1990-y
|
2000-y
|
2010-y
|
2013-y
|
Tashqi savdo aylanmasi
|
0,8
|
|
|
|
6.2
|
|
|
|
21,8
|
|
|
|
28,9
|
|
|
|
□ Eksport
|
|
0,44
|
|
|
|
3,3
|
|
|
|
13
|
|
|
|
15,1
|
|
|
■ Import
|
|
|
0,36
|
|
|
|
2,9
|
|
|
|
8,8
|
|
|
|
13,8
|
|
■ Saldo
|
|
|
|
0,08
|
|
|
|
0,4
|
|
|
|
4,2
|
|
|
|
1,3
|
Bu esa ishonchli to‘lov balansi va iqtisodiyotimiz barqarorligining muhim ko'rsatkichi bo'lib xizmat qilmoqda.
“So‘nggi yillarda eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulotlar ulushi barqaror sur’atlar bilan o‘sib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2013-yilda umumiy eksport hajmining 72 foizdan ortig‘i tayyor tovarlar hissasiga to‘g‘ri kelgani iqtisodiyotimiz tarkibini diversifikatsiya qilinayotganining yaqqol dalolati, desam, xato bo’lmaydi.
Mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlarning amalga oshirilgani eksport faoliyatiga 450 dan ziyod yangi korxonani jalb etish imkonini berdi. Bu borada Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida barcha hududlarda o‘z filiallariga ega bo‘lgan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksport faoliyatini qo’llab-quvvatlash jamg‘armasi”ning tashkil etilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu jamg'armaning asosiy vazifasi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko‘rsatishdan iborat. Jamg'armaning o‘tgan qisqa davrdagi faoliyati davomida 153 ta tadbirkorlik subyektiga umumiy qiymati 56 million dollardan ziyod bo'lgan eksport shartnomalarini tuzishda yordam ko'rsatildi”17
Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o’zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, keyingi yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulotlar salmog’ining barqaror o’sish tendensiyasi va xomashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol kuzatilmoqda.
Eksport va import tarkibi tubdan o’zgardi. O’zbekiston mustaqillikkacha bo’lgan davrdagi chetga xomashyo chiqaradigan va tayyor mahsulotlar, asosan, iste’mol tovarlarini olib kiradigan mamlakatdan bugungi kunda tobora qo’shilgan qiymati yuqori bo’lgan tayyor mahsulotlarni eksport qiladigan va ko’proq ishlab chiqarishni texnik, texnologik modernizatsiya qilish uchun mo’ljallangan yuqori texnologiyalar asosidagi uskunalarni import qiladigan mamlakatga aylanib bormoqda.
Mamlakatimiz iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning jadal sur’atlarda rivojlanishi natijasida import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari ulushi 4,5 barobar qisqardi. Masalan, oxirgi 15-yilda bug’doy importi nafaqat to’xtatildi, balki O’zbekiston o’z bug’doyi va g’allasidan tayyorlangan unni eksport qila boshladi. Natijada import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 1990-2013-yillarda 48,9 %dan 9,7 %ga qadar qisqardi. Mashina va uskunalarning import tarkibidagi ulushi 1990-yildagi 12.1%dan 2013-yilda 44,1 %ga yetdi.
Xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay biznes muhiti, keng huquqiy kafolat va imtiyozlar tizimi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi mamlakatimiz iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini tubdan ko‘paytirish imkonini berdi. Natijada 2013-yilda o‘zlashtirilgan umumiy kapital qo‘yilmalar hajmining 3 milliard dollardan ortig‘ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi. Shuning 72 foizdan ziyodi yoki 2 milliard 200 million dollari to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir18. Milliy iqti- sodiyotga xorijiy investitsiyalarni samarali jalb etish, ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali texnologiyalarni joriy etishda zarur imtiyozlarga ega bo‘lgan maxsus industrial zonalar tashkil etilmoqda.
Respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish nafaqat xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda yangi, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, balki yangi zamonaviy texnika, dastgoh va uskunalar, texnologiya va nou-xaularni joriy etish, shu asosda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yuqori sifatini ta’minlashga qaratilgan.
Xulosa
Xulosa qilib aytsak, jahon xo’jaligi tizimi ijtimoiy-iqtisodiy sohada turlicha rivojlanib boradi. Ushbu sohada yuqori pog’onani rivojlangan mamlakatlar egallagan. Jahon xo’jaligi tizimi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy ta’limotdir. Jahon xo’jaligi tizimida ishlab chiqarish va shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy sohada ro’y berayotgan juda kuchli raqobat va qarama-qarshiliklarni ko’rish mumkin. Ushbu ishlab chiqarish sohasi xususiyatlarning omillarini, ya’ni birlashgan guruhlarni o’z ichiga oladi.
Davlat o’z hokimiyat monopoliyasi yordamida milliy strategiyani belgilaydi. Jamiyatning huquqiy asoslarini belgilab, pul-kredit munosabatlarini boshqaradi, infratizmni rivojlantirib, ijtimoiy sohada tashqi xavf-xatardan himoya qiladi. Bunda unga aholini boshqaruv guruhlari, umumxalq maqsadlari sari harakatlanayotgan aholining turli guruhlari yordam beradi. Globallashuv jarayoni tufayli tashqi bosimning kuchayishiga qaramasdan mamlakatlarda eng muhim iqtisodiy qarorlar tashqaridan emas, balki milliy hukumatlar tomonidan qabul qilinmoqda. Shuning uchun ham jahon iqtisodiyotini tahlil etishda sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda mavjud iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga tayanish lozim.
TMKIar faoliyati natijasida aksariyat mamlakatlar iqtisodiyoti o‘zaro birla- shib, xalqaro hududiy iqtisodiy birlashmalarni tashkil etmoqda.
Shuningdek, milliy iqtisodiyotlarning xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lishga intilishi kuchayib bormoqda va ushbu tashkilotlarga a’zolik ko‘plab iqtisodiy muammolarni ko‘ptomonlama kelishuvlar asosida hal etish imkonini beradi.
O’zbekiston 20 yillik o’tish davrida o’rta daromadli mamlakatlar guruhining quyi segmentidan joy olishga muvaffaq bo'ldi. Yangi bosqichda mamlakat taraq- qiyotining asosiy vazifasi 2030-yilga qadar o'rta daromadli mamlakatlar guruhining yuqori segmenti darajasiga erishishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari va farmonlari
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “To’g’ridan to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 11.04.2005-y. PF-3594-sonli Farmoni.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2007-2010-yillarda xususiy- lashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 20.07.2007-y. PQ-672-son- li Qarori.
Maxsus adabiyotlar:
Karimov.I.A “Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish.” – T.: “O’zbekiston”, 2013. – 64 b.
Karimov.I.A. 2014 yil yuqori o’sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o’zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo’ladi. – T.: “O’zbekiston”, 2014, - 64 b.
Xalqaro moliya institutlarining hisobotlari, statistik to‘plamlar:
''World Trade Organisation-2012'', published in 2012. Page-142.
Human Development Report 2014: Sustaining Human Progress: Reducing Vulnerabilities and Building Resilience. New York, 2014. p. 239.
Word Investment Report. 2004: Trend and Determinants. UNCTAD. New York and Geneva, 2004.
World Economic Outlook: Legacies, Clouds, Uncertainties. Washington (October). IMF, 2014. p. 242.
World Development Report 2014: Risk and Opportunity — Managing Risk for Development. Washington. 2014. p. 362.
O’zbekiston Respublikasi yillik statistik to’plami, 2013. – T.: “Xayot nashr” MCHJ, 2013.344 b.
Internet resurslari:
www.unctad.org.
www.oecd.org.
www.doc.gov
www.itd.org
www.opic.gov
www.unctad.org/fdistatistics
www.economist.com
www.economist.com
www.patent.uz/istoriya_uz
www.patent.uz/uzb/stasi
Do'stlaringiz bilan baham: |