O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi toshkent islom universiteti


Transmilliy kompaniyalar jahon xo’jaligining subyekti sifatida



Download 131,45 Kb.
bet4/13
Sana28.05.2022
Hajmi131,45 Kb.
#613985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kurs ishi Nezomov

1.2.Transmilliy kompaniyalar jahon xo’jaligining subyekti sifatida
Jahon iqtisodiyotida olimlar TMKlarga turlicha sharx beradilar. TMKlar xalqaro, ko’pmilliy, global, ishlab chiqarish sanoat uyushmasi, ilmiy-texnik, savdo va servis xizmatlarini ko’rsatish, savdo operatsiyasini keng yo’lga qo’ygan korporatsiyadir (baynalmilal birlashmadir).
Ko’pmilliy korporatsiyalarga xo’jalik korxonalari, ko’p davlatlarda eksport va chet el ishlab chiqarishini 25 % amalga oshiruvchi birlashmalar kiradi. Ushbu tizim boshqa xo’jalik tizimlariga aniq ta'sir ko’rsatuvchi, yo’llanma beruvchi, davlatlararo kelishilgan siyosatda yurituvchi organdir. Ular asosan xalqaro hajmda ishlab chiqarish kompleksini yo’lga qo’ygan, ishlab chiqarish harakteriga ega bo’lgan, o’zaro bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan kompaniyadir.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro kompaniyalar ikkiga (transmilliy va ko’pmilliy kompaniya) bo’linadi. Birinchi o’rinda o’z milliy kapitaliga ega bo’lgan TMKlar tursa, ikkinchi o’rinda esa kapitali bo’yicha xalqaro xususiy ko’pmilliy kompaniyalar turadi. Ularga Angliya-Gollandiyaning “Yunileyaer”, Shvetsiya-Shveytsariyaning “ASIA Branu Boveri”, Amerikaning “British Petroleum Amerika”va boshqalarni kiritish mumkin.
XX asrning 60-yillarida TMKlar tashkil topa boshladi. Ishlab chiqarishning chet elga chiqishi, xalqaro mehnat taqsimoti kengayishi, ishlab chiqarishda yangi texnologiyani qo’llash, transport vositalarining yangi turlari paydo bo’lishi va hokazolar TMKlar yaratilishiga sabab bo’lgan edi. Jahon iqtisodiyotida TMKlarning kengayishi va rivojlanishi yildan-yilga ortib, jahonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 25 % TMKlarga to’gri kelmoqda.
TMKlar iqtisodiy jihatdan yuqori darajali quvvatga ega. Jahonning 100ta yirik TMKsi (umumiy sonda 0,16 %) 15 % xorij mablag’lari, 22 .% xalqaro savdo ustidan o’z nazoratini o’rnatgan. TMKlarning asosiy qismi AQSH, Yaponiya va Yevropa mamlakatlariga to’gri keladi. Yirik TMKlarnnng pul-kapital aylanmasi xajmi kam rivojlangan mamlakatlarning yalpi mahsulotidan yuqoriroqdir. Masalan, AQSHning "General Motorz» kompaniyasi kapital aylanmasi hajmi Norvegiya va Finlandiyaning yalpi mahsuloti daromadidan yuqori.3
Jahon iqtisodiyotida TMklarning tashkiliy tuzilmasi ko’p tarmoqli ishlab chiqarish konsernlarini tashkil etadi. Bu konsernlar keng masshtabli sohalar bo’yicha faoliyat ko’rsatayotgan sanoat tarmoqlari bilan aloqa o’rnatib, iqtisodiy, texnika-texnologik siyosatni olib boradi. Shuningdek xorijiy mamlakatlarda faoliyat ko’rsatayotgan kompaniya va firmalarni nazorat qiladi. Konsernlar asosan moliyaviy kredit sohalarini nazorat qiluvchi tekshiruv hamdir. TMKlar keng miqyosda tashqi iqtisodiy sohalarni o’ziga bo’yinsindiruvchi siyosatni ham olib boradi. Tashqi iqtisodiy operatsiyalar chet el korxonalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. TMKlarning filiali va shoxobchalarida savdo ishlarining olib borilishi esa jahonda eksport hajmini kengaytirishi mumkin.
Jahon iqtisodiyotida TMKlarning asosiy g’oyasi yirik ishlab chiqarish tarmoqlarini birlashtirishga qaratilgan. Ushbu nuqtai nazardan olganda TMKlar filiallararo narx-navoni qo’llab-quvvatlaydi. Bunday sharoitda valyuta qiymati, raqobat hajmi, transport sarf-xarajatlari hisobga olinadi (biron-bir tovar ishlab chiqarishda). TMKlar jahon bozoriga boshqa davlatlarni ishlab chiqarish omillari yordamida chiqa olishi mumkin. Jahon bozoriga chiqayotgan TMKlarga uning xorijdagi homiylari moliyaviy yordam qilishlari mumkin.
TMKlarning olib borayotgan faoliyati davlatlarning iqtisodiy rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ularning investitsiyalari dunyo yalpi ichki mahsulotining 5 %ini tashkil etadi. Jahon iqtisodiyotida tarmoqlararo (xorijdagi) mablag’larini, shuningdek tashqi savdodan tushgan mablag’larning bir qismi yirik davlatlar TMKlari hisobiga to’gri keladi.
TMKlar o’z qiziqishlarini hisobga olgan xolda kapitallarini erkin holda boshqa davlatlarga chiqaradi. Hozirgi kunda TMKlar bilan davlat o’rtasida umumiy qiziqishlar yuqolib bormoqda. Ya’ni, TMKlar o’z maqsadlari yo’lida katta daromad olish uchun faoliyat yuritayotgan bir paytda o’zaro munosabatda bo’layotgan davlatlarning qarshiligiga duch kelmoqda. Davlatlar o’z hududiga ega bo’lib, milliy qiziqishlarini yuqori qo’yayotgan bir davrda TMKlar esa ushbu qiziqishlarni chetlab o’tishga majbur bo’lmoqda.

Download 131,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish