2.2.Kichik maktab yoshi ta'lim jarayonida maxsus qobilyatlarni shakillantirish bo'yicha olib borilgan psixokarreksion ishlar tahlili.
Kichik maktab yosh davri bolalarini kasbiy tayyorgarligini oshirishda ularning shaxsini va psixologik qobiliyatlarini hamda ta`lim-tarbiya jarayonida ularni rivojlantirish, bilim, ko`nikma va malakalar haqida tasavvurlarni shakllantirish ushbu mavzuni dolzarbligini yanada oshiradi. Bugungi kunda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ijtimoiy psixologiyani o‘rganish ularning psixologik holatlarini hisobga olish va o`quvchilar emotsiyalarini to`g`ri tarbiyalash ta`lim faoliyatida yuqori samaradorlikka erishish kafolatini keltirib chiqaradi. Shu sababdan o`quvchilarning bilish jarayonlarini faoliyatidagi ahamiyatini takidlagan holda ta`lim jarayonida ularning psixik xususiyatlarini e`tiborga olish zaruz. Chunki psixologik holatda voqea hodisalarni analiz sintez qilish va o`quvchilardagi hissiy holatlar bilish jarayonidagi faoliyatni amalgam oshirishda o`quvchilarni ta'limga tayyorlash katta ta`sir ko`rsatadi. O`quvchilarni maktabdagi ta'limga tayyorlash o`quvchilarning ayni vaqtdagi bilimlarni o`zlashtirishni ta`minlaydi.
Har bir hayotiy bosqich shaxsning qaror topishida o‘ziga xos «davr»ni tashkil etadi, inson qobiliyatlarini rivojlanishining natijalarini ham, maqsadini ham, istiqbolini ham o‘z ichiga oladi. Nima bo‘lganini tushunish uchun nima yuz berganini aniqlash, yangicha qiziqishlar, mayllar, xarakter xususiyatlari,turli xil qobiliyatlar, turmush tarzi va xulq-atvor uslubi paydo bo‘lganini belgilab bergan asosiy, eng muhim, burilish nuktalarini kuzatish lozim.Yosh inson ongi moslashuvchan, ko‘nikuvchan, ta’sirchan, ko‘plab axborotni o‘zlashtrish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bu davrda siyosiy fikrlash ko‘nikmalari shakllanadi xamda egallanadi, kasbiy qiziqishlar yuzaga keladi, o‘zligini anglash rivoj topadi, yangi turmush tarzi shakllanadi, uning xulq-atvor uslubi, jamiyatdagi holati o‘zgaradi.Shu sababli tarbiyachilar kichik maktab yosh davri bolalaridagi o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashi zarur va ularning qobilyatlarini rivojlantirishlari kerak.Kichik maktab yoshdagi bolalar kattalar hayotini hamma tomonlarini o‘z o‘yinlarida aks ettira oladilar. O‘yinning ahamiyati bola shaxsining o‘sib kamolotga etishiga ta’sir ko‘rsatishdin iboratdir. O‘yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi dunyoni va kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni bilib olishni ifodalaydi. Bolaning moddiy dunyoga, kishilarga o‘z-o‘ziga munosabati o‘zgarayotgan o‘yinda namoyon bo‘ladi. Bolalarning ehtiyojlari, istak, qiziqish (xavas) lari bevosita o‘yinda ifodalanadi. O‘yin bolalarning xayolparastligi tufaydi narsalar va kishilar dunyosini ular uchun ma’qul tomonga “o‘zgartirish” imkoniyatini beradigan faoliyatdir.Ma’lumki, bolalarning asosiy vaqti o‘yin bilan o‘tadi. O‘yin kichik maktab yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim. vositasi, ularning asosiy faoliyati bo‘lib hisoblanadi. O‘yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub’ekti sifatida shakllana boshlaydi. Bolaning umumpsixologik taraqqiyoti faqat o`yin jarayonida (A.Lеontеv) amalga oshishini inobatga olib tarbiyachilar ularning o`yinlarining mazmunan boyitishiga katta e'tibor qaratishlari lozim.Ko‘pchilik psixologlar hamda pedagoglar o‘yinning psixologik masalalari bilan bevosita shug‘ulaninb,o‘yinlarning bolaning psixik kamol toptirishdagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tganlar , ma`lumki o‘yin bola uchun voqeolikni aks ettirishdir.Bu voqelik bolani qurshab turgan voqelikdan ancha qiziqarlidir.O‘yining qiziqarliligi uni anglab yetishning osonligidadir .Kattalar hayotida faoliyat, xizmat ,yumush qanday ahamiyatga ega bo‘lsa bola hayotida o‘yin ham shunday ahamiyatga ega.Jahon psixologiyasi fanida to‘langan ma’lumotlarga ko‘ra eng soda psixik jarayondan eng murakab psixik jarayonlar hammasining eng muhim jihatlarini shakillantirishda o‘yinlar katta rol o‘ynaydi. Kichik maktab yoshdagi bola muayan xususiyatga ega bo‘lgan rolni tanlaydi ,shu bilan birga u yoki bu personajga xos qatiy yurish –turishni ongli ravishda ijro etishga intiladi. Shunday ekan ,o‘yin maskur bola uchun eng zarur faoliyatga aylana boradi va yangi shakildagi xaraktirlarni takomillashtirish ,ularni anglagan holda esga tushirish ehtimoli yaqqol voqealikka aylana boshlaydi,Mazkur harakatlarni egallash bolada jismonoy mashiqlarni ongli ravishda bajarish imkoniyatni vujudga keltiradi.Bolaning o‘yinlar shart-sharoitidan-kelib chiquvchi ongli maqsadi harakatlarni bajarish kezida o‘z ifodasini topadi va uning o‘z oldiga quygan maqsadi esda olib qolish va esga yushurish jaroyonlariga aylanadi .Bolalar labaratoriya sharoitiga nisbatan o‘yinlarda ko‘proq so‘zlarni eslab qolish va esga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar,bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuquroq ochishga yordam beradi.o‘yin faqat bilish jarayonlarni takomillashtirib qolmay , bolaning xulq- atvoriga ham ijobiy tasir ko‘rsatadi.Kichik maktab yoshdagi bolalarda o‘z xulqini boshqarish ko‘nikmalarni tarkib toptirishga bog‘liq psixologik muammoni o‘rgangan Z.B.Manuylenkoning fikricha biror maqsadga to‘naltirilgan mashyg‘ulatga nisbatan o‘yinda xulq ko‘nikmalarni oldinroq va osonroq egalash mumkin ayniqsa bu omil maktabgacha yoshdagi bolalarda yosh davrining xususiyati sifatida o‘zining yorqin ifodasini topadi . Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o`z xulqini o‘zi boshqarish ko‘nikmasi o‘yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda ham qarib baravarlashadi .Bazan ular ayrim vaziyatlarda ,masalan musoboqa paytida o‘yindagiga qaraganda yuqoriroq ko‘rsatkichga ham erishishlari mumkin.O‘yin va o‘yin faoliyati bolada o‘z xulqini boshqarish ko‘nikmalarni shakillantirish ochun muhim ahamiyat kasb etadi.Xulosa qilib aytganda, kichik maktab yosh davri bolalarning qobiliyatlarini rivojlantirishda turli xil mashg‘ulotlar va o‘yinlar juda katta ro‘l o‘ynaydi.
Jamiyatning ma’naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta’lim - tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog‘liqdir. Shu boisdan ham ta’limdagi yangilanishni, respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma - bosqich ta’lim tizimini pedagogik talqin qilish, bu jarayonni samaradorli kechishini ta’minlash zaruriyati yuzaga keladi. Haqiqatdan ham o‘yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi hayotni va kishilar o‘rtasidagi turli munosabatlarni har tomonlama bilib olishga qaratilgan faoliyatidir. Maktab yoshdagi bolaning o‘yin faoliyati mazmun jihatdan har kungi vaziyatga qarab o‘zgarib turadi. O‘yin doimo o‘zgarib turganligi tufayli bola o‘ynab charchamaydi, zerikmaydi. Bolaning atrof muhitga kishilarga, narsalarga va o‘ziga bo‘lgan turli munosabatlari mazmun hamda shakl jihatdan har doim o‘zgarib turadigan o‘yin jarayonida namoyon bo‘ladi. Bolalarning turli ehtiyojlari, istak va qiziqishlari, qobiliyatlari hamda bir qancha shaxsiy fazilatlari o‘yin jarayonida bevosita rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |