O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Sinf rahbarining o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir o'tkazish metodikasi



Download 436,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana02.01.2022
Hajmi436,72 Kb.
#95184
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
sinf rahbarining tashkilotchilik faoliyati (1)

Sinf rahbarining o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir o'tkazish metodikasi 

Tarbiyaviy ishlar sifat samaradorligini oshirishda sinf rahbarining faoliyatida 

har bir xatti-harakat bolalarga ibratlanish hissini uyg'otish bilan birga, ularga ijobiy 

ta'sir ko'rsatmog'i  lozim. Buning uchun: 

10. 

sinf rahbari faoliyatini diagnostik tahlil qilish; 



11. 

ijobiy ishlarni takomillashtirish; 

12. 

yutuqlarni rivojlantirish; 



13. 

bola shaxsini hurmatlash; 

14. 

qiyinchiliklarni bartaraf qilish, xatolarni tuzatish



1

.  


Pedagog  olim  V.A.  Suxomlinskiy  o'zining  «Bolalarga  jonim  fido»  asarida 

bolani shod-u xurram etishga muyassar bo'lmas ekanmiz, uning ko'zidan chinakam 

xursandchilikni  ko'rmas  ekanmiz,  u  bolalar  sho'xlik  qilmas  ekan,  unga  qandaydir 

tarbiyaviy ta'sir haqida gapirishga haqqim  yo'q... har bir  bola qalbining o'zini tori 

bor,  u  o'z  maqomida  yangraydi...  uni  to'g'ri  chala  bilish  tarbiyasiga  bog'liq 

mahoratdir»

2



 



Sinf  rahbari  ish  faoliyatida  bolalarga  ijobiy  ta'sir  ko'rsatuvchi  uslublarni 

qo'llash  kerak.  Usui  —  yunoncha  atama  bo'lib,  aynan  nimagadir  yo'l,  usul  orqali 

maqsadga erishish yo'lini bildiradi. 

Sinf  rahbari  —  adolatli  bo'lishi  kerak.  Bu  esa  bola  tarbiyasiga  nisbatan 

ishonch paydo qiladi: 

15. 


buning  uchun  sinf  rahbari  har  bir  bolaning  ma'naviy  dunyosini 

bilishi; 

16. 

har bir inson  bolalikdan mehr va hamdardlikni talab etadi. Ayniqsa, 



oilasida  mehr  va  hamdardlikni  ko'rmagan  bolaga  tarbiyachi  rahbar  buni  berishi 

kerak; 


17. 

bolaga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishning asosi — boladagi qayg'u, dard-

alamlarni  hammadan  oldin  o'qituvchi  rahbar  bilib  olishi  va  uning  ko'nglini 

bilishdan iborat; 




18. 

sinf  rahbari  har  bir  bolani  oilasi  bilan  mustahkam  aloqa  o'rnatmay 

turib,  bolaning  sog'lig'i  va  oilaviy  sog'lom  muhitning  mavjudligi  haqida 

g'amxo'rlik  ko'rsata  olmaydi,  buning  uchun  ota-  onalar  bilan  suhbatda  bo'lish 

lozim; 

19. 


sinf  rahbari  tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  etishda  sinf    jamoasida  olib 

boriladigan faoliyatini tahlil qila bilishi lozim. 

Tarbiyaviy ishlarning tahlili ikki qismdan iborat: 

20. 


sinf jamoasining rivojlanishi va tarbiyalanganlik darajasining o'sishi; 

21. 


o'quvchilarda  yuksak  odob-axloq,  siyosiy,  huquqiy  tushun-  chalar, 

o

c



rtoqlik, do

c

stlik, jamoa uchun qayg'urish sifatlarini amaliyotda qo'llash; 



22. 

sinf jamoasini joriy yildagi maqsad, vazifalarga erishilganligi

23. 

sodir 


bo'lgan 

muammo 


va 

kamchiliklarning 

sabablarini 

aniqlanganligi; 

24. 

jamoani mustahkamligi va o'quvchilarda shakllangan axloqiy sifatlar 



darajasi; 

25. 


sinf  rahbarining  rejalarini  umum  maktabdagi  tarbiyaviy  ishlar  bilan 

uyg'unligi va natijalari; 

26. 

shu  tariqa  yangi  o'quv  yili  bo'yicha  kamchiliklarni  bartaraf  etib, 



yangi  chora-tadbirlarni  rejalashtirishni  sinf  rahbari  o'z  faoliyatini  bosh  malisuli 

deb hisoblashi kerak. 

27. 

sinf rahbarida o'zi uchun birkitilgan sinfni pasporti bo'lishi kerak. 



 

Sinf rabarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari 

Ota-onalar  bilan  olib  boriladigan  ishlar  yanada  samara  berishi  uchun  ular  bilan 

aloqaning  turli-tuman  shakllaridan  foydalanmoq  zarur.  Ayrim  sinf  rahbarlarida  bu 

aloqalar  ba‘zan  o‘quv  choraklari  oxirida  o‘zlashtirish  natajalari  bo‘yicha  ota-onalar 

majlislari  o‘tkazish  bilangina  cheklanib  qoladi.  Bunday  vaziyatda  sinf  rahbari 

o‘quvchilarning  uy  sharoitini  yaxshi  bilmaydi  va  hamma  vaqt  ham  ota-onalar  bilan 

kelishib ish tuta olmaydi. 




Ota-onalar  bilan  ishlashda  jamoa  va  yakka  tartibdagi  ish  shakllarini  qo‘shib  olib 

borish maqsadga muvofikdir. 

Ota-onalar majlislarida boshlagan tushuntirish ishini sinf rahbari ularning uylari va 

maktabda,  yakka  hollarda  uchrashgan  vaqtlarda  ham  davom  ettirishi  kerak.  Ularning 

majlisga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishlariga yordam berish sinf rahbarining vazifasidir. 

Majlisning kun tartibi haqida ota-onalar oldindan xabardor qolinishi zarur. Majlisni 

o‘quvchilarni sud qilish xonasiga aylantirib yubormaslik kerak. 

 

Ota-onalar uchun suhbat va ma‘ruzalar 



Suhbat va ma‘ruzalarning mazmuni ota-onalar talabi va qiziqishiga, o‘quvchilarga 

ta‘lim-tarbiya berishning aniq vazifalariga bog‘liq. Masalan, IV, V sinf o‘quvchilarining 

ota-onalariga uy mashg‘ulotlarini tashkil etish, bolalarni o‘z-o‘ziga xizmat ishiga jalb etish 

tug‘risida gapirib berish mumkin. VI, VIII sinf o‘quvchilari ota-onalariga mo‘ljallangan 

ma‘ruzada  o‘smirlarga  muomala  qilishda  ularning  ruhiyatiga  e‘tibor  qaratish  zarurligi 

haqida, o‘quvchilarning qiziqish doirasini kengaytirish, ularni ijtimoiy foydali mehnatga 

jalb etish to‘g‘risida gapirish lozim. 

Suhbat  va  ma‘ruzalar  muntazam  sur‘atda  va  muayyan  dastur  asosida  o‘tkazib 

turilsagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. 

 

Bolalar tarbiyasi borasida tajriba almashish konferensiyalari 



Bunday konferensiyalarda bolalar tarbiyasi borasida tajriba almashish asosiy o‘rin 

tutadi. Sinf rahbarlari va o‘qituvchilar qiziqarli va qimmatli tajriba almashishda ishtirok 

etishga kelishib oladi. 

Konferensiyada "Bolalarni mehnatga qanday o‘rgatmoq kerak?", "O‘quvchilarning 

kunlik  tartibi  haqida",  "Sinfdan  tashqari  o‘qishni  tashkil  etish  to‘g‘risida", 

"O‘quvchilarning  qiziqish  va  qobiliyatlarini  shakllantirish  haqida",  "Bolalarni  oilada 

rag‘batlantirish  va  jazolash  haqida"  kabi  mavzularda  baxs-munozaralar  uyushtirish 

mumkin. 


Konferensiya quyidagi reja asosida o‘tkaziladi: 


  sinf  rahbarining  konferensiya  vazifalari  hamda  uni  o‘tkazish  tartibi  to‘g‘risidagi 

kirish so‘zi; 

  ota-onalarning  bolalarni  oilada  tarbiyalashning  aniq  masalalariga  doir  qisqacha 

axborotlari; 

  tinglangan axborot bo‘yicha yoki sinf rahbarining konferensiya ishini xulosalashi. 

Yakunlash nutqida bolalarni oilada tarbiyalash tajribasidan ko‘proq misol keltiriladi. 

 

Ota-onalar faoli (yetakchisi) bilan ishlash 



Sinf radbari ota-onalar bilan muomala qilar ekan, ular orasidan eng faolini yetakchi 

sifatida  tanlab  oladi  va  bu  faol  sinf  rahbarining  o‘quvchilarga  ta‘lim-tarbiya  berishida 

kundalik  yordam  ko‘rsatib  boradi.  Ota-onalar  birlashmasi  sinf  rahbari  bilan  kelishib 

tuzilgan reja asosida ish olib boradi. U ayrim ota-onalarning oilada bola tarbiyasiga doir 

axborotini tinglaydi va muhokama qiladi. 

Sinflarda  ota-onalar  birlashmasi  to‘la  tarkibda  5  kishidan  iborat  bo‘lib,  birlashma 

raisi  va  4  a‘zo,  ya‘ni  ta‘lim-tarbiya  ishlari  uchun,  madaniy-ommaviy  ishlar  uchun, 

sanitariya  xujalik  ishlari  uchun  va  umumta‘lim  uchun  mas‘uliyatli  a‘zolar  saylanadi. 

Bularning  har  qaysisi  o‘z  mas‘ulligiga  mos  holda  maktab  ota-onalar  qumitasi  qoshida 

tashkil etilgan komissiya tarkibiga kiradi. 

Faol  ota-onalar  faqat  o‘z  bolalari  tarbiyasi  haqida  g‘amxo‘rlik  qilmaydilar.  Ular 

jamoat tashkilotlari orqali umumiy majburiy ta‘lim amalga oshirilishida yordam berishadi. 

Sinf,  maktab  binosini  ta‘mirlashga  va  jihozlashga,  o‘quvchilar  bilan  turistik  sayohatlar 

tashkil etishga ko‘maklashishadi. 

Sinf  rahbari  vaqti-vaqti  bilan  ota-onalar  faollarini  yig‘ib,  ular  bilan  o‘quvchilar 

ta‘lim-tarbiyasini yo‘lga qo‘yish ishlarini maslahatlashib boradi. 

Faollar orasidan ayrim ota-onalar o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari ishlarni tashkil 

etishda maktabga katta yordam beradi. 

Sinf rahbari va yetakchilar ko‘pincha ota-onalarni maktab sinf hayotidan tarbiyaviy 

tadbirlarga taklif etib turadilar. 

Ba‘zi  bir  faol  va  yaxshi  tayyorgarligi  bor  bo‘lgan  ota-  onalarni  faqat  o‘z 

bolalarigagina emas, balki boshqa o‘quvchilarning kundalik tartibini bajarib borishlarini 




nazorat  qilishga  jalb  etish  mumkin.  Faol  ota-onalar  sinf  rahbari  iltimosi  bilan  tarbiyasi 

yaxshi  bo‘lmagan  o‘quvchilarning  uylariga  borishlari,  bu  o‘quvchilarning  ota-onalari 

bilan oila tarbiyasi haqidagi tajribalarini o‘rtoqlashishlari mumkin. 

Sinf rahbarlari ota-onalar faoliyatiga tayanib, ayniqsa pedagogik yordamga muhtoj 

bo‘lgan oilalar bilan tarbiyaviy ish olib boradilar. Faol ota-onalar o‘z bolalari tarbiyasiga 

mas‘uliyatsizlik  bilan  qaraydigan  ayrim  otalar  va  onalarga  nisbatan  jamoat  ta‘sirini 

o‘tkazishlari mumkin. 

Keyingi  yillarda  bolalar  tarbiyasiga  jamoatchilik  keng  jalb  etib  kelinmoqda. 

Ayniqsa,  mahalla,  maktab,  "Kamolot"  YOIX,  sport  maktablari  va  boshqa  jamoat 

birlashmalari yoshlar tarbiyasiga katta ta‘sir ko‘rsatyapti. 

Jamoatchilikning  bolalar  tarbiyasi  borasida  olib  boradigan  ishining  eng  muhim 

yo‘nalishlari: o‘qishdan tashqari vaqtlarda o‘quvchilar xulq-atvorini kuzatib borish, ularni 

xilma-xil  ijtimoiy  foydali  ish  faoliyatiga  jalb  etish,  uyga  vazifalarini  muvaffaqiyatli 

bajarishlarida  ularga  yordam  berish,  oilalarda  tarbiyasi  qiyin  o‘smirlarni  tarbiyalash, 

yoshlar bilan ularning yashash joylarida sport va madaniy-ommaviy ishlar olib borishdan 

iboratdir. 

Sinf raxgbari jamoat tashkilotlari bilan mustahkam aloqada bo‘lib, ularga mumkin 

qadar ko‘proq yordam berishlari va qo‘llab- quvvatlashlari uchun ularga murojaat qilib 

turmog‘i  kerak.  Eng  avvalo,  ota-onalar  birlashmasi,  yetakchilar,  "Kamolot"  YOID 

boshlang‘ich tashkiloti sardorlari va a‘zolari, mahalla bilan doimiy aloqa o‘rnatish juda 

muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Qishloqlarda  ota-onalarning  ko‘cha  birlashmalari  tuziladi. 

Ota-onalar  ko‘cha-ko‘yda  o‘quvchilarning  xatti-harakatini  kuzatib  boradilar  va  ularning 

vaqtlarini  oqilona  tashkil  qilish,  ularni  foydali  mehnatga,  sportga  jalb  etishga  yordam 

beradilar. 

O‘quvchilarning jamoat joylarida xulq-atvor normalarini buzishlarining oldini olish 

maqsadida mahallada "ko‘cha posbonlari" faoliyat olib boradi. Ular mahalla xududidagi  

kinoteatrlarda, bog‘lar va xiyobonlarda bolalar xulq-atvorini  nazorat qilib boradilar. 

Sinf rahbari bolalar tarbiyasiga jamoatchilikni jalb etar ekan, o‘z tarbiyaviy doirasini 

ko‘p  darajada  kengaytiradi.  U  murakkab  va  mas‘uliyatli  ishda  —  bolalarni  tarbiyalash 

ishida ko‘pgina yordamchilar topadi.  





Download 436,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish