O‘zbekiston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish



Download 102,23 Kb.
bet3/10
Sana18.02.2022
Hajmi102,23 Kb.
#456028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
saidamir

Oldingi tahrirga qarang.
6. Respublikada qorako‘lchilik sohasida naslchilik seleksiya ishlarini takomillashtirish, jahon bozori talablariga mos bo‘lgan raqobatbardosh qorako‘l terisi ishlab chiqarish va uni qayta ishlashni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi huzurida Qorako‘lchilikni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan foiz to‘lovlarisiz qaytarish sharti bilan 7 yil muddatga 2019-2020-yillarda ajratiladigan 50 mlrd so‘m;
Oldingi tahrirga qarang.
Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasiga a’zo tashkilotlarning hamda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy ajratmalari;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari va kreditlari;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga ishlatiladi:
naslchilik-seleksiya ishlarini ilmiy asosda tashkil etish va uni takomillashtirish;
qorako‘lchilik sohasida eksportbop qorako‘l va qorako‘lcha teri yetishtirish;
qorako‘lchilik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi korxonalarni tashkil etish;
sohada resurs tejamkor uskunalar sotib olish va ozuqa sexlari (granulyator)ni tashkil etish hamda qorako‘lchilik subyektlari tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlarini sotib olishni moliyalashtirish;
uzoq cho‘l hududlarida suv chiqarish inshootlarini barpo etish hamda mavjudlarini ta’mirlash va modernizatsiya qilish;
sohaga yangi zamonaviy texnologiyalar, innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni olib kelish hamda joriy etish;
mutaxassislarning xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishi, sohadagi kadrlar malakasini oshirish, shu jumladan yosh mutaxassislarning xorijda o‘qishi, stajirovka o‘tashi, xorijiy mutaxassis va maslahatchilarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
Oldingi tahrirga qarang.
Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ishchi xodimlarni moddiy va ijtimoiy rag‘batlantirish;
(7-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasiga yuklatilgan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash.
(7-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasining Jamg‘armaga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘ning 70 foizini “Turon bank” ATB orqali qorako‘lchilik subyektlariga 3 yil muddatga yillik 5 foizlik, shu jumladan 1,5 foizi bank marjasi, kredit sifatida ajratish haqidagi taklifi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi bilan birgalikda qorako‘lchilik xomashyolari asosida yaratiladigan noyob dori vositalari — immunitetni tiklovchi “Timoptin inyeksiyasi” va kamqonlikda qo‘llaniladigan “Eritim” preparatlarini ishlab chiqarishni 10 baravargacha oshirish choralarini ko‘rsin va ushbu maqsad uchun talab etiladigan mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
11. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qorako‘lchilik xomashyolari asosida yaratiladigan Kardin va Aflan dori vositalarining klinik sinovlarini olib borish va ishlab chiqarishni tashkillashtirsin.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ushbu ishlanmalarni grant mablag‘lari bilan ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Belgilab qo‘yilsinki, 2019-yil 1-sentabrdan boshlab Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi qorako‘lchilik subyektlarida qorako‘l zotli qo‘ylarning:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
bosh soni, genofondini saqlash va takomillashtirish, naslchilik-seleksiya ishlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati yuzasidan davriy monitoring hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
genofondini saqlash, boshqa zotli qo‘ylar bilan chatishtirmaslik hamda biriktirilgan yer (yaylov) maydonlaridan maqsadli va samarali foydalanish to‘g‘risida zarur tavsiyalar beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Naslchilik qorako‘lchilik xo‘jaliklariga qarashli yaylovlarni tuman hokimligi zaxirasiga olish, shuningdek, boshqa yo‘nalishdagi fermer xo‘jaliklariga va qishloq xo‘jaligi korxonalariga berish Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasining roziligi bilan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PQ-4817-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 07/20/4817/1254-son)
15. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining:
Samarqand shahri, Xishrav qo‘rg‘oni, Samarqand ko‘chasi, 1-uyda joylashgan Samarqand qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejining ma’muriy binosini tegishli hududlari bilan birgalikda Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutiga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish;
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PQ-4817-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 07/20/4817/1254-son)
Samarqand viloyati Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi hamda Samarqand viloyati “Chorvanasl” markazini Samarqand shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 47-uy manzilida joylashtirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Samarqand viloyati hokimligi mazkur bandda ko‘rsatilgan bino va inshootlarning belgilangan tartibda qabul qilinishi va topshirilishini ta’minlasin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi fundamental, ilmiy-amaliy hamda innovatsion tadqiqotlar davlat ilmiy-texnik dasturlari va ilmiy mavzularni shakllantirishda veterinariya, qorako‘lchilik va chorvachilik sohasida yuqori sifatli veterinariya vositalari, naslchilik ishlarini yuritishning hamda yuqori hosildor ozuqa ekinlarining yangi navlarini yaratish va urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishning zamonaviy usul va texnologiyalari ishlab chiqilishini nazarda tutuvchi ilmiy loyihalar kiritilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
17. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston milliy axborot agentligi Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi bilan birgalikda qorako‘lchilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borsin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
18. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Download 102,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish