O’zbеkistоn rеspublikаsi



Download 110,64 Mb.
bet614/655
Sana31.12.2021
Hajmi110,64 Mb.
#276347
1   ...   610   611   612   613   614   615   616   617   ...   655
Bog'liq
ФАЛСАФА МАЖМУА-2019 янги охирги

ShVESIYa

Shvesiya poytaxti Stokgolmda o’lganlarning 90 foizini kuydirishadi (kremasiya), kuydirilgan jasad kullarining 45 foizini yaqin qarindoshlari so’rab olishmas ekan. Aksar holatlarda hyech qanday dafn marosimlari ham uyushtirilmaydi. Krematoriy xodimlari ham konkret kimning jasadini kuydirayotganidan ham xabarlari bo’lmaydi yoki kul solish uchun mo’ljallangan qutida qandaydir raqam bo’ladi, xolos. Iqtisodiy nuqtai nazardan, jasadlarni kuydirganda hosil bo’ladigan energiyadan shaharni isitish tizimida yoki o’zining shaxsiy uyini isitish uchun foydalaniladi.


2010 yili Stokgolmning Sodermalm rayonidagi tashkilot xodimlari bolalarga murojaat qilganda ishlatiladigan (jinslarni farq qiladigan) shvedcha «han» (bola) va «hon» (qiz) so’zlari o’rniga klassik tilda mavjud bo’lmagan, biroq gomoseksualar o’zaro ishlatadigan «hen» so’zini muomalaga kiritishdi. Shvesiya Jinsiy tenglik assosiasiyasi (RFSL) bergan ma’lumotlarga ko’ra, mazkur mamlakatda 40 mingdan oshiq bolalarning otalari gomoseksuallardan ekan.
1998 yili fotograf Elizabet Olson Iso Masih va havoriylarni gomoseksual qilib tasvirlagan suratlari Shvesiyada shov-shuvga sabab bo’lgandi. O’shanda ko’rgazma, tabiiyki, gomoseksuallar orasida katta shuhrat qozongandi. Ushbu ko’rgazma o’tkazilgan joylarning biri lyuteran cherkovi ham bo’ldi.
2003-2004 yillarda pastor Oka Grin o’z chiqishlarining birida gomoseksual aloqalarni qoralab, uni gunoh deb aytdi. “Jinsiy ozchilikni behurmat qilgani” uchun mahkama uni bir necha oy qamoqqa hukm qildi.
2009 yili ochiqchasiga lesbiyan bo’lgan Eva Brunne Stokgolm yeparxiyasining yepiskopi lavozimiga saylandi. G’arbiy Yevropaning yoshlar huquqini muhofaza qilish (yuvenal) tizimi oilani barbod va vayron etadigan jazolovchi idora bo’lib qoldi. Misol uchun, har yili Shvesiyada o’rtacha 12 mingta bola o’z ota-onasidan tortib olinadi. “Tarbiyada yo’l qo’yilgan xato”, “ota-onalarning aqliy nuqsoni borligi”, hattoki “oshirib yuborilgan vasiylik” ham bunga bahona bo’lishi mumkin. 1979 yildan boshlab bu yerda bolalarni jismoniy jazolash mutlaqo taqiqlangan. Ota-onalar o’z farzandlarini turtib qo’yishi, qulog’idan cho’zishi yoki ularga baland ohangda so’zlashi mumkin emas, aks holda buning uchun ham jazolanishi mumkin. Bolani jazolasangiz 10 yilga qamalib ketishingiz mumkin. Bog’cha yoshi davridan boshlab bolalar o’z huquqlari to’g’risida batafsil ma’lumot olishni boshlaydilar va ular huquqlarini buzsalar, o’zlari polisiyaga xabar berishlari zarurligini anglaydilar. Bunday huquqdan ularning ko’pchiligi mamnuniyat bilan foydalanmoqdalar. Bola va ota-ona manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlarda davlat hamisha bolaning yonini oladi.
DANIYa

Bechorahol daniyalik ayollarni abort qilishga majburlashadi, agar itoat qilishmasa, bor boshqa farzandini ham olib qo’yish bilan tahdid qilishadi: “Ijtimoiy soha hodimi menga aytishicha, agar qizim men bilan qolishini istasam, abort qilishga majbur ekanman”, dedi yosh bir ayol «Copenhagen Post» bilan bo’lgan intervyusida.


Ijtimoiy xizmat rahbari Peter Bryugge o’z qo’l ostida ishlaydigan xodimining tarafini olib, abort bilan “qo’rqitishga” uning haqqi bor dedi: “...agar ular yana bir farzand ko’rishni istasalar, oqibatini ham o’ylab ko’rishlari kerak bo’ladi”.
Daniyada istagan odam uchun o’z jinsiy fantaziyasini amalga oshirish uchun, “oddiy” fohishaxonalar bilan bir qatorda, otlar yoki boshqa hayvonlar vositasida shahvatlarini qondirish maskanlari xizmat qilib turibdi.
Bunga o’xshash xizmatlar Norvegiya, Olmoniya, Gollandiya va Shvesiya kabi mamlakatlarda ham keng tarqalgan. Qandaydir yomon bir narsa ro’y bermagunicha, ya’ni odamlar yoki hayvonlar bu narsalardan qandaydir jabr ko’rmagunlaricha, mazkur mamlakatlarning hukumatlari bunga o’xshash qabih xizmat turlarini taqiqlashni o’ylab ham ko’rmaydilar...

Buyuk Antoniy: “Shunday vaqtlar keladiki, odamlar aqllarini yeb qo’yishadi va, qachonki aqlini yeb qo’ymagan odamni uchratsalar, unga qarshi chiqishadi va unga “sen aqlingni yeb qo’yibsan”, deb aytishadi, chunki u ularga o’xshamagan bo’ladi”, degan edi.


Jahannam – bu muhabbat yo’q joydir. O’lgan qarindoshlarining jasadlarini kuydirish evaziga uylarini isitayotgan, ibodatxonalarini fohishaxonaga aylantirgan, shahvoniy buzuqliklarni qonuniylashtirayotgan va farzandlarini ota-onalaridan mahrum qilayotgan shahar va mamlakatlarni qanday nom bilan atasak bo’ladi?
Xudodan yuz o’girib, “boylik”, “shahvat” va “farovonlik” deb atalgan butlarga sig’inish va shu narsalarga murojaat qilish natijasida, G’arb jamiyati ma’naviy inqiroz botqog’iga g’arq bo’lmoqda.

ROSSIYa

Bugun Rossiyada ham G’arb uchun allaqachon odatiy hisoblangan aqlsizlikning turli xillari targ’ib qilinmoqda. Biroq, bu davlatda hali ham G’arbning shaytoniy amallariga qarshilik qiluvchilar topilib turibdi. Ya’ni, qandaydir qabih gunoh qonun tarafidan taqiqlanmagan bo’lsa ham, bu mamlakatda hali beri gunoh ish solihlik nomini olishga ulgurgani yo’q. Agar kimdir aynigan bo’lsa, u – yo josus, yo –sotqin, yo, bo’lmasa, o’tgan asrning 90-yillarida Finlyandiyaning qaysidir bir chekkasida sotib olgan “yashil ko’zoynagini” yechib qo’yishni unutgan nusxadir.

«Hayoning yo’qligi — shizofreniya alomatidir»

Bizning jamiyatda psixiatrik belgilar, aynan psixiatriya sohasiga taalluqli belgilar, moda etaloni sifatida targ’ib qilinmoqda, deb hisoblaydi Demografik xavfsizlik jamoatchilik instituti direktori Irina Medvedeva. 


Psixiatrik buzilishlar ahloqning o’zgarishiga, ahloqiy buzilishlar esa ruhiy deformasiyaga olib keladi. Irina Medvedevaning fikricha, ayni shu o’zgarishlar sababli, rossiyaliklarning sun’iy ravishda psixik zararlanishi sodir bo’lmoqda. Bu ba’zi hollarda “seksual uyg’otish” deb ham atalmoqda, taklif qilinayotgan narsa bir qarashda boshqacha bo’lib, uning “insonparvarlik” niqobi ostida umuman o’zga narsa va g’oyalar targ’ib qilinmoqda. 

E’tibor beradigan bo’lsangiz, hozir kiyinishda ham pala-partishlik: sochni yuvmay yurish, yirtiq kolgotka va djinsilar, paltolar yoki o’g’il bolalarning turli beo’xshov uzunlikdagi ko’ylaklari, ularning turli, ba’zida, noto’g’ri tugmalarga qadalishi ham urfga kirgan. Ammo, eng achinarlisi, psixiatrik kasalxonalarda kasallik varaqasida “bemor tartibliligi” degan punkt mavjud bo’lib, agar bemor unga muvofiq ko’rinishga ega bo’lmasa (pala-partish, tartibsiz kiyinsa), u juda og’ir psixik buzilish sifatida talqin qilinadi. “Yohud ko’plab jangari va triller filmlarning qahramonlarini oling – ular g’ayritabiiy kuchga ega kishilar bo’lib, o’z muammolarini yo’ldagi barcha jonli va jonsiz narsalarni qulatish va yo’q qilish orqali hal etadilar. Bunday holat psixiatriyada “gipoid shizofreniya” deb atalib, unda o’smirona patologik vaxshiylik qalbning patologik ahmoqligi bilan bog’lanib ketadi, ya’ni patologik xissiy befarqlik ro’y beradi”, – deb ta’kidlaydi Medvedeva.

Odamning yana bir boshqa sifati – haddan ortiq rasional ekanidir. Buni esa, bugungi kunda pragmatizm nomi bilan atashmoqda. Bu ham shizofreniya alomatidir. Ko’pincha, tor dunyoqarashga ega odam, shizofreniyaga chalingan insonni irrasional deb o’ylaydi. Aslida esa, unday emas. Shizofreniyaga chalingan odam haddan ortiq rasionaldir, biroq, shuning bilan birga, hissiz, beparvodir. Bugungi kun yangi moda mafkurachilari yoshlarni “kam hissiyot - ko’proq pragmatizm”, deya da’vat qiladilar. Biroq bu juda og’ir belgi hisoblanadi. Psixiatriya nuqtai nazaridan olib qaraganda, hayoning yo’qolishi nimani anglatadi? Irina Medvedevaning fikricha, “bu nafaqat vuayerizm (TV orqali o’zgalar yotog’ida nimalar sodir bo’layotganini namoyish etish) kabi turli behayoliklardan iborat turmush tarzini tiqishtirish, balki seksopatologik og’ishlarni ham keng targ’ib qilishdan iborat. Seksopatologiya esa psixopatologiyaning bir qismidir”. Ammo, hayo pardasining yirtilishidagi eng asosiy omil – bu yoshlarga xavfsiz jinsiy aloqalar haqida gapira turib, ularni jinsiy moyilligini qoniqtirishga undash va shu yo’l bilan sog’lom ruhiyat shakllanishi uchun eng muhim unsurlardan biri sanalgan oila-nikoh munosabatlar qadrini pasaytirish bo’lib qolmoqda. Agar mazkur qadriyatlar saqlanib qolinmasa, inson psixikasi turli xil o’ta og’riqli buzilishlarga duch kelishi turgan gap. Xususan, buning oqibatida butun jamiyat aqliy tanazzul – degradasiyaga yuz tutadi.


Download 110,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   610   611   612   613   614   615   616   617   ...   655




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish