Zomin ―Xalq bogi‖ o’simliklari bir nech xil turdan iborat. Lekin ular dengiz
sathidan ko’tarilgan sari ekspozisiya, qoyalar qiyaligi va tuproq gurunt sharoitlariga
Turkiston tog’ tizmasining shimoliy qismi, cho’lga yaqin bo’lganligi uchun
- 27 -
Nurota tumani, tog’i va tog’ oldi tekisliklari usimlik qoplami, ularning turlari,
cho’l(sahro)lanish va antrapogen ta’sir natijasida o’zgarishi va nihoyat ularni
himoyalash bo’yicha E.P.Korovin, V.S Titov, K.Z.Zokirov, V.O Burыgin, P.Z
Zokirov, R.V Kamelin [39], A.R Raxmatullaev, Yu.O.Utaev, A.S.Yuldoshev va
boshqalar ko’p qirrali tadqiqotlarni olib boradilar. Bu ilmiy asarlarni tahlil qilish
asosida tatqiqot olib borilgan hudud yaylov iqlimiy hududlashtirish bo’yicha o’rta
Zarafshon okrugiga kiradi. Bu hududda o’simliklarning quyidagi turlari ajratiladi,
qo’ng’irbosh, mayin, shuvoq, mingbosh, qo’ziquloq, isfarak, oqquray, karrak,
lolaqizg’aldoq, chitir, kelinsupirgi, chirmoviq, cho’lyalpiz, ajriq, bodom, tog’olcha,
zirk, tog’shuvoq, tog’piyoz, otquloq, bug’doyiq, kiyiko’t, lola, zarang, chetan, archa,
o’rik, eryong’oq, gulizardak va boshqa o’simliklarni uchratish mumkin (2-rasm).
Shu bilan birgalikda bu o’simliklarning ayrim turlari dorivor o’simliklarni tashkil
qiladi.
2-rasm
O’r-qirli va prolyuvial tekisliklarda o’simlik qoplamining umumiy ko’rinishi
Bu hududda juda ko’p miqdorda jonivorlar ham uchraydi. Tuproqda o’z
hayotini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan yuqori tabaqadagi umurtqali
hayvonlar dunyosi-ilonlar, kaltakesaklar, sichqonlar, yumronqoziq, ko’rsichqonlar,
- 28 -
kalamushlar, chuvalchanglar va boshqalar uchrab, bular erni qazish, yumshatish,
ma’lum darajada yangi strukturali yaralmalarni vujudga keltirish va nihoyat tuproq
qatlamlarini bir-biri bilan aralashtirish, tuproq, suv - havo rejimiga o’ziga xos ta’sir
ko’rsatishi bilan ishtirok etadilar. Bulardan tashqari tipratikon, toshbaka, qushlardan
to’rg’ay, mayna, chumchuk, zag’izg’on, ko’katra, burgut, kirg’iy va boshqalar bor.
Xalq xo’jaligida foydalaniladigan erlarda (sug’oriladigan, lalmikor erlar,
yaylovlar va boshqalar) inson faoliyati tuproq hosil bo’lishiga juda katta ta’sir
qiladi. O’t dalali almashlab ekish
;
daraxtlar o’tkazish, erni ishlash va o’g’itlash,
sug’orish, kolmataj, erning zaxini ketkazish va sho’rini yuvish, tekislash va
boshqa shunga o’xshash tadbirlarning barchasi tuproqning rivojlanishiga
va uning asosiy xususiyatlariga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Qo’riq erlarni
birinchi haydalgan kunidan boshlab, ularning tabiiy qiyofasi o’zgaradi, ya’ni
ularning ustki chim qatlami yo’qolib, pastki qatlamlar bilan aralashadi (3-
rasm).
3-rasm
Pala-partish haydalgan erlar
Bunday tuproqning havo o’tkazish va suv rejimi boshqacharoq bo’ladi.
O’simlik va tuproq jonivorlarining hayoti uchun zarur sharoit ham o’zgaradi, erni
o’g’itlash orqali biz bunday o’zgarishlarni yanada kuchaytiramiz. Erga solinadigan
- 29 -
organik va mineral o’g’itlar tuproqdagi ozuqa moddalar miqdorining ko’payishga va
qisman tuproq kimyoviy tarkibining o’zgarishiga sabab bo’ladi. Zovurlar qazib
tuproq zaxini ketkazish, sho’rni yuvish natijasida tuproqda juda ko’p o’zgarishlar
sodir bo’ladi. Inson mehnati tufayli unumsiz sho’rhok tuproqlar, botqoqlar va
boshqa shu singari foydalanish qiyin bo’lgan erlarning, sifati yaxshilanadi va
unumdor tuproqqa aylanadi. Keyingi davrlarda insoniyat turli maqsadlarda tekis
maydonlardan magistral asfaltlangan yo’llarni o’tkazdi, tabiiy o’simlik qoplamidan
foydalanishlari oqibatida suv va shamol erroziyalari kuchaydi bu harakatlar
pirovardida erlar yaroqsiz bo’lib qoldi (4-rasm).
4-rasm
Tuproq yuzasining dehqonchilik davrida buzilishi
Do'stlaringiz bilan baham: