib, “qoralovchi” degan ma’noni anglatadi. Lekin lotinchada bu so’z “g‘amxo’rlik qilish” ma'nosini anglatadi.
Prokuratura organlarini tashkil etish, ularning faoliyat yuritish tartibi va vakolatlari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Prokratura to’g’risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
voyaga yetmaganlar bilan ishlash va boshqa ko‘plab vazifalar.
Ichki ishlar organlariga fuqarolar va mansabdor shaxslardan huquqbuzarlikni to‘xtatishni talab qilish, shaxsni guvohlantiruvchi hujjatlarni tekshirish, ma’muny huquqbuzarliklar to‘grisida bayonnomalar tuzish, vaqtinchalik qamoqqa olish va ma’muriy qamoqqa olish vakolatlari berilgan. Ichki ishlar organlari fuqarolarning huquq va erkinliklarini faqat qonunda nazarda tutilgan tartib va asoslardagina cheklashi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual Kodeksining 97-moddasiga muvofiq ichki ishlar organlari surishtiruv ishlarini olib borishga vakolatli organlar sirasiga kiradi va surishtiruv ishlari ichki ishlar organlarining eng asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biridir. Bu faoliyatdan maqsad jinoyatni fosh qilish va jinoyatchilarni prokuratura va sud idoralariga topshirishdir.
So‘nggi yillarda ichki ishlar organlarida chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar natijasida Ichki ishlar vazirligi tizimida Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash, Tergov, Post-patml xizmati va Jamoat tartibini saqlash, Huquqbuzarliklarning oldini olish, Yo‘l harakati xavfsizligi, Yong‘in xavfsizligi bosh boshqamialari, Xorijga chiqish, kirish va fuqarolik boshqannasi, Respublika “Qo‘riqlash” birlashmasi va boshqa ko‘plab boshqamialar, xizmatlarning muvaflaqiyatli faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Adliya organlari quyidagi tizimdan iboratdir:
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi;
Viloyat adliya boshqarmalari;
Toshkent shahar adliya boshqarmasi.
Adliya organlari faoliyatiga Adliya vazirligi rahbarlik qilib, respublikamizdagi barcha vazirlar kabi, Adliya vaziri ham hukumat a’zosi hisoblanadi.
.
O’zbekiston Respublikasida qonunlar, me’yoriy hujjatlarning ijrosini ta’minlashda notarial idoralar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yaqindan yordam beradi. Notarial idoralar yuridik hujjatlarni, har xil bitimlarni, uy-joy, yer-mulk, transport vositalarini, vasiyatnomalar, ishonchnomalar, uy-joy rejalari, xonadonning qayd daftarlari, orderlarni, fuqaroning tirik ekanligi faktini va boshqalarni tasdiqlaydi.
Davlat notarial idoralari respublikaning tuman va shahar markazlarida, shuningdek, aholi zich joylashgan hududlarda tashkil etiladi. Respublika bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyat, tumanlarda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarial idoralar tashkil etiladi. Qonunga binoan, aholi yashaydigan joyda notarius mavjud bo‘lmagan taqdirda, shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollar) tomonidan notarial harakatlar amalga oshiriladi.
Notarius xodimi oliy yuridik ma’lumotli, notariuslik ishi bo‘yicha kamida bir yillik mehnat stajini o‘tagan, malaka imtihonini topshirgan, halol, pok, vijdonli, huquqiy bilim va madaniyatli shaxslar bo‘lishi lozim.
_ Notarial idoralarida ishlovchi mansabdur shaxslar notariuslar deb ataladi, tdar bajaradigan ishlar notarial ishlar deb yuritiladi.
Advokatura O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga, ajnabiy fuqa-rolarga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam berish, sudda fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Advokatura — huquqiy institut (alohida guruh) bo’lib, u advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hamda xususiy advokatlik bilan shug‘ullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, ixtiyoriy, kasbiy birlashmasidir.
Qonunga ko‘ra advokatlar quyidagi turdagi yuridik xizmatlarni ko‘rsatadilar:
-yuridik masalalar bo‘yicha maslahat berish va tushuntirish, qonunlar bo‘yicha og‘zaki vayozma ma’lumotlar berish;
fuqarolik hamda ma’muriy huquqbuzarlik ishlari bo‘yicha sud va davlat organlarida vakillik vazifasini bajarish;
dastlabki tergov va sudda jinoyat ishlari bo‘yicha himoyachi, jabrlanuvchilar, fuqarolik ishlari bo‘yicha davogar va javobgarlarning vakillari sifatida qatnashish va hokazo.
■/
Advokatlik faoliyatining huquqiy asoslari va kafolatlari O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi (1996-yil 27dekabr), “Advokatlik faoliyati kafolatlari va advokatlarni ijtimoiy himoyalash to‘g‘risida”gi (1998-yil 25dekabr) Qonunlarida mustahkamlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |