Uy qo‘g‘irchoq teatri.Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga uy taqdimotlari ham yordam beradi, masalan, qo‘g‘irchoq teatri dam olish kunlari va oilaviy ta’til paytida tashkil etilishi mumkin. Barmoq qo‘g‘irchoqlari va “petrushka”, teatr uchun qo‘lda tikilgan o‘yinchoqlar, o‘ziga xos bezaklar farzandingiz tasavvurining parvoziga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan qulay muhit yaratadi. Va spektaklda ishtirok etgan oila a’zolari va mehmonlarning ma’qullanishi bolaga o‘zini ijodiy ifoda etish, xayol surish naqadar ajoyib ekanligi namoyish etadi!
O‘qish.Bolalarga har kuni kamida 30 daqiqadan o‘qing. She’rlar, ertakalar, hikoyalar, topishmoqlar va so‘zlar – bularning barchasi bolalarga quvonch keltiradi, xotira qobiliyatining rivojlanishiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar katta bo‘lganlarida, albatta bolalar kutubxonasiga yozdirish zarur.Yaxshi kitob fantaziya, tasavvur qobiliyatlarini rivojlantiradi va nutq qobiliyatini rivojlanishiga ham ta’sir qiladi.
Musiqa.Bolalarga bolaligidanoq turli xil musiqa ( bolalar qo‘shiqlari, bolalar uchun klassikalar) eshittirilishi zarur. Musiqa eshitish xotira, xayoliy qobiliyatlarni rivojlantiradi, ijodiy qobiliyatli shaxs bo‘lishiga yordam beradi. Bolalar bilan qo‘shiqlar kuylash, ularning raqs harakatlarini rag‘batlantirish zarur. Agar ota-onalar bolalarini qanday qilib ohangni osongina eslab qolishini va takrorlashini sezsalar ularni musiqa maktablariga xavfsiz yuborishlari mumkin.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, kichik maktab yosh davri bolalarida qobiliyatlarining rivojlantirish yo‘llari juda ham ko‘p ekan. Misol uchun, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish uchun har bir bola uchun bir necha oddiy sharoitlarga rioya qilish mumkin. Siz o‘zingizning qadamingiz bilan harakat qilishingiz kerak: boshida, bolani chizish bilan qiziqtirish, keyin uni hayoliy tasvirlarni ko‘chirishga qiziqish korsatish faqat chuqurroq o‘qish uchun bolaning tasviriy san/at asoslarini o‘rgatishni boshlashi aniq bo‘lganidan keyin uni qo‘llab-quvvatlash zarur va albatta bolani faoliyatini maqtash va uni rag‘batlantirishni unutmaslik lozim. Bir so‘z bilan aytganda, kichik maktab yosh davri bolalarida qobiliyatlarni rivojlantirish yo‘llarini topish va ularni rivojlantiruvchi psixologik mashqlar to‘plamlarini tatbiq qilish ikkinchi bobning amaliy jihati hisoblanadi.
XULOSA
Ijodiylik muammosi psixologiyada keng organilgan muammo sifatida uni diagnostika qilish va rivojlantirish vositalari ham turli tadqiqotchilar tomonidan yaratilgan. Gumanistik psixologiya asoschilaridan K.Rodjersning fikricha ijodiylik insonga tugma yol bilan beriladi, ammo hayot davomida ijodiy qobiliyatning rivojlanishida uchraydigan tosiqlar uning rivojlanishini susaytiradi, bazan esa tutunlay ijodiylikning yoqolishiga sabab boladi.
Ijodiy kobiliyat va istedodning royobga chiqishida insonning muayyan faoliyatiga qiziqishi bilan bir qatorda uning oz ustida ishlashi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Istedodli kishilar oz istedodlari iqtidor kuchini tola royobga chiqarish uchun oz ustlarida tinmay ishlashlari, mehnat qilishlari shart.
Kurs ishimizda qobiliyatini rivojlantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini organish maqsadida muammoni nazariy va amaliy jihatdar yoritishga harakat qildik va qobiliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik muammolari deb nomlangan birinchi bobda osmir oquvchilarning ijodiy qobiliyati va iqtidorini organishning nazariy jixatlariga toxtaldik.
Bitiruv malakaviy ishimizning osmirlarning ijodkorlik qobiliyatlarini diagnostika qilishning psixodiagnostik usullari deb nomlangan uchinchi bobi amaliy qismga bagishlangan bolib, unda ikkita psixodiagnostik vosita orqali osmir oquvchilarda ijodiy qobiliyatlarining rivojlanganlik darajasini organdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |