Buqalarni axtalash
Fiksasiya – turgan va yotgan holatda.
Og’riqsizlantirish – bir yoshgacha bo’lganlarga og’riqsizlantirish o’tkazilmaydi, bir yoshdan keyin og’riqsizlantirish ayg’irlarnikidek olib boriladi.
Buqalar qonsiz va qonli usul bilan axtalanadi.
Qonsiz (perkutan) usul:
Urug’don tizmachasini teri orqali majaklashni maksadi urug’donda kon bilan ta’minlashni va Inervasiyasini to’xtatish.
Buning uchun quyidagi axtalash qisqichlaridan foydalanish mumkin: Telyatnikov, Burdisso, Glumko – Golenskiy, Xanindiki.
Telyatnikov qisqichi yordamida axtalaganda yordamchi urug’don tizmachasini teriga yakin siljitiladi, xirurg qisqichni tizmachaga qo’yib ikki qo’l bilan qisadi va 5 soniya ushlaydi, bunda g’irchillagan tovush sezladi. Agar tovush sezilmasa 1, 5–2 sm yuqorirok tizmacha yana qisiladi, 10 – 15 minut keyin shu joyda gematoma hosil bo’ladi.
Perkutan usul bilan axtalanganda bukalarning semiish massasi 8-7 %, tirik vazni 6–10 % ko’payishi va oziqaning xarajati 6–10 % kamaygani aniklangan.
Qonli usul – bir nechta usul bilan bajariladi.
Ligatura qo’llab axtalash – Urug’don xalta orqadan ushlanib taranglashtiriladi. Kaudal yoki lateral yuzasida kesim olib boriladi, barcha to’qimalar to urug’dongacha, shu jumladan umumiy kin parda xam kesiladi. Jarohat orqali urug’don, tizmachasi bilan tashkariga chikariladi urug’don payi kesilgandan keyin. Tizmachani yuqori qismiga ligatura kuyilib boglanadi, 2 – 2,5 sm pastrok kesib olib tashlanadi.
Urug’don ortig’ini dum qismini kesish – bu usulda urug’ hujayralari ishlab chiqarilmaydi, lekin gormonlarni ishlab chiqish saqlanadi. Tik turgan hayvonda olib boriladi. Urug’don xaltani tub qismida ikki 1,5–2 sm kesim qilinadi. Bu kesim orqali urug’don ortig’ini dum qismi siqib chiqariladi va qaychi bilan kesib olib tashlanadi. Jarohat yaxshi bitadi.
Qo’chqor va takalarni axtalash
Bular ham qonsiz (perkutan) va konli usullar bilan axtalanadilar.
Fiksasiya – yotgan xolatda fiksasiya qilinadi.
Qonsiz usul bilan axtalash – perkutan va elastrasiya usuli qo’llanilishi mumkin.
Perkutan axtalashda urug’don tizmachasi qisqich yordamida majaqlanadi.
Elastrasiya usuli 2 xaftalik qo’zi va echkilarda bajariladi. Bu usul bo’yicha urug’don xaltasini yuqori qismiga rezina xalka kiygizilib qo’yiladi, 10–15 kun ichida atrofiyaga uchrab tushib ketadi.
Qonli usul: Urug’doni tulik yoki qisman olib tashlash usuli qo’llaniladi.
1. Operatsiya maydonchasi tayyorlangandan keyin urug’don xaltaning tubi tortilib qaychi yordamida kesiladi. Urug’don umumiy kin parda bilan tashkariga chikariladi. Tizmacha ketgutli ligatura bilan bog’lanadi undan 1 sm pastroq kesib urug’don olib tashlanadi. Jarohatga antiseptik kukun sepiladi.
2. Qari qo’chqorlarni axtalash:
Ko’rsatmasi – qari nasldor qo’chqorlarda bajariladi.
Og’riqsizlantirish – urug’don xaltani buyin qismiga infiltrasiya usuli bilan, intratestikulyar – 10 ml 3 % novakain eritmasi.
Operatsiya texnikasi – kuchkor chap tarafga yotkizilib fiksasiya kilinadi. Chap kul bilan urug’don yuqoriga kutariladi. Kesim surgich qoldiqlaridan 2 sm pastroqda aylanasimon bajariladi.
Teri pastga tortiladi, urug’don tizmachasida Zand qisqichi 2-3 minutga qo’yiladi. Urug’don qaychi bilan olib tashlanadi va yod surtiladi. Jarohat 1-2 tugunli chok bilan yaqinlashtiriladi.
Qisman axtalash Bayburtyan usuli bo’yicha skalpel urug’donga sanchiladi chuqurligi 0,5-1sm va hosil bo’lgan jarohatdan urug’don parenximasi siqib chiqariladi.
Cho’chkalarni axtalash
Qonli ochiq va yopiq usul bilan amalga oshiriladi.
1) Urug’don tizmachasini yulib axtalash-
Fiksasiya- yotgan holatda.
Operatsiya texnikasi-urug’don xalta chap qo’l bilan ushlanadi va skalpel bilan kesiladi. Barcha to’qimalar kesiladi, jarohat orqali urug’don tizmachasi bilan tashqariga chiqariladi. Tizmachani yuqori qismiga gemostatik pinset qo’yiladi va urug’don tizmacha yulib tashlanadi.
2) Ligatura qo’llab axtalash-yopik va ochiq usulda qilinadi. Ikkinchida umumiy qin parda ochilib urug’don tizmachasiga ligatura qo’yib bog’lanadi 1-2sm pastdan kesib olib tashlanadi.
Yopiq usulda umumiy qin parda ochilmaydi, tizmachaga ligatura qo’yib olib tashlanadi.
Tuyalar – ochiq usulda
Bug’ular – perkutan usulda
Itlar – yopiq usul, jarohat choklanadi
Mushuklar – ochiq usul
Quyon – yopiq usul
Mashg’ulot № 27
Do'stlaringiz bilan baham: |