O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Download 0,77 Mb.
bet4/19
Sana07.02.2020
Hajmi0,77 Mb.
#39007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
187 06.04.2017


Izoh: namunaviy o‘quv rejalarini ishlab chiqishda tayyorlov yo‘nalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, haftalik o‘quv yuklamasi soatlarini moslashtirish uchun umumta’lim fanlariga ajratilgan umumiy soatlar miqdorini (fanlar orasida) 10 soatgacha miqdorda, shuningdek, semestrlar bo‘yicha fanlarga ajratilgan soatlar taqsimotiga o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.

*Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ta’lim qoraqalpoq, o‘zbek va rus tillarida olib boriladigan guruhlarda kichik guruhlarda o‘rganiladigan til ko‘pchilik o‘quvchilarning xohishiga ko‘ra ta’lim muassasasining pedagogik kengashi qarori bilan belgilanadi.

2-§. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan umumiy talablar

17. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan umumiy talablar quyidagi ko‘rsatkichlarning umumlashtirilgan tavsifnomasidan iborat:

aniq kasb sohasi doirasida nazariy va amaliy bilimlar, kasbiy malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish borasidagi me’yor va tartiblar mohiyatini bilish;

mehnatni muhofaza qilish ko‘nikmalari shakllangan bo‘lishi;

kasbiy mohirlik va tafakkur doirasining yetarli shakllanganligi;

tashkilotchilik xislatlarining shakllangan bo‘lishi;

davlatning tuzilishi, uning ijtimoiy va siyosiy rivojlanishi haqida aniq bilimlarga ega bo‘lish, xalqaro voqea, hodisa va muammolarni tushuna olish;

mustaqil va ijodiy fikrlash, fikrlarini yozma va og‘zaki ravon bayon etish malakalari shakllangan bo‘lishi;

turli vaziyatlarni tanqidiy baholash, yangiliklarga doimiy intilish;

o‘zbek tilini mukammal bilish, yozma va og‘zaki ravishda erkin muloqot qilish;

umuminsoniy fazilatlariga ega bo‘lish, o‘z millatini va Vatanini sevish, u bilan faxrlanish, milliy urf-odatlar, qadriyatlarni hurmat qilish;

zamonaviy axborot-telekommunikatsiya vositalaridan foydalana olish;

chet tillarida muloqot qilish;

o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotga, boshlang‘ich kasbiy ko‘nikmalarni kundalik hayotga, turmushga tatbiq eta olish;

mehnat huquqlarini bilish;

ishga joylashish texnologiyalari va ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

shaxsiy tadbirkorlikni tashkil etish malakalari shakllangan bo‘lishi;

jismoniy baquvvat, sog‘lom bo‘lish, harbiy xizmatga va tezkor tibbiy yordam ko‘rsatishga layoqatli bo‘lish;

ma’naviy, ruhiy, jismoniy jihatdan o‘zini o‘zi doimo takomillashtirish xislatlariga ega bo‘lish;

bilimlarni muntazam oshirib borish, yangilab borishga intilish, o‘quv va mehnat faoliyatiga ijodiy hamda mustaqil yondashish sifatlariga ega bo‘lish;

mantiqiy fikrlashning uslublari va usullarini bilish, ularni amaliy faoliyatda qo‘llay olish malakasiga ega bo‘lish;

huquqiy bilim asoslariga ega bo‘lish;

iqtisodiy bilim asoslariga ega bo‘lish;

zamonaviy axborot vositalari bilan ishlashning amaliy ko‘nikmalarini mustahkam egallash;

ma’naviy-axloqiy madaniyatga ega bo‘lish;

siyosiy madaniyatga egalik, fuqarolik burchi va mas’uliyat hislari shakllangan bo‘lishi;

ekologik madaniyatga egalik, kasbiy faoliyatda ekologik mas’uliyatni his qilish, tabiat muhofazasi sohasidagi bilimlarga ega bo‘lish;

oliy ta’lim muassasalarida (bakalavriat) ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bilimlar majmuiga ega bo‘lish.

3-§. Akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari tuzilmasi

18. Akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari tuzilmasi va Kasb-hunar kollejlarining tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari tuzilmasi asosida tegishli malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

19. Akademik litseylar ta’lim yo‘nalishlari o‘quvchilarning aqliy rivojlanishini jadallashtiradigan, muayyan bir yo‘nalishda kasbiy yo‘naltirilgan bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantiradigan, ularning oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishini yoki mehnat faoliyatiga yo‘naltirishni nazarda tutgan sohasi hisoblanadi.

20. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi akademik litseylar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari kasbiy tavsifnoma asosida muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumini va pirovard maqsadlarini, o‘quv yuklamalari hajmini hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

21. Akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari quyidagi tuzilishga ega:

a) zarvaraq (titul varag‘i)

b) qo‘llanish sohasi

v) normativ hujjatlar

g) malaka talablarining maqsadi va vazifalari

d) akademik litseylarda ta’lim mazmunining majburiy minimumi

e) akademik litsey bitiruvchilariga qo‘yiladigan umumiy talablar

j) malaka talablarining bajarilishini nazorat qilish

4-§. Kasb-hunar kollejlarining tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari tuzilmasi

22. Kasb-hunar kollejlaridagi tayyorlov yo‘nalishlari aniq bir kasb faoliyati doirasida mutaxassislarga kasb ta’limi berish sohasi hisoblanadi.

23. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi kasb-hunar kollejlari tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari kasbiy tavsifnoma asosida muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumini va pirovard maqsadlarini, o‘quv yuklamalari hajmini hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

24. Kasb-hunar kollejlarining tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari quyidagi tuzilishga ega:

a) zarvaraq (titul varag‘i)

b) qo‘llanish sohasi

v) normativ hujjatlar

g) malaka talablarining maqsadi va vazifalari

d) ta’riflar

e) kasbiy tavsifnoma:

tayyorlov yo‘nalishi, kasb va ixtisosliklarning nomlari;

tayyorlov yo‘nalishining qo‘llanish sohasi va vazifalari;

malaka;

o‘qishga qabul qilish shartlari (mazkur mutaxassislikni egallash uchun shaxsning tayanch hisoblanuvchi ruhiy-fiziologik sifatlari minimumi, yosh va jinsiy xususiyatlari, tibbiy cheklanishlar bo‘yicha ishga qabul qilish tartibi haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi).

j) kasb-hunar tayyorgarligi mazmunining majburiy minimumi (o‘quv davrlari, fan sohalari, mazkur fan sohalarining o‘quv elementlari ko‘rsatiladi).

z) namunaviy o‘quv reja (umumta’lim qismi, kasbiy ta’lim qismi (umumkasbiy, maxsus fanlar), o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti, ta’lim muassasasi ixtiyoridagi soat)

i) malaka talablarining bajarilishini nazorat qilish.

5-§. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning umumdavlat tasniflagichini ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar

25. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichi (keyingi o‘rinlarda — Tasniflagich deb ataladi) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar bo‘yicha kichik mutaxassislarni tayyorlashning tizimlashtirilgan ro‘yxatini belgilaydi.

26. Tasniflagichning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

kasb faoliyati sohalari bo‘yicha bir xil tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashni ta’minlash;

Tasniflagichni ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni (Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasi va Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorini) indeksatsiyalash maqsadida boshqa ta’lim turlari bilan muvofiqlashtirish.

27. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kichik mutaxassislarni tayyorlash quyidagi sohalar bo‘yicha amalga oshiriladi:

gumanitar soha;

ijtimoiy soha, iqtisod va huquq;

ishlab chiqarish va texnik soha;

qishloq va suv xo‘jaligi;

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot;

xizmatlar sohasi.

28. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar Tasniflagichning tasniflash obyektlari hisoblanadi.

29. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarni tasniflash quyidagi yettita raqamli sonlar bilan kodlanadi:

birinchi raqam — uzluksiz ta’lim tizimida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bosqichi (Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasi asosida);

ikkinchi raqam — bilim sohalari kodi;

uchinchi va to‘rtinchi raqamlar — tayyorlov yo‘nalishlari kodi;

beshinchi, oltinchi va yettinchi raqamlar — kasblarning tartib raqamini ifodalaydi.

30. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar kodi kasb faoliyati sohalariga muvofiq kasblar va ixtisosliklar bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlari ro‘yxatining raqamli belgisini ifodalaydi.

31. Uzluksiz ta’lim tizimidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim (bakalavriat) orasidagi uzviylikni aniqlash va uni ta’minlash maqsadida Tasniflagichda oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishlari kodlari ham qavs ichida keltiriladi.

32. Tasniflagichda tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning kodlariga mos keladigan “Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasi” kodlari ham keltirilishi lozim.

33. Tasniflagichni tuzishda davlat, jamiyat va mehnat bozori talablari, kasbiy tayyorgarlikdagi tajribalar, ijtimoiy hamkorlar, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar talablari hisobga olinishi lozim.

34. Tasniflagich O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

35. Tasniflagichga manfaatdor tashkilotlarning takliflari asosida qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

36. Tasniflagichga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid takliflar O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.

5-bob. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartini joriy etish tartibi

37. Davlat ta’lim standartini joriy etish, muvofiqlashtirish, unga metodik rahbarlik qilish va uning maqbul darajasini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat ta’lim standarti O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Ta’lim xizmatlari bozori talablari bo‘yicha yangidan kiritilayotgan tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablarini tasdiqlash pedagogik tajriba-sinov ishlari muvaffaqiyatli yakunlanib (3 yillik to‘liq ta’lim sikli mobaynida), ularga ekspert baho berilgach amalga oshiriladi.

38. Davlat ta’lim standartiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘z vakolatlari doirasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga mos ravishda, ta’lim darajasi va kadrlarni tayyorlashga qo‘yiladigan talablarni e’tiborga olgan holda, davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

6-bob. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish

39. Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilish ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshiriladi:

davlat ta’lim standarti asosida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida bitiruvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarga baho berish;

o‘quv reja va dasturlarni tahlil qilish;

ta’lim muassasasida foydalaniladigan pedagogik texnologiyalarni tahlil qilish.

40. Nazorat qilishning bosh vazifasi davlat ta’lim standartining buzilishini aniqlash, oldini olish va bartaraf qilishdir.

41. Davlat ta’lim standarti talablarining buzilganligi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim muassasasi rahbariyatiga yuklanadi.

42. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat:

ichki nazorat — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi tomonidan amalga oshiriladi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan reyting nazorat tizimi haqidagi nizom asosida o‘tkaziladi;

tashqi nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi;

davlat-jamoat nazorati — ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi va u bilan kelishilgan holda nodavlat notijorat tashkilotlari va kadrlarga talabgorlar tomonidan amalga oshiriladi;

yakuniy davlat attestatsiyasi — O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qaroriga


3-ILOVA

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha

MALAKA TALABLARI

I-bob. Umumiy qoidalar



1-§. Qo‘llanish sohasi

1. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari (keyingi o‘rinlarda — Malaka talablari deb ataladi) umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarining negizi hisoblanadi va standartlashtirishning umumta’lim fanlarini o‘rganishning bosqichlarini, o‘quv fanlari bo‘yicha ta’lim mazmuni va malaka talablarining tuzilishini belgilaydi.

2. Malaka talablari ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari hamda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan qo‘llanilishi majburiydir.

3. Malaka talablari asosida ta’lim muassasasining turi va xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘quv dasturlari, davlat attestatsiyasi uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha nazorat-baholash ko‘rsatkichlari ishlab chiqiladi va vakolatli vazirliklar, idoralar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

2-§. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida umumta’lim fanlarini o‘rganish bosqichlari

4. O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida davlat ta’lim standartlariga asoslangan holda umumta’lim fanlarini o‘rganish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

Standart darajalari

Darajalarning nomlanishi

A1

Umumta’lim fanlarini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

A1+

Umumta’lim fanlarini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi

A2

Umumta’lim fanlarini o‘rganishning tayanch darajasi

A2+

Umumta’lim fanlarini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi

B1

Umumta’lim fanlarini o‘rganishning umumiy darajasi

B1+

Umumta’lim fanlarini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi

3-§. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablarining tuzilishi

5. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari:

o‘quv fanini o‘rganishning bosqichlarini;

tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalarni;

o‘quv fanining maqsad va vazifalarini;

umumta’lim fanlarini o‘rganishning mazmunini;

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha majburiy tayyorgarlik darajalarini hamda ta’lim muassasalarini bitiruvchilariga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi.

4-§. Tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalar

6. O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.

Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi.

Shuningdek, har bir umumta’lim fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.

II-bob. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari

1-§. Ona tili fani

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) ona tili fanini o‘qitish bosqichlari

Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja

nomlanishi

Umumiy o‘rta ta’lim

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari

A1

Ona tili fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinf bitiruvchilari

A1+

Ona tili fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari

A2

Ona tili fanini o‘rganishning tayanch darajasi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf bitiruvchilari

A2+

Ona tili fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi

Ona tili fani chuqurlashtirilmagan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari

V1

Ona tili fanini o‘rganishning umumiy darajasi

Ona tili fani chuqurlashtirilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari

V1+

Ona tili fanini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish