O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Download 0,77 Mb.
bet14/19
Sana07.02.2020
Hajmi0,77 Mb.
#39007
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
187 06.04.2017


Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishning maqsadi:

o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy, axloqiy madaniyatini shakllantirish, milliy g‘urur, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didini o‘stirish, o‘zbek hamda jahon kompozitorlari asarlarini tinglab tushunish va undan zavqlanishga o‘rgatishdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishning vazifasi:

musiqa madaniyati o‘quv fani bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llash orqali ularda kuzatuvchanlikni, musiqiy xotirani, obrazli tasavvur qilishni, ijodkorlikni, tashabbuskorlikni, badiiy va musiqiy didni rivojlantirish va fikr doirasini kengaytirish;

o‘zbek va jahon kompozitorlari asarlarini va turli musiqiy janrlarni bir-biridan farqlay olish, tayanch va umumiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

Musiqa madaniyati fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

1. Musiqiy savodxonlik kompetensiyasi

A1

musiqa san’at turlaridan biri ekanligini ajrata oladi;

milliy musiqa merosi haqida tushunchaga ega bo‘ladi;

oddiy musiqaga oid atamalarni bir-biridan ajrata oladi;

musiqaning ifoda vositalaridan (o‘lchov-usullar, dinamik belgilar, repriza va boshqalardan) foydalana oladi.

musiqaning badiiy tavsifini (quvnoq, sho‘x, g‘amgin va boshqalarni) bila oladi.

A2

musiqa san’atning qadimiy turi ekanligi, o‘zbek xalq musiqasi asrlar davomida sayqal topib, rivojlanganligi, u xalqimizning boy madaniyati, milliy qadriyatlarini o‘zida aks ettirishi va umumbashariy jahon musiqa madaniyatining ajralmas bir bo‘lagi ekanligini tasavvur qila oladi;

O‘zbekiston hududida mumtoz musiqaning mahalliy an’analarga ega ekanligi, ularning o‘xshashligi va o‘ziga xosligini farqlay oladi;

har bir mahalliy uslubda o‘ziga xos ijrochilik uslublari va cholg‘u asboblarini farqlay oladi;

Farg‘ona — Toshkent, Samarqand — Buxoro, Surxondaryo — Qashqadaryo, Xorazm ijrochilik uslublari xususiyatlari, mashhur musiqa janrlarini (maqom, doston, katta ashula, folklor musiqasini) va ularning mashhur ijrochilarini bila oladi;

o‘zbek musiqasida sahnaviy musiqa asarlari, estrada janri, kino musiqasi va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini farqlay oladi;

jahon va sharq xalqlari mumtoz musiqa namunalarini bir-biridan farqlay oladi;

orkestr, ansambl va xorga oid oddiy atamalarni farqlay oladi.

2. Jamoa bo‘lib kuylash kompetensiyasi

A1

o‘rganilgan qo‘shiqlarni birgalikda kuylay oladi;

jamoaviy o‘rganilgan qo‘shiqlarni yakka holda kuylay oladi.

dinamik belgilarga qarab ovozni to‘g‘ri yo‘naltira oladi.

A2

kuylashda dinamik belgilarga amal qiladi, o‘zi va o‘rtoqlari ijro etgan qo‘shiqlarning ijrochilik saviyasi va badiiy sifatini baholay oladi;

o‘rganilgan qo‘shiqlarni sof ohangda kuylay oladi;

kuylash madaniyatiga va mahoratiga ega bo‘la oladi;

xorda kuylay oladi.

3. Musiqa tinglash va tahlil qilish kompetensiyasi

A1

kuyni tinglaydi va unga tavsif bera oladi;

musiqaning tovush tembridan qaysi cholg‘uda (zarbli, chertma, damlida) ijro etilganligini topa oladi.

A2

musiqa janrlarining nomlarini ayta oladi va ijro uslubidan ularni farqlay oladi;

o‘zbek xalq ommaviy va kasbiy musiqa janrlarining mahalliy uslubdagi sodda variantlarini tinglab ajrata oladi.

16-§. Tasviriy san’at fani

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tasviriy san’at fanini o‘rganish bosqichlari

Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja nomlanishi

Umumiy o‘rta ta’lim

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari

A1

Tasviriy san’at o‘quv fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tasviriy san’at fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinf bitiruvchilari

A1+

Tasviriy san’at o‘quv fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinf bitiruvchilari

A2

Tasviriy san’at o‘quv fanini o‘rganishning tayanch darajasi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tasviriy san’at fanini chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 7-sinf bitiruvchilari

A2 +

Tasviriy san’at o‘quv fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tasviriy san’at o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tasviriy san’at o‘quv fanini o‘qitishning maqsadi:

o‘quvchilarda tasviriy savodxonlikni rivojlantirish, badiiy tafakkurni yuksaltirish, estetik va emotsional sezgirlikni o‘stirish orqali ijtimoiy hayotda zarur bo‘lgan bilimlarni egallash, ulardan kundalik hayotida foydalanishga o‘rgatishdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tasviriy san’at o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:

tasviriy va amaliy san’at asarlarini, badiiy hunarmandchilikni, me’morchilik va dizayn san’atiga oid tarixiy namunalar hamda zamonaviy san’at asarlarini tahlil qilishga va amaliy faoliyatida qo‘llashga o‘rgatish;

naturaning xarakterli jihatlarini ko‘ra olishga, tahlil qilishga va tasvir yoki haykalni ishlash bosqichlarini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajara olishga o‘rgatish;

texnika va texnologiyalarning takomillashib borishi asosida fanlar integratsiyasini hisobga olgan holda to‘g‘ri va ongli kasb tanlashga yo‘naltirish;

tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.

Tasviriy san’at o‘quv fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari

1. Naturaning xarakterli jihatlarini kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish kompetensiyasi

A1

naturaning shakli, hajmi, tuzilishini kuzata oladi;

sodda tasvir va haykallarni naturaning xarakterli jihatlari asosida ishlay oladi;

naturaning xarakterli jihatlarini kuzata oladi, amaliy ishda tasvirlay oladi;

tasviriy san’atning tur va janrlarini biladi hamda farqlay oladi;

perspektiva qoidalarini amaliy ishda qo‘llay oladi.

A1+

naturaning shakli, hajmi, tuzilishini tahlil qila oladi;

tasvir va haykallarni naturaning xarakterli jihatlari asosida ishlay oladi;

naturaning xarakterli jihatlarini kuzata oladi, tahlil qila oladi; amaliy ishda tasvirlay oladi.

A2

naturaning xarakterli jihatlarini badiiy idrok etadi va ifodalay oladi;

tasvirlashda perspektivaning asosiy qonuniyatlarini qo‘llay oladi;

naturani tasvirlashda kompozitsiya qoidalariga amal qilgan holda tasvir ishlay oladi;

amaliy va tasviriy san’at turlarini farqlaydi, tahlil qila oladi va eskizini ishlay oladi;

O‘zbekiston hamda jahon tasviriy san’at asarlarini tahlil qila oladi;

naturani tasvirlash va ishlashga ijodiy yondasha oladi.

A2+

naturaning xarakterli jihatlarini badiiy idrok etadi va ifodalay oladi;

tasvirlashda perspektivaning qonuniyatlaridan foydalana oladi;

naturani tasvirlashda kompozitsiya qonun va qoidalaridan foydalana oladi;

O‘zbekiston va jahon tasviriy san’at asarlarini farqlaydi, idrok etadi va tahlil qila oladi;

tasviriy san’atning tur va janrlari asosida amaliy ish bajara oladi.

2. Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi

A1

ish joyini to‘g‘ri tashkil eta oladi;

tasvirni qog‘oz yuzasiga to‘g‘ri joylashtira oladi;

tasvirni ishlashda asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi;

sodda naturalarning shakl tuzilishi, rangi, o‘lcham nisbatlari, fazoviy holatini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy ishda tasvirlay oladi.

A1+

qog‘oz, qalam va bo‘yoqlarning bir-biriga mosligini to‘g‘ri tanlay oladi;

turli ko‘rinishlar va holatlardagi chiziqni (shtrixni) chiza oladi;

sodda naturaning shakli, hajmi, tuzilishi, ishlashning o‘ziga xos muhim tomonlarini ko‘ra oladi va tasvirlash layoqatiga egallay oladi.

A2

O‘zbekiston hamda jahon tasviriy san’at asarlarini biladi, tahlil qila oladi va undan ta’sirlana oladi;

tasviriy san’atning janrlari, oqim va yo‘nalishlarini farqlay oladi;

tasvir ishlash bosqichlariga amal qila oladi;

naturaning asosiy qismi va mayda bo‘laklarining o‘zaro mutanosibligini farqlay oladi;

tasvirlashda ishlatiladigan yordamchi chiziqlarni to‘g‘ri qo‘llay oladi;

tasvir ishlashda soya-yorug‘ qismlarini ajratadi, ish jarayonida qo‘llay oladi;

tasvir ishlash jarayonida asosiy va hosila ranglarni to‘g‘ri qo‘llay oladi;

plastilin yoki loy bilan ishlash bosqichlarini bajara oladi.

A2+

O‘zbekiston hamda jahon tasviriy san’at asarlarini badiiy tahlil qiladi va asar xususiyatini mazmunan ifodalay oladi;

tasviriy san’at asarlarining ifodalilik vositalarini biladi va ularni amalda qo‘llay oladi;

amaliy san’atda rangshunoslik qoidalariga amal qila oladi;

maxsus material va ish qurollaridan foydalana oladi.

17-§. Chizmachilik fani

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chizmachilik fanini o‘rganish bosqichlari

Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja nomlanishi

Umumiy o‘rta ta’lim

Umumta’lim maktablarining 8-sinf bitiruvchilari

A1

Chizmachilik fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari

A2

Chizmachilik fanini o‘rganishning tayanch darajasi

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chizmachilik fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chizmachilik fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

o‘quvchilarning hayotiy tasavvurini amaliy faoliyatda ifodalash orqali tafakkurini o‘stirish, murakkab bo‘lmagan texnik chizmalarni bajarishga, o‘qishga va o‘z fikrini grafik tasvirlar vositasida ifoda etishga o‘rgatishdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chizmachilik fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:

chizmalar chizish va chizmani o‘qish qoidalariga amal qilish, grafik tafakkurini hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish;

texnik ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish;

chizmachilikda qo‘llaniladigan termin va tushunchalardan, sodda elektron dasturlardan amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish;

texnika va texnologiyalarning takomillashib borishini hisobga olgan holda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirish;

chizmachilik ish qurollaridan to‘g‘ri foydalanish va chizmani ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarishda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

Chizmachilik fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

Chizmachilikda qo‘llaniladigan termin va tushunchalarni bilish hamda qo‘llay olish kompetensiyasi

A1

Grafik tasvirlar, jihozlar, standart shriftlar, oddiy geometrik yasashlar, tutashmalar, egri chiziqlar, ko‘rinishlar, geometrik figuralarning proyeksiyalari, ko‘pyoqliklarning yoyilmalarini bir-biridan ajrata oladi;

detal modellarini konstruksiyalay oladi;

yaqqol tasvirlar, aksonometrik proyeksiyalar, eskiz va texnik rasmlarni chiza oladi.

A2

Kesim, qirqim, shartlilik va soddalashtirish, loyihalash elementlari, boltli va shpilkali birikmalar, oddiy yig‘ish chizmalarini tuzadi va o‘qiy oladi;

sodda buyumlarni konstruksiyalash, kinematik-radio va elektrik sxemalarni, qurilish chizmalarini chiza oladi, ular haqidagi fikrlarni og‘zaki va yozma bayon eta oladi.

2. Ish qurollaridan to‘g‘ri foydalanish va chizmani ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi

A1

Chizmalarni taxt qilish, chizma shriftlarini qoidalar asosida chizish, geometrik yasashlarni bajarish, proyeksion chizmalarni chizish, aksonometrik proyeksiyalarni yasash hamda detalning eskizi va texnik chizmani bajarish jarayonlarida ish qurollaridan to‘g‘ri foydalana oladi.

A2

Kesim va qirqim chizmalarni to‘g‘ri tasvirlay oladi;

tarkibida loyihalash elementlari bo‘lgan chizmalarni bajara oladi;

boltli va shpilkali birikmalarni chiza oladi;

oddiy yig‘ish chizmalari hamda sodda buyumlarning konstruksiyalarini chizishda, sxemalarni, qurilish chizmalarini bajarishda ish qurollaridan to‘g‘ri foydalana oladi.

18-§. Texnologiya fani

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘rganish bosqichlari

Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajalari

Daraja nomlanishi

Umumiy o‘rta ta’lim

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari

A1

Texnologiya fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining texnologiya o‘quv fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinf bitiruvchilari

A1+

Texnologiya fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari

A2

Texnologiya fanini o‘rganishning tayanch darajasi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining texnologiya o‘quv fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf bitiruvchilari

A2+

Texnologiya fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish