BIOLOGIYA 4-VARIANT
1. Qaysi javobda olma (a) va qulupnayning (b) farqi to’g’ri berilgan?
1) ra’noguldoshlar oilasiga mansub;
2) bargi oddiy; 3) bargi murakkab;
4) yonbargchali; 5) yonbargchasiz; 6) soxta mevali; 7) chin mevali
A) a-7; b-6 B) a-2; b-3
C) a-1,4,6; b-2,5, 7 D) a-1,4; b-3,5
2. Oloy xiyoli (I) va Olga sorbariyasi (II) qanday to’pgul hosil qiladi.
A) I-qalqoncha;
II-shingil;
B) I-gajak; II-qalqoncha;
C) I-kallakcha; II-savatcha;
D) I-shingil; II-qalqoncha;
3. Berilgan tuzilmalar mansub to’qimalarni aniqlang.
1) xlorenxima; 2) periderma; 3) kollenxima; 4) traxeidlar
A) 1
- qoplovchi; 2 - asosiy; 3) o’tkazuvchi; 4 -mexanik
B) 1 - hosil qiluvchi; 2 - mexanik; 3 - qoplovchi; 4-o’tkazuvchi
C) 1 - assimilatsion: 2 - qoplovchi; 3 – o’tkazuvchi; 4 -mexanik ;
D) 1 - asosiy: 2 – qoplovchi 3 -mexanik; 4 – o’tkazuvchi
4. Tuban o‘simliklarni aniqlang.
1) nemalion; 2) suv qirqqulog‘i; 3) archa; 4) partenotsissus; 5) terakbargli liftok; 6) dala qirqbo‘g‘imi; 7) kladofora.
A) 3, 4 B) 1, 7 C) 1, 5 D) 2, 6
5. Zuhrasochning gametofiti . . . (a), funariyaning gametofiti . . . (b), dala qirqbo‘g‘imining gametofiti . . . (c). Nuqtalar o‘rnini to‘g‘ri ma’lumotlar bilan to‘ldiring.
1) qo‘shimcha ildizga ega; 2) barglari patsimon qirqilgan; 3) sporalardan rivojlanadi; 4) poya-bargli o‘simlik; 5) anteridiy hosil qiladi; 6) sporali ko‘sakchaga ega; 7) zigotadan rivojlanadi; 8) tuxum hujayra hosil qiladi; 9) zigota hosil qiladi; 10) spora hosil qiladi
A) a - 5, 8; b - 7, 10; c - 3, 9
B) a - 5, 9; b - 1,6; c -5,10
C) a - 3, 8; b - 4, 9; c - 5, 8
D) a - 3, 9; b -5,9; c - 1,2
6. Сhuchuk suvlarda uchramaydigan suvo‘tlarni aniqlang.
1) porfira; 2)
kladofora; 3) nemalion;
4) spirogira; 5) yapon laminariyasi;
6) xlamidomonada; 7) belbog‘li ulotriks
A) 2, 4 B) 4, 6 C) 3, 5 D) 1, 7
7. Floemaning (1) va ksilemaning (2) mexanik to‘qima tuzilmalarini aniqlang.
A) 1 - yog‘ochlik tolalari; 2 - o‘tkazuvchi nay
B) 1 - lub tolalari; 2 - traxeidlar
C) 1 - elaksimon naylar; 2 - traxeidlar
D) 1 - lub tolalari; 2 - yog‘ochlik tolalari
8. Oddiy shingil to’pgul hosil qiluvchi to’g’ri gulli o’simliklarni aniqlang.
A)O’sma, sholg’om, rediska, turp
B)Rediska, o’sma, jag’-jag’, sabzi, ukrop
C)Rediska, turp, jag’-jag’, qashqarbeda
D)Karam, qurttana,
qashqarbeda, rediska
9. Quyidagi berilganlar orasidan turlarni( sistematik birlik) aniqlang.
1) belbog’li ulotriks; 2) jaydari g’o’za;
3) yerbag’ir tugmachagul; 4) laminariya;
5) jo’xori; 6) na’matak; 7) jag’-jag’;
8) baqlajon; 9) qora ituzum.
A) 1,4,6,7 B) 2,5,7
C) 3,4,8 D) 1,2,3,9
10.Ildizsiz sporali o’simlklarni aniqlang.
1) spirogira; 2) dala qirqbo’g’im; 3) funariya; 4) zuhrosoch; 5) suv qirqquloq; 6) suv qaroqchi; 7) sershox qirqbo’g’im
A) 1,3,5,6 B) 3,4,7 C) 2,4,6,7 D) 3,5
11. Kamxastak qaysi bo’lim, oila va ajdodga mansub.
A) bir urug’pallalilar, magnoliyadoshlar, magnoliyatoifa
B) magnoliyasimonlar, ziradoshlar, gulli o’simliklar
C)
magnoliyatoifa, ra’nodoshlar, magnoliyasimonlar
D) magnoliyatoifa, burchoqdoshlar, ikki urug’pallalilar
12. Tajribada poya bo’ylab organik moddalar harakatini ko’rish maqsadida terak o’simligidan 2 ta novda olindi. Birinchi novda halqa shaklida epidermadan kesildi va kesilgan joygacha suvga solindi, ikkinchisi kesilmadi va suvga solindi. Ikki haftadan so’ng birinchi va ikkinchi novdaning qaysi qismlaridan ildizchalar hosil bo’ladi.
A) birinchisidan halqa shakilda kesilgan joydan, ikkinchisidan pastidan
B) har ikkalasidan ham novdani pastidan
C) har ikkalasi ham ildiz hosil qilmaydi
D) har ikkalasi ham novdani kesilgan joyidan sal yuqorirog’idan
13.Barglari oddiy, yonbargchasiz bir yillik(a) va barglari murakkab, yonbargchali bir yillik(b) o’simliklarni aniqlang.
A) a- Turkiston ismalog’i, teresken; b-no’xat, mosh
B) a-Turkiston ismalog’i, baliqko’z; b-yeryong’oq, mosh
C) a- keyreuk, teresken; b-beda, sebarga
D) a-keyreuk, baliqko’z; b-na’matak,
shirinmiya
14. Suv qirqqulog’ida gametofit (a) va sporafit (b) nimadan rivojlanadi?
A) a- anteridiydan; b-arxegoniydan
B) a-murtakdan; b-sporadan
C) a-zigotadan; b- sporadan
D) a- sporadan; b- zigotadan
15. Baliqko’z uchun mos keluvchi belgilarni aniqlang.
1) tog’da uchraydi; 2) meristema hujayrlari o’simlikni bo’yiga va eniga o’sishini taminlaydi; 3) hayotiy shakli daraxt;
4) mevasi shamolda bir yerdan ikkinchi yerga tarqaladi; 5) sho’rlangan tuproqli cho’llarda uchraydi; 6) barglarida xlorenxima xujayralari mavjud; 7) bir yilda o’z hayotini tugatadi.
A) 2,4,5,7 B) 1,2,3,6
C) 3,4,5 D) 1,3,6
16. To’g’ri ma’lumot berilgan qatorni aniqlang.
A) Mexanik to’qimaning
sklerenxima hujayralari tirik, cho’ziq va qalin qobiqli bo’lib o’simlikda tayanch mustahkamlik beradi.
B) Sambitgul, qirqquloq va qumrio’t kabi o’simliklarning barglari bo’g’imida halqasimon joylshgan.
C) Ikki urug’pallali o’simliklarda qo’shimcha ildiz poyaning yerga yaqin qismidan, murtakdagi poyacha asosidan va ildizpoyadan hosil bo’ladi.
D) o’simlik barglari orqali yetarli miqdorda organik modda hosil bo’lmasa o’simlik o’sishdan to’xtaydi
17.Nuqtalar o’rniga noto’g’ri javob bilan to’ldiring.
Barcha yo’sintoifa o’simliklarda …
1) iliz rivojlanmagan; 2) poya va bargi va o’tkazuvchi sistemasi rivojlangan;
3) sporadan jinsiy bo’g’in rivojlanadi;
4) zigotadan jinsiz bo’g’in riojlanadi;
5) jinsiz bo’g’in ustunlik qiladi; 6) sporadan jinsiz bo’g’in rivojlanadi
A) 2,5,6 B) 1,3,4 C) 2,3,4 C) 1,2,5
18. Archaning 0.5-1 sm li sharsimon qubbasini tuzilishi to’g’ri berilgan qatorni aniqlang.
A) Urug’chilik qubba: tuguncha-urug’kurtak-arxegoniy-tuxum hujayra
B) Changchili qubba: tangacha-changdon-chang
C) Urug’chilik qubba: tangacha-urug’kurtak-arxegoniy-tuxum hujayra
D) Changchili qubba: tangacha-chang
19. Qaysi javobda magnoliyasimonlar uchun xos xususiyatlar to’g’ri ko’rsatilgan?
1) gulqo’rg’on bo’laklari halqada 4-5 tadan o’rnashgan; 2) poyasi kambiyli, yo’g’onlasha oladi; 3) murtak ildizchasidan hosil bo’lgan ildizi tez nobud bo’ladi;
4) barg yaprog’i patsimon yoki panjasimon tomirlangan; 5) bargi yoysimon yoki parallel tomirlangan; 6) gulqo’rg’oni murakkab yoki oddiy; 7) unayotgan o‘simlik urug‘pallabarf yer ostida qoladi
A) 3, 5, 7 В) 1, 5, 6 C) 1, 4, 6 D) 1, 2, 3, 4
20. Dorivor o’simliklarni toping.
1- chakanda; 2- burchoq; 3- shuvoq;
4- isiriq; 5- rovoch; 6- zubturum
A) 1,4,5 B) 2,3,6 C) 4,5,6 D) 1,4,6
21. Javdar, izen, keyreuk kabi o’simliklar …
A) iste’mol qilinadigan yovvoyi o’simliklar
B) dorivor o’simliklar
C) O’zbekiston “Qizil kitobi ”ga kiritilgan o’simliklar
D) yovvoyi yem- hashak o’simliklari
22. Ko’p yillik o’tlarni toping.
1- ligustrum; 2- kiyiko’t; 3- yalpiz;
4- rayxon; 5- baliqko’z; 6- sachratqi;
A) 1,2,3 B) 4,5,6 C) 2,3,6 D) 2,5,6
23.
Poyasining yuqori qismi qishda sovuqdan qurib qoladigan o’simliklarni toping?
A) irg’ay, singirtak B) kiyiko’t, sallagul
C) izen, teresken D) qora ituzum, baliqko’z
24. Andiz, shashir kabi o’simliklar …lar hisoblanadi.
A) ko’p yillik o’t
B) bir yillik o’t
C) chala buta
D) andiz- chala buta; shashir bir yillik o’t
25. Qarag’ayning shox- shabbasi qanday ko’rinishda bo’ladi?
A) shoxlanmagan
B) g’uj va tik
C) yoyiq
D) shoxlari pastga osilgan
26. Xolmon qaysi o’simlikning ikkinchi nomi hisoblanadi?
A) ko’zagul
B) sallagul
C)
jumagul
D) navro’zgul
27. Oqqayin, tolning to’pguli qanday bo’ladi?
A) shingil B) qalqon
C) ro’vak D) kuchala
28. Archaning urug’langan qubbalari qancha vaqtdan keyin pishadi?
A) 6 oy B) 1 yil
C) 1- 2 yil D) 2- 3 yil
29. Qaysi o’simliklkarning urug’ida zaharli moddalar bo’ladi?
A) shaftoli, zig’ir
B) shivit, kampirchopon
C) bangidevona, mingdevona
D) shaftoli, mastak
30. Ildiz bosimining kuchi nimalarga bog’liq?
A) ob- xavoga B) haroratga
C) namlikka D) A, B