Sinf rahbarining tashkelotchilik faoliyatida o’z oldiga
qo’yadigan vazifalari :
1. Har tomonlama barkamol shaxsni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash bo'yicha
rejali ish olib boradi. O'qishga, mehnatga ongli munosabatda bo'lish, o'quv yurti
mulkini ko'z qorachig‘idek saqlash ruhida tarbiyalash.
2. Maktabda, sinfda o'quvchilarni ahil jamoaga jipslashtirish va tashabbuskor
o'quvchilarni tarbiyalash maqsadida o'quv chilarning talab va qiziqishlarini, uning
oiladagi o'zaro munosabatlarni chuqur va har tomonlama o'rganish, erkin
fikrlovchi o'quvchi shaxsini kamol toptirish.
3. O'quvchilarni o'zbek va boshqa xalqlarning madaniy, tarixiy milliy va
hududiy an'analarni hisobga olib, xalq pedagogikasi asosida tarbiyalash maqsadida
maktabning tarbiyaviy imkoniyatlari tevarak atrof-muhiti sharoitidan kelib chiqib
ish yuritish.
4. O'quvchilarga ota-onalar va kattalarga hurmat, kamtarlik saxiylik va
saxovatlilik,
insonlarga
yordam
berishga
tayyor
turish
mehribonlik,
mehnatsevarlik xislatlarini singdirib borish.
5. Millatlararo munosabatlarni yaxshilash uchun keng imkoniyatlar yaratuvchi
tarbiyaviy ishlarni tashkil qiladi va o'tkadi milliy madaniyatni boyitish maqsadida
baynalmilal tarbini boshqa xalq vakillari bilan hamkorlikda olib borish.
6. Istiqlol g'oyalariga cheksiz sadoqat, ona diyorga mehr- muhabbat, ozod va
obod Vatan barpo etishdek ulug‘ va olijanob maqsadga e'tiqod, jasurlik va
fidoyilik ruhini o'quvchilar ongiga ma‘naviy tarbiyaviy tadbirlar orqali singdirish.
7. O'quvchilarga kasbni to'g'ri tanlashlari yo'lida ish olib boradi, ularga
ko'maklashadi. Íàã bir o'quvchining qobiliyati, qiziqishini tahliliy usulda aniqlash.
8. Yosh avlodda miliiy g'oya, milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga,
demokratik tamoyillarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish.
9. O'quvchilarning o'zlashtirmaslik sabablarini aniqlaydi va buni bartaraf etish
uchun yordam berish.
10.
Milliy qadriyatlarimiz va ulug' mutafakkirlarimiz merosidan, islom
dinining insonparvarlik falsafasi va g'oyalaridan yosh avlod tarbiyasida
foydalanish samaradorligini oshirishga erishish.
11. Mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy o'zgarish va
yangilanishlar mohiyatini yosh avlod qalbiga singdirib, uni bu jarayonning faol
ishtirokchisiga aylantirish.
12. O'quvchilar ota-onalari bilan muntazam ravishda aloqada bo'lish.
13. Sinf rahbari o'zining nazariy bilimi va pedagogik malakasi hamda
mahöratini muntazam ravishda oshirib borish.
14. Sinf jurnali va boshqa zaruriy hujjatlarning to'g'ri yuritilishini ta'minlash.
15.O'quvchilar o'zlashtirishni yuqori darajada ko'tarish va intizomini
yaxshilashga erishish lozim. Ularning maktab nizomi va ichki tartib-qoidalariga
rioya qilish masalalarida sinf majlislari o'tkazish.
16. O'quvchilarni badiiy havaskorlik, milliy meros, sport, hunarmandchilik va
boshqa to'garaklar ishlarida faol qatnashishlarini ta'minlab borish
17. O'zi rahbarlik qilayotgan jamoada saylangan o'quvchilar yetakchisi bilan
hamkorlikda ish olib borish.
18. O'quvchilarni
tarbiyalashda
«Oila, mahalla, maktab hamkorligi
konsepsiyasi»ni hayotga keng tatbiq etish.
O'zbekiston Respublikasida barkamol avlod tarbiyasi davlat siyosatidagi
muhim masalalardan biridir.
I.A. Karimov «Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch» asarida «Shuni
unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim darajalarida yaratiladi,
boshqacha aytganda, xalqimizni ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimizning
bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq.
Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida,
awalo shaxsni ko'rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda,
farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli
yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish»
1
.
Prezidentimizning yuqoridagi ta'limoti sinf rahbari faoliyatini samarali tashkil
qilishga ilhorn beradi.
Sinf rahbari haqida milliy qadriyat va dono avlodlarimiz katta baho berishgan.
Rahbar atamasi ishbiiarmon, kasbiga nisbatan ma'suliyatli, bag'ri keng,
mehnatsevar yuksak ma'naviy va axloqiy shaxsga aytiladi.
Umumiy o'rta ta'limda tarbiyalanuvchilarga pedagogik ta'sir tizimida sinf
rahbari faoliyati alohida o'rin egallaydi. Shu sababli O'zbekiston Respublikasi
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan sinf rahbari faoliyati samaradorligini oshirishga
imkon beruvchi me'yoriy hujjat — Nizom 2007-yil 20-yanvardagi 19-buyruq
asosida taqdimetildi.
Umumiy qoidalar
Sinf rahbari uchim Nizom dasturulamal bo'lib, uni barkamol avlod ma'naviy-
ma'rifiy tarbiyasini tashkil etishda:
2.
o'qituvchilar;
3.
bolalar yetakchisi;
4.
psixolog;
5.
ota-onalar;
6.
ta'lim muassasasi maktab direktori orqali:
7.
voyaga yetmaganlar komissiyasi;
8.
mahalla;
9.
huquq-targ'ibot idoralari va turli ijtimoiy jamoalar bilan hamkorlik qiladi.
Boshlang'ich sinflarda sinf o'qituvchisi rahbar hisoblanadi. 5—9-sinflarda
rahbarlikka tajribali, faol, o'z burch va mas'uliyatini his etadigan o'qituvchi
tayinlanadi.
Nizom quyidagi bo 'limlardan iborat:
1. Sinf rahbariniag vazifalari.
2.
Ota-ona va mahalla bilan hamkorlik.
3. O'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli táshkil etish. Maktabdan va
sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish.
4. O'quvchini o'zini o'zi boshqarish tizimini takomillashtirish.
5. Ta'lim muassasasi, pedagogik jamoa bilan birga ishlash.
6. Sinf rahbarining huquqlari.
7. Sinf rahbari ishlarini rejalashtirish va tashkil etish. Nizomda berilgan
bo'limlar mazmunidagi asosiy g'oyalarning yo'nalishlari jadvalda berilgan.
Oliy
ta'lim
tizimi
talabalarini
ma'naviy-ma'rifiy
tarbiyasida
guruh
rahbarlarining o'rni beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |