Ekstruziyalash usuli bilan qayta ishlanadigan ayrim termoplastlarning xossalari
Termo plastlar
|
Sochilish zichligi, kg/m 3
|
Ruxsat etilgan namlik, %
|
Issiq havo bilan quritish rejimi
|
P E - N P
|
350-500
|
1 ,5 -3 ,0
|
70—80°C; 0 ,5 - 1 ,5 s
|
P E -V P
|
400 -550
|
2 ,5 -5 ,0
|
80—90°C; 0 ,5 - 1 ,5 s
|
PP
|
450 -550
|
1 ,5 -3 ,5
|
80—100°C; 0 ,5 - 1 ,5 s
|
PVX
|
450 -800
|
0 ,5 -1 ,0
|
70—80°C; 2 - 4 s
|
Ekstruziyalash usuli bilan qayta ishlash
Termoplast rusumi
|
texnologik
Harorat, °C
|
rejimlari
Bosim, to‘rgacha (to'rdan keyin)
|
P E - P Z
|
110-150
|
15 -2 5 ( 1 0 -1 5 )
|
PE-Y u Z
|
130-190
|
20 -30 (13 -18 )
|
PP
|
180-250
|
20 -30 (15 -20 )
|
2.4. Plastmassalar sirtini metall bilan qoplash
Bu jarayonda plastmassa mahsulotlar (yarimfabrikatlar ham) sirtiga metall qoplama beriladi. Bu usul bilan yupqa qoplamalar olish mumkin. Qoplama har xil qalinlikda bo‘lishi mumkin (0,014-0,1 mikron).
Bunday qalinlikdagi qoplamalar manzarali mahsulot olishda, yaltiroq, nur qaytaruvchi buyumlar olishda keng qo‘llaniladi.
Bundan tashqari 2 mikron qalinlikdagi metall qoplamalar elektr o ‘tkazuvchanlik xossasiga ega bo‘ladi. 30—50 mikronli qoplamalar materialning mustahkamligini va issiqlikka chidamliligini oshiradi.
Polimerlarni metall bilan qoplash uch asosiy:
1) mexanik;
2) fizikaviy;
3) kimyoviy guruhga bo‘linadi.
Mexanik usulda qoplama oldindan tayyorlab olinadi, shundan so‘ng yuzaga qoplanadi (metall falgani qoplash yoki yelimlab yopishtirish).
Fizikaviy usul, bunda yuzasi yuqori vakuumlangan sovitilgan polimerga metall bug'lari o‘tirtiriladi. Shuning uchun bu usul ko‘pincha vakuum qoplamasi deyiladi. Bu usul bilan ko‘proq PS, PE, ABS plastik PETF mahsulotlari va plyonkalar sirtini qoplashda foydalaniladi.
Kimyoviy yoki kimyoviy-galvanik qoplamalar.
Bu usul bilan polimer yuzasida kimyoviy reaksiya amalga oshirilib, uning sirtini metall bilan qoplanadi. Buning uchun yuza yaxshilab tayyorlanadi, so‘ng yuzaga metallni qayta tiklash katalizatori o'rnatilib, yupqa metall qatlami hosil qilish uchun metall eritmasi purkaladi. Bunda katalizator tufayli polimer o‘z holiga keltiriladi.
Galvanik qoplash shu usulga o‘xshash bajariladi. Shuning uchun awal kuchsiz tok beriladi, so'ngra qoplama qalinligi talab etiladigan holatga kelguncha tok miqdori oshirib boriladi. Bu usul bilan ko‘p qatlamli qoplama olish ham mumkin.
XULOSA
Plastik massalar tabiiy yoki sun’iy polimerlar asosida olingan materiallar bo‘lib, ularni olish yoki qayta ishlashning ma’lum bosqichida yuqori plastiklikka ega bo‘ladi. Plastik massalar oddiy va murakkab xillarga ajratiladi. Oddiy plastik massalar yolg‘iz polimerlardan iborat bo‘lib, ularga polietilen, polistirol, kapron, organik shisha va boshqalar kiradi. Murakkab plastik massalarda bog‘lovchi polimerlardan tashqari toldiruvchilar, plastifikatorlar, stabilizatorlar, katalizatorlar, moylovchi va bo‘yovchi moddalar ham bo‘ladi. Ba’zan bog‘lovchilar sifatida polimerlar o‘rniga bitum, asfalt, sementlardan ham foydalaniladi. To‘ldirgichlar plastmassalarni fizika-mexanik, kimyoviy va texnologik xossalarini yaxshilash bilan kam yeyiladigan qiladi. Ularning narxini arzonlashtirish maqsadida tarkibiga zaruriyatiga ko‘ra 40–80% gacha to‘ldirgichlar sifatida yog‘och uni, paxta, qog‘oz, asbest, to‘qima va shisha tolalari, bo‘r, gips, grafit, kaolin, talk kukunlari va boshqa materiallar qo‘shiladi.
Plastik massalarning plastikligi, elastikligi va oquvchanligini oshirish maqsadida plastifikatorlar kiritiladi va plastifikatorlar sifatida kamfara, kana-kunjut moyi, glitserin, dibutilftolat va boshqalar. Stabilizatorlar plastik massalarga issiqlik, nur va boshqa faktorlar ta’sirida turg‘unligini oshirish maqsadida oltingugurtli birikmalar, fenollar va boshqalar ma’lum nisbatda qo‘shiladi.
Katalizatorlar sifatida magneziya, urotropin, ohak va boshqa materiallardan foydalaniladi. Ular polimer materiallarning qotish jarayonini tezlatadi.
Moylovchi moddalar plastmassalarni presslash jarayonini osonlashtirish uchun qo‘shiladi. Ularga mum, steorin, transformator moyi va boshqalar kiradi. Bo‘yoqlar plastmassaga kerakli rang beradi. Bo‘yoq sifatida oxra, rodanin, nigrozin va boshqalardan foydalaniladi. Plastik massalar xossalariga (molekulalararo bog‘lanish xarakteriga) ko‘ra termoplastik va termo-reaktiv xillarga ajratiladi.
Termoplastik plastmassalarda polimer molekulalari o‘zaro bo‘shroq chiziqli bog‘lanadi. Ular qizdirilganda yumshab, sovitilganda qotadi. Shu sababli, ularni takror qizdirib ishlov beriladi. Bu holda xossalari saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |