Nazorat uchun savollar:
1.MS DOS da operativ xotiraning taqsimlanishi qanday amalga oshiriladi?
2. Windows 95-98 operativ xotira taqsimlanishi
Foydalanish uchun adabiyotlar
A.V.Gordeyev, A.YU.Molchanov Sistemnoye programmnoye obespecheniye Uchebnik Piter, 2001g.
2. Shafrin YU. «Osnovo' kompyuternoy texnologii», M:1997g.
3. Simonovich i dr. «Spesialnaya informatika» M:, AST press, 1998.
Translyatorlar
Reja:
Translyator, kompilyator tushunchalari Interpretatorning vazifasi, translyatordan farqi Ekvivalentlik tushunchasi
Tayanch iboralar: translyator, ekvivalentlik, kompilyator, dasturiy ob'yekt, ob'yekt,
Translyator- bu kirish tilidagi programmani unga ekvivalent bo'lgan natijaviy chiqish tilidagi programmaga o'giruvchi programmadir. Translator- tarjimon ma'nosini anglatadi. Ta'rifda 3 marta programma so'zining ishlatilishi bejiz emas, chunki translyator ichida har doim 3 ta programma ishlatiladi. Birinchidan, translyator o'zi programma, u hisoblash sistemasini tizimli dasturiy ta'minoti tarkibiga kiradi. U mashina komandalari va axborot majmuidan tashkil topgan. Ikkinchidan translyator kiruvchi axborot sifatida kiruvchi programmaning matni, ya'ni qaysidir programmalash tilida yozilgan komandalar ketma-ketligi tushuniladi. Uchinchidan translyatorning chiquvchi axboroti bo'lib, natijaviy programma matni hisoblanadi. Chiquvchi programma translyatorning chiqish tili sintaksisi qoidalari asosida quriladi. Uning ma'nosi, esa chiqish tilining semantikasi bilan aniqlanadi. Translyator aniqlanishida asosiy talab bu kiruvchi va chiquvchi programmalarning ekvivalentligidir. Ekvivalentlik deganda kirish va chiqish tillarining semantikalari bir-biriga ma'no jihatidan mos kelishiga aytiladi. Bu talab bajarilmasa translyator hech qanday ma'noga ega emas. Agar kiruvchi programma sintaksis va semantika jihatidan to'g'ri yozilgan bo'lsa, translyatsiya tilining natijasi sifatida natijaviy programma hosil bo'ladi. Agar kiruvchi programma bitta bo'lsa, translyator ishining natijasi sifatida shu xato haqida axborot chiqadi (odatda shu xatoning qayerdaligini va qanday xatoligi haqida izoh ham chiqadi. Bularga odatda simvol fayllari kiradi. Bu fayl dasturiy matndan iboratdir, shuningdek, fayl kiritish-chiqarish tilini tanlashi zarur. Demak, translyator yaratish uchun avvalo kiritish-chiqarish tilini tanlash kerak. Kirtish tilini unga ekvivalent bo'lgan chiqarish tiliga aylantirishda translyator tarjimon sifatida ishtirok etadi. Masalan, S tilidan, Assembler tiliga translyasiya dasturi tarjimadan farqi yo'q. Translyator ishining natijasi samarali bo'lishi uchun boshlang'ich dastur matni to'g'ri bo'lishi kerak,ya'ni sintaksis-semantik jihatdan kiritish tili xatosiz yozilgan bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |