O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat



Download 179,5 Kb.
bet5/11
Sana29.05.2022
Hajmi179,5 Kb.
#619258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BMI Na\'matak o\'stirish

Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida (quruq holda hisoblaganda) 4 -6, ba’zan 18 % gacha vitamin S, 0,3 mg % vitamin V2, K, (1g mahsulotda 40 biologik birlik miqdorida), vitamin R, 12 -18 mg % karotin, 18% atrofida qandlar, 4—5% oshlovchi moddalar, 2 % atrofida limon va olma kislotalari, 3,7 % pektin va boshqa moddalar bo’ladi. Vitamin S butun holdagi mahsulotda 1 %, tozalab qirqilgan mahsulotda 2 %, kukun holidagisida esa 1,6 % dan kam bo’lmasligi kerak. Na’matak urug’ida moy, ildizi va bargida esa oshlovchi moddalar bo’ladi.

1.3. NA’MATAK O’SIMLIGINING TURLARI


Na’matak o’simligining turlari xar xil vitaminlarga boyligi bilan mashxur. Na’matak turlari Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Farg’ona, Namangan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi bog’larda, dalalarda, tog’larning quruq toshloq yon bag’irlarida xamda tog’larning o’rta va yuqori qismidagi suv bo’ylarida, archazorlar va yong’oqzorlarda o’sadi. Na’matakning ayrim turlari mevasining shakli, katta-kichikligi, novda po’stlog’ining rangi xamda novdadagi tikonlar soni va joylashishiga qarab bir-biridan farq qiladi.
1. Begger na’matagi – Rosa beggeriana
2. Burushqoq na’matak – Rosa rugosa
3. Dauriya na’matagi – Rosa davurica
4. Zangezur na’matagi –– R. Zangezura
5. May na’matagi – ( dorlchinsimon) – R. Majalis
6. Maydagul na’matagi – –R.micrantha
7. Paxmoq na’matagi –– R. tomentosa
8. Tikanli na’matagi – – R. acicularis
9. Fedchenko na’matagi –– R.fedtschenkoana
10. Qalqonburun na’matagi ––R. corymbifera
11. Qumsevar na’matagi –– R. psammophila
12. Qo’qon na’matagi – R. Kokanica
13.Itburun na’matagi – R. canina
14. Samarqand na’matagi- R. marakandiсa
May na’matagi bo’yi 1 —1,5 m ga yetadigan buta. Shoxlari yaltiroq, qo’ng’ir-qizg’ish rangli po’stloq bilan koplangan. Shoxlarida tikanlari barg bandining asos qismida juft-juft bo’lib joylashgan. Bundan tashqari, to’g’ri yoki biroz qayrilgan tikanlar shoxlarning pastki qismida juda ko’p bo’ladi. Bargchalarining pastki tomonida yopishgan tuklar bo’ladi. Bu o’simlik Moldova, Ukraina, Belarus, Boltnk bo’yi, Rossiya Ovrupa qismining o’rmon va o’rmon-cho’l, zonasida, G’arbiy va Sharqny Sibirda, Qozog’istonda uchraydi.
Tikanli na’matak bo’yi uncha baland bo’lmagan buta bo’lib
shoxlari qo’ng’ir rangli po’stloq hamda ingichka, to’g’ri, dag’al tuklar
(tikanchalar) bilan qoplangan. Bargining asos qismida 2ta ingichka tikani bo’lib, bargchasi tuksiz bo’ladi. Bu o’simlik Sibirning nina bargli o’rmonlarida, Uzoq Sharqda, Tyanь-Shanь o’rmonlarida hamda Belarus, Boltiq bo’yi, Rossiya Ovrupo qismining shimoliy tumanlarida uchraydi.
Dauriya na’matagi. Bu o’simlikning shoxlari qo’ng’ir- qizil rangli po’stloq bilan qoplangan. Tikanlari qayrilgan bo’lib, 2 tadan shoxlarining asosida va barg ko’ltig’iga o’rnashgzn. Bargchalarining pastki tomoni siyrak tuklar hamda sariq bezlar bilan qoplangan. Mevasi sharsimon, diametri 1 —1,5 santimetrga teng, u asosan Sharqiy Sibirning janubiy tumanlarida va Uzoq Sharkda uchraydi.
Begger na’matagi. Shoxlari ko’kimtir rangli, tikanlari yirik, o’roqsimon egilgan, asos qismi keng, sarg’ish rangli bo’lib, barg asosida juft-juft bo’lib joylashgan. To’pguli — ko’pgulli qalqon yoki ro’vak. Kosacha bargi butun, o’tkir uchli, gullagandan so’ng yuqoriga qarab yo’nalgan. Mevasi mayda. sharsimoi, uzunligi, 0,5— 1, 4 mm, qizil rangli, pishgandan so’ng gulkosachasi to’kiladi. Natijada mevaning yuqori qismida hosil bo’lgan teshikdan ichidagi yong’oqchalari va tuklari ko’rinib turadi. Bu na’matak asosan O’rta Osiyo tog’larining yon bag’irlarida, tog’li tumanlarda ariq va daryolar qirg’oqlarida, yo’l yoqalarida o’sadi. Manzarali buta sifatida o’striladi.
Fedchenko na’matagi. Yirik, bo’yi 2—3, ba’zan 6 m gacha bo’lgan buta. Tikanlari yirik, gorizontal joylashgan, qattiq, asos kismida kengaygan bo’lib, yirik shoxlarida zichroq joylashgan. Murakkab barg bo’lakchalari — bargchalari kalin, zangoriroq, tuksiz. Gullari yirik, oq yoki pushti rangli. Mevasi yirik (5 sm gacha uzuklikda), etli, to’q qizil, tuxumsimon, cho’ziq tuxumsimon yoki butilkasimon. Asosan O’rta Osiyoda (Tyanь Shanь, Pomir-Oloy tog’larida) tog’ yonbag’irlarida o’sadi. O’zbekistonning Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog’li hududlarida ko’p tarqalgan.

Download 179,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish