2. Hikoya;
3. Tushuntirish;
4. Quyidagi mavzu va yo'nalishlarda ma'ruza va seminarlar tashkil
etish va uyushtirish: ma'naviyatimizning buyuk timsollari; jadidchilik harakati
namoyondalari; ma'naviy tarbiyada ommaviy axborot vositalarining roli va o'rni;
mehr va muruvvat - ulug' insoniy qadriyat; axloq kategoriyalari va barkamol avlod
tarbiyasi; ezgulik muqaddas kitoblar; ma'naviy-axloqiy tarbiya - kasbiy
barkamollik asosidir va shu kabilar.
NAVRO'Z
Maqsad:
o'quvchilarning
qadriyatlarimiz
to'g'risidagi
bilimlarini
mustahkamlash, ularga Navro'z bayramining xalqimiz hayotida tutgan o'rnini
tushuntirish: tevarak atrof, bahor o'simliklari va gullari haqidagi tasvvurlarni
shakllantirish. Navro'z taomlariga ishlatiladigan ko'katlar bilan tanishtirish.
Go'zallik va nafosatga mehrini orttirish.
Keraklijihozlar: ko'k somsa, ko'k chuchvara, ko'k manti uchun ishlatiladigan
ko'katlar, kuy-qo'shiqlar qo'yish uchun magnitofon.
Tadbirga tayyorgarlik: bolalar bilan birgalikda daladan ko'katlar terib kelish,
bog'cha hovlisida joy hozirlab, dasturxon yozish, uning atrofiga kichkintoylarni
o'tkazish, ko'katlar to'g'risidagi ma'lumotlarni, bayram haqidagi she'riy parchalarni
yodlash.
Tadbirning borishi:
Sinf rahbari: Bolalar, biz siz bilan awalgi mashg'ulotlarda qadriyatlar
to'g'risida suhbatlashgan edik. Qani, kim aytadi: qadriyat» deb nimaga aytiladi?
O'quvchilar jay obi: ...
O'qituvchi: bugun xalqimiz qanday bayramni nishonlayapti.
O'quvchilar javobi: ...
O'qituvchi: to'g'ri, 21-mart Navro'z kunida xalqimiz yangi yil bayramini
nishonlagan. Shu kundan boshlab, tabiat jonlana boshlagan. Shu kuni odamlar uy-
joylarini tozalab, ko'kat va gullar bilan bezagan, ota-onalarni, yaqin kishilarni
borib ko'rishgan. O'tgan yaqinlarining qabrlarini ziyorat qilishgan.
Bayramlarda bahor va uning ne'matlarini madh etib kuylangan.
Qani kim Navro'z haqida she'r aytib beradi?
1-bola:
Bog'lar daryolarniki
Tog'lar lolalarniki
Kim nima desa desin
Bayram bolalarniki
Bayram bolalarniki.
2-bola:
Bog' bahorsiz qolmasin
To'kmasin tog’ lolasin
O'zbekiston bag'rida
Navro'zlar omon bo'lsin
Navro'zlar omon bolsin.
(Shukur Qurbon)
O'qituvchi: Navro'z bayrami qaysi jihatlar bilan sizga yoqadi?
O'quvchi javobi: ...
O'qituvchi: Bugun taomlarning ba'zi birlarini qanday tayyorlashni sizga
ko'rsatish bilan birga, ularga ishlatish uchun terib kelishgan ko'katlarimiz
to'g'risida gaplashib olamiz. Qani, oldimizda turgan ko'katlar qanday nomlanishi
va qandayligini kim aytadi?
1-
o'quvchi: (otquloqni qo'liga olib): Otquloq.
O'qituvchi: Xo'sh, u qanday ko'kat ekan?
2- o'quvchi: Barglari otning quloqlariga o'xsharkan.
O'qituvchi: To'g'ri, bundan tashqari uchburchak, tuxumsimon. Keng poya
bog'larida ketma-ket joylashgan. Gullari mayda, to'pgulli. Otquloq qayerda
o'sishini kim aytadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |