DAM OLISH VAQTI:
Dam olish vaqti – xodim mehnat vazifalarini bajarishdan xoli bo’lgan va bundan u o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanishi mumkin bo’lgan vaqtdir.
Ish kuni (smena) davomidagi tanaffuslar; tushlik vaqti.
Kundalik dam olish vaqtining muddatiIshning tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi o’rtasidagi kundalik dam olish vaqtining muddati o’n ikki soatdan kam bo’lishi mumkin emas.
Dam olish kunlari – haftalik (5 kunlik, 6 kunlik) shanba, yakshanba.
Umumiy dam olish kuni yakshanba.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlari:
1 yanvar – Yangi yil;
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni;
21 mart – Navro’z bayrami;
9 may – Xotira va qadrlash kuni;
1 sentabr – Mustaqillik kuni;
1 oktabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni;
8 dekabr – Konstitutsiya kuni;
Ro’za hayit (Iyd al Fitr) – diniy bayramining birinchi kuni;
Qurbon hayit (Iyd al-Adha) - diniy bayramining birinchi kuni.
TA’TILLAR:
Barcha xodimlarga, shu jumladan o’rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va o’rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi.
Xodimlarga o’n besh ish kunidan kam bo’lmagan muddat bilan yillik asosiy ta’til beriladi.
Ishlayotgan –
O’n sakkiz yoshga to’lmaganlarga, I va II guruh nogironlariga – 30 kalendar kun.
Eng uzaytirilgan ta’tillarni jamlashda ularning umumiy muddati qirq sakkiz kundan oshib ketishi mumkin emas.
Ijtimoiy ta’tillar:
- Homiladorlik (70 kun) va tug’ish ta’tillari (56 kun), (233-modda).
- Bolalarni parvarishlash ta’tillari.
- O’qish bilan bog’liq ta’tillar.
- Ijodiy ta’tillar.
Ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tillar:
Xodimning arizasiga binoan unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin, uning muddati xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.
Quyidagi xodimlarga ularning xohishiga ko’ra, ish haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda ta’til beriladi:
1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari jihatidan ularga tenglashtirilgan shaxslarga – har yili o’n to’rt kalendar kunga qadar;
Ishlayotgan I va II guruh nogironlariga – har yili o’n to’rt kalendar kunga qadar;
Ikki yoshdan uch yoshgacha bo’lgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga, o’n ikki yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan ayollarga – har yili o’n to’rt kalendar kunga qadar.
Uyga vazifa: Mavzuni o'qish va o'rganish
MMIBDO’___________________
Do'stlaringiz bilan baham: |