Bog’lanishlar tahriri
Bog’lovchi yuklagich bog’lanishlarni o’rnatish, ko’chirish, kerak bo’lsa kutubxonadan avtomatik izlashlarni amalga oshirib, tayyor programmani bevosita operativ xotiraga yuklaydi.
Bog’lanishlar tahriri bog’lovchi yuklagichdan farqli ravishda tashqi bog’lanishlari hal qilingan programma variantlarini tayyorlab yuklanuvchi modul yoki bajariluvchi programmalarni yaratadi va ularni fayl ko’rinishida diskga yoki kutubxonalarga yozib qo’yadi. Bunday programmani yuklash uchun oddiy ko’chiruvchi yuklagichdan foydalanish mumkin. Yuklagichga barcha nisbiy adreslarga programma boshlang’ich adresini qo’shishi yetarli, ya’ni modifikatsiya qilinishi kerak bo’lgan barcha adreslar programma boshlang’ich adresiga nisbatan qiymat oladi va tashqi nomlar jadvaliga xojat qolmaydi.
Bog’lovchi yuklagich va bog’lanishlar tahriri o’rtasidagi farq quyidagi rasmda keltirilgan.
Bog’lanishlarni o’rnatishning shunday usuli borki, unda qismprogrammaga bog’lanish shu programmaga birinchi murojaat vaqtida amalga oshiriladi. Bunday bog’lanishga dinamik bog’lanish yoki dinamik yuklash deyiladi.
Yuklagich haqida gapirganda «Yuklagichning o’zi operativ xotiraga qanday yuklanadi?» savoli tug’ilishi mumkin. Agar yuklagich operatsion tizim tomonidan yuklanadi desak, operatsion tizimni nima yoki kim yuklaydi?
Bu savollarga javob variantlari quyidagicha: agar mashina xotirasi «bo’sh» deb hisoblasak, u holda ilk programmaning yuklanish adresi sifatida birorta o’zgarmas absolyut adresni olishimiz mumkin. Odatda bu programma sifatida OS bo’lib va u oldindan belgilangan joyni egallaydi. Demak, bizga bu ishni amalga oshirish uchun absolyut yuklagich kerak.
Yuklagichning ob’ekt kodini operativ xotiraga operator tomonidan «qo’lda» kiritilishi mumkin, boshqa usulda absolyut yuklagich operativ xotirada doimiy ravishda rezident sifatida saqlanadi (doimiy xotira qurilmasi-DXQ).
Ma’lum bir signallar kelganda «tizim starti» ishga tushadi. Bunda DXQ dan absolyut yuklagich operativ xotiraga o’qiladi va ishga tushadi, yoki DXQni o’zida bajariladi. Absolyut yuklagich vazifasi tashqi qurilmadan bitta yozuvni o’qib boshqaruvni unga berishdir. Bu yozuvda yuklash jarayonini amalga oshiruvchi buyruqlar bo’ladi. Agar bu buyruqlar bitta yozuvga sig’masa har bir yozuvda keyingi yozuvni yuklash buyrug’i bo’ladi va hakozo. Birinchi yuklanuvchi yozuvni odatda o’rab oluvchi yuklagich deyiladi Bunday yuklagichlar bo’sh mashinada ishlashi mo’ljallangan har bir ob’ekt programma boshlanishida bo’lishi kerak. Odatda bunday programmalar sifatida operatsion sistemaning boshlang’ich yukligich programmalari bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |