O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurigadi
Ta’im sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Vaqt qadri
Tarixda mangu yashagan inson bo‘lmagan. Shuning uchun inson
yashashga intilishi kerak. Yashashga intilish bu vaqtni qadrlash, har bir
kunni iloji boricha mehnat va foydali ishlarga sarflashdan iborat. Vaqtni
yo‘qotish, vaqtni behuda o‘tkazish - dahshatlarning dahshatlisi bo‘lib, u
insoniyatga tabiiy ofatlar va epidemiyalardan ham kattaroq zarar
keltiradi. Hayotga endigina qadam qo‘yayotgan inson o‘zining tabiiy
tajribasizligi tufayli vaqtga e’tiborsiz munosabatda bo‘ladi. O‘zini
yaqindagina tug‘ilgan, hali oldinda oxiri ko‘rinmaydigan bepoyon hayot
yo‘li turgandek his qiladi. Quyidagi oddiy ma’lumot kamdan kam
odamning o‘y- xayoliga keladi.
Aytaylik, bir odam 70 yil, ya’ni 25567 kun yashaydi. Tarixga nazar
tashlasak, buyuk shaxslarning aksariyati buncha yil yashamaganlar.
Holbuki, bu tarix nuqtayi nazaridan juda kichik vaqt. Inson uchun
tabiatdan berilgan ana shu vaqtga uyqu, kasallik va dangasalik deb
ataluvchi uch dushman o‘z hukmini o‘tkazmoqchi bo‘ladi.
(126 so‘z)
Do'stlaringiz bilan baham: |