Nazorat savollari
Programmaning bajariluvchi modullari (EXE va COM turidagi fayllar) qanday hosil qilinadi?
Har doim ham bog’lanishlar tahriri bog’lovchi yuklagichga nisbatan samaralimi? Javobingizni asoslab bering.
Dinamik bog’lanish qaysi hollarda ma’qul hisoblanadi?
O’rab oluvchi yuklagich amali ShEHMda qanday bajariladi?
MS DOS va Windows operasion sistemalarida operativ xotiraning taqsimlanishi.
Reja: MS DOS, Windows operasion sistemalarining ishlash prinsipi, xotiraning taqsimlanishi,
Tayanch iboralar: strukturalashtirilmagan xotira, sahifaviy mexanizm, sahifa fayli, kichik xotira modeli, sistemaviy kutubxona.
MS DOS OSida operativ xotiraning taqsimlanishi
MS DOS operatsion tizimi, asosiy malumotlar, tarkibi. Îïåðàöèîí òèçèì þêëàãè÷è, IO.SYS fayli, COMMAND.COM, DOS ning tashqi komandalari, qurilmalar drayverlvri
MS DOS opertsion tizimi quyidagi qismlardan tashkil topgan:
1) kompyuterning doimiy xotira qurilmasiga o’chmaydigan qilib qo’yilgan kiritish-chiqarishning bazaviy tizimi (BIOS). Vazifasi-kiritish-chiqarish bilan boglik bo’lgan eng oddiy va operatsion tizimning universal xizmatlarini amalga oshiradi; BIOS tarkibida operatsion tizimni yuklovchisini chaqiruvchi dastur mavjud; BIOS kompyuterning faoliyatini tekshirib turuvchi test dasturiga ega bo’lib, u doimo kompyuter qurilmalari va xotira ishini nazorat qilib turadi.
2) Operatsio tizim yuklagichi kichkinagina dastur bo’lib, u diskdan xotiraga OT ning yana ikki modulini o’qiydi, shu bilsn DOS ni yuklash jarayoni tugallanadi. Vinchesterdagi OT ni yuklash ikki qismdan tashkil topgan. Yuklagichning birinchi qismi vinchesterning 1-nchi sektorida joylashgan bo’lib, vinchesterni qaysi bo’limidan boshlab yuklash kerakligini ko’rsatadi. Yuklagichning ikkinchi qismi ham vinchesterni 1-nchi sektorida joylashgan bo’lib, u xotiraga DOS modullarini ko’chiradi va boshqarishni ularga uzatadi.
3)IO. SYS nomli disk fayllari: (IBMBIO.COM PS DOS uchun yoki DR BIOS.SYS DR DOS uchun) va MS DOS.SYS (IBMDOS.COM PS DOS uchun yoki DR DOS.SYS DR DOS uchun). Bu fayllar xotiraga yuklatilib, u yrda doimo caqlanadi.
IO.SYS fayli DXK da saqlanadigan kiritish-chiqarishning bazaviy tizimi (KUBT)- BIOS ning to’ldiruvchisi hisoblanadi. MS DOS.SYS fayli DOS tizimining asosiy xizmat ko’rsatuvchi fayli hisoblanadi.
4) Foydalanuvchi tomonidan kiritiladigan komandalarni qayta ishlash uchun xizmat qiladigan DOS ning komanda protsesori. U COMMAND.COM faylini ichida bo’lib, protsessorni o’zi bajaradigan ichki komandalar uchun xizmat qiladi. Tashqi komandalar uchun protsessor boshqarishni komanda ismi bo’yicha uzatadi. Ish tamom bo’lgach, komanda protsessori xotiradan uzoqlashtiriladi va ishga tayyorlik to’grisidagi ma’lumot (DOS ning taklifi) chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |