O’zbеkistоn rеspublikаsi



Download 110,64 Mb.
bet640/655
Sana31.12.2021
Hajmi110,64 Mb.
#276347
1   ...   636   637   638   639   640   641   642   643   ...   655
Bog'liq
ФАЛСАФА МАЖМУА-2019 янги охирги

1. Sezgilar. Aytish mumiknki, mana shu 5 ta sezgi ilg’amagan narsani ong osti ilg’ash qobiliyatiga ega. Uzluksiz jarayonni tuyg’ular hotiraga uzluksiz yozadi. Ammo biz ularningg hammasini ajrata olmaymiz. Zero kamalakda millionlab, balki cheksiz miqdordagi rang bo’lishiga qaramay bizlar ulardan faqatgina 7 tasinigina ajrata olamiz xolos.

2. Kuzatish. Bu borada reklama va uning estetik tabiatini misol qilib ko’rsatish mumkin. Shuning uchun ham mahsulot reklamalari odamlar gavjum bo’ladigan joylar (bozorlar, ko’chalar va hokazo)ga o’rnatiladiki, bunda bevosita kuzatish muhim omilga aylanishi bejiz emas. Ayni paytda mahsulotga bo’lgan qiziqish reklamada ko’rsatilgan shaxsga ixlos tufayli ortadi.

3. Tashviqot. Ongosti tashviqotga tabiiy xolda eshitilmaydigan ovozlar orqali ta’sir qilishni kiritish mumkin. Supermarket, kafe-bar, bozor hamda ko’ngilochar maskanlarda qo’yiladigan musiqalarda ham haridorlarni chorlash maqsadi ko’zlanadi.

4. Yashirin kadr orqali ta’sir qilish. Insonning ong osti xislariga yashirin ta’sir qilish xususan 25-kadr ko’pchilik davlatlar tomonidan ta’qib ostiga olingan. Mutaxassislarning fikricha bu turdagi tashviqot har doim ham yaxshi yo’lda ishlatilavermasdan, aksar shum niyatli insonlarga qo’l kelishi mumkin. Misol uchun kino yoki seriallarda, “Agar bir insonga davomli ravishda “Qo’shningni o’ldir!” shaklidagi yashirin kadr bilan ta’sir qilinsa, u hyech ikkilanmasdan qotillikka qo’l urishi mumkin ekanligini tibbiyot psixologiyasi isbotlab berdi.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan 4 ta jihatga e’tiborsizlik bugungi kunda tashvishli va tahdidli hodisa sifatida e’tirof etilayotgan “ommaviy madaniyat”ni avj olishiga olib keladi. Bu borada Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarlarida “Tabiiyki “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo’ravonlik, individualizm, egosentrizm g’oyalarini tarqatish, kerak bo’lsa shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo’porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo’ymaydi”- degan purma’no hikmat bor.

Endi ikki og’iz so’z “ommaviy madaniyat” haqida. Uning kelib chiqishi, ta’siri, tahdidi borasida mazkur anjuman ishtirokchilarining barchasi habardor, desam yanglishmagan bo’laman. Lekin, bir narsaga g’oyatda tahdidli, u ham bo’lsa, ommaviy madaniyat insonni “qiyofasiz” oqimning bir qismiga aylantirib qo’yishidadir.

Bu illat aksariyat xollarda haqiqat, go’zallik, ezgulik singari muqaddas tushunchalarni umumiste’molchilik ehtiyoji bilan bog’lab, iste’mol va tovar sifatida haridorgir bo’lishiga qaratilgan maqsadni targ’ib qiladi. Bu esa pirovardida “bozor adabiyoti”, “bozor san’ati” degan ma’naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning “gullab-yashnashi” uchun imkon yaratadi. Bugun turli arzonbaho ishqiy yoki detektiv sarguzashtlarning bozori chaqqon. Didsiz, saviyasiz, “millati”ning tayini yo’q “badiiy” filmlar ham ko’payib ketgan. “Bozor san’ati” deganda, birinchi navbatda, anashunaqa filmlar va bayram sahnalarida qarsillatib aytiladigan yangroq ashulalar esga tushadi.

XXI asr ommaviy madaniyati zamonaviy qiyofada go’yo rivojlangan madaniy dunyoga integrasiyalashish niqoblari ostida namoyon bo’lmoqda. Bu niqoblar ostidagi salbiy xolatlar va ular shakllantirish mumkin bo’lgan illatlar bilan umuminsoniy qadriyatlar orasidagi keskin tafovutni anglay bilish zamon talabidir. Ommaviy madaniyat eng avvalo, milliy axloqqa zarba berib, jamiyatning g’oyaviy tizimini izdan chiqarishi bilan hatarli ekanligini ham to’g’ri tushunish kerak. Bu havf-xatarga qarshi qatiy tura oladigan shaxsni shakllantirishda tarbiyaning barcha ko’rinishlarini uyg’un xolda olib borish shart. Estetik tarbiya aynan shu maqsad yo’lida yosh avlodni milliylikka zid bo’lmagan estetik ideal timsolida, yuksak didli qilib tarbiyalash bilan dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda.

Xo’sh “ommaviy madaniyat”ning illat sifatida qanday namoyon bo’lishi mumkin?



  1. “Ommaviy madaniyat” namoyondalarining amallari o’zlari uchun har taraflama manfaatdorlikka asoslangan: ular “noyob san’at” namunalari-g’oyalarini nafaqat targ’ib qiladi, balki pullaydi ham.

  2. Faqat bugunni, yana ham aniqrog’i hozirni ko’radi va tan oladi.

  3. Umuminsoniy madaniyatni bo’ysindirish va o’z ta’sir doirasiga tortish kabi tuban maqsadlarni amalga oshirishga harakat qiladi.

  4. U odamzodning fikrlashiga tish-tirnog’i bilan qarshi. Andozalashgan axborot-u mahsulotlar qurshovida qolgan odamlarning o’zi ham bora-bora bir o’lchamga tushadi: hammaning yurish-turishi, o’y-kechinmasi, fikrlash tarzi, bari bir xil.

  5. Shaxsning ijtimoiylashuviga imkon bermaydi. U voqyea jarayonlarga loqayd, befarq avlodni shakllantiradi.

6. “Ommaviy madaniyat” o’z navbatida mafkuraviy, informasion, iqtisodiy qadriyatlardan foydalangan xolda “ma’rifatparast”lik g’oyalari asosida o’ziga xos muomala va muloqot madaniyatini ham targ’ib qiladi. Buni biz bugungi kunda yoshlar orasida ko’rishishdagi “boshni boshqa suqishtirish”, imo-ishora, o’zaro muloqotning “kurakda turmaydigan so’zlar”ga tayanilishi orqali ko’rib guvohi bo’lmoqdamiz.

Ommaviy madaniyat xoh G’arb hox Sharq bo’lsin uning ma’naviy hayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. U yildan yilga inson shaxsiga, uning estetik tafakkuriga juda katta kuch bilan daxl qiluvchi hodisaga aylanib bormoqda. Bu ayniqsa, estetik tarbiyaning eng muhim vositasi bo’lgan san’at orqali jamoatchilikka ta’sir etmoqda. Bu hodisa san’atda behayo filmlar, shahvoniy romanlar, tuturuqsiz musiqalar ko’rinishida namoyon bo’lib, ularning asosida fahsh, zo’ravonlik, shafqatsizlik hamda zo’ravonlik kabi axloqiy illatlar yotishini bugungi kunda jamiyatimizning ziyoli qatlami tushunib yetmoqda.

Bu borada XX-asrning 70 yillarida amerikalik bir qator sosiologlar, faylasuflar, san’atshunoslar “ommaviy madaniyat”ning ijtimoiy taraqqiyotga, ayniqsa umumadaniy jarayonlarga ta’siri haqida bir qator tadqiqotlarni olib borgan edilar. Xususan, sosiolog Ch.Reych o’zining “Gullayotgan Amerika” kitobida “Isyonkor yoshlar o’zlarining shaxsiy “madaniyat”larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning asosini kiyim, musiqa va narkotiklar tashkil etmoqda. Yosh “isyonkorlar” madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot bilan bog’liq falsafiy, axloqiy, estetik ahamiyatidan hamda muomala va muloqot madaniyatidan yuz o’girgan xolda o’zlariga mos qadriyatlarni yaratmoqdalar va ularni himoya qilmoqdalar. Bu kabi “yangi odam” uchun mazkur qadriyatning asosi – bu o’zini mavjud tizimdan tashqarida xis qilishga bo’lgan layoqatidir.”-, degan fikrni bayon etgan edi.

FALSAFA” FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI




  • Falsafa ilmi, uning predmeti va asosiy muammolari.

  • Dunyoqarash tushunchasi, uning tarixiy shakllari.

  • Falsafiy dunyoqarashning o’ziga xos xususiyati.

  • Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni.

  • Mifologik va diniy dunyoqarashning genezisi.

  • Falsafaning fanlar tizimidagi o’rni va asosiy funksiyalari.

  • Borliq muammosi va uning falsafiy tahlili.

  • Substansiya tushunchasi. Substansiya muammosini hal etishda yuzaga kelgan falsafiy oqimlar.

  • Tabiatning falsafiy talqini. Biosfera va noosfera tushunchalari.

  • Materiya tushunchasi. Uning xususiyatlari va namoyon bo’lish shakllari.

  • Harakat tushunchasining falsafiy talqini.

  • Harakat va turg’un masalasi.

  • Notirik tabiatdagi harakat shakllari.

  • Tirik tabiatdagi harakat shakllari.

  • Ijtimoiy harakat tushunchasi.

  • Fazo tushunchasining falsafiy mazmuni.

  • Vaqt tushunchasining falsafiy mazmuni.

  • Moddiy borliq va uning shakllari.

  • Ma’naviy borliqning o’ziga xosligi va uning shakllari.

  • Qadimgi Hindistonda falsafiy qarashlarning paydo bo’lishi.

  • Qadimgi Xitoyda falsafiy qarashlarning yuzaga kelishi.

  • Markaziy Osiyoda ilk falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi.

  • Qadimgi yunon falsafasida sodda materialistik qarashlar.

  • Demokritning atomistik ta’limoti.

  • Geraklit falsafasida sodda dialektik qarashlarning ifodalanishi.

  • Falsafada qonun va qonuniyat tushunchasi.

  • Qonunlarning xilma-xilligi va ularni tasniflash tamoyili.

  • Qarama-qarshilik birligi qonuni haqida.

  • Miqdor o’zgarishidan sifat o’zgarishiga o’tish qonunining mohiyati.

  • Inkorni-inkor qonuni. Taraqqiyotda vorislik masalasi.

  • Kategoriyalar borliqning alohida o’ziga xos tushunchalari sifatida.

  • Mohiyat va hodisa, zarurat va tasodif kategoriyalari.

  • Mazmun va shakl, imkoniyat va voqyelik kategoriyasining mohiyati.

  • Struktura, element va sistema kategoriyalari o’rtasidagi o’zaro munosabat.

  • Alohidalik, umumiylik va yakkalik kategoriyasining mazmuni.

  • Dialektika-metod, ta’limot va taraqqiyot.

  • O’zgarish, taraqqiyot, o’zaro aloqadorlik tushunchalari.

  • Tasavvuf falsafasida moddiy va ma’naviy borliq munosabatlari.

  • Mutakallimlar va mutazaliylarning borliq, uning mavjudlik shakllari va rivojlanish qonuniyatlari haqidagi ta’limotlari.

  • Xorazmiy, Farg’oniy, Forobiy, Beruniy va Ibn Sino falsafasidagi tabiiy-ilmiy qarashlar mohiyati.

  • Nominalizm falsafasining muhim xususiyati. ( Ioann Rasselin, Uilyam Okkam ta’limoti)

  • Realizm falsafasi. (Ioann erugen Skot va F.Akvinskiyning qarashlari)

  • Nemis klassik falsafasida borliq va uning mavjudlik shakllari.

  • In’ikos va notirik tabiatdagi in’ikos.

  • Biologik va psixik in’ikosning o’ziga xosligi.

Fanbo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan.

Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, misol va masalalar yechadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan topshiriqlarni bajaradi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.

Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’larini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas.

Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi uqituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.


TESTLAR

1.Sezgi a’zolari orqali olingan bilim qanday bilim hisoblanadi?

A. Hissiy

B. Aqliy


V. Tanstsendental

G. Irratsional

2.Bilish jarayonini, inson ongini o’tmish va kelajak bilan bog’lovchi, egallangan bilimlarni saqlovchi hodisa nima deyiladi?

A. Xotira

B. Tasavvur

V. Xayol


G. Idrok

3.Qachonlardir insonning sezgi a’zolariga ta’sir ko’rsatgan va keyinchalik miyada saqlanib qolgan aloqalar bo’yicha gavdalanadigan narsalarning obrazlari bu - ...

A. Tasavvur

B. Xotira

V. Xayol

G. Idrok


4.Yempirik bilim qaysi metodlar yordamida shakllanadi?

A. Kuzatish va eksperiment

B. Mavhumlashtirish va kuzatish

V. Anketa va so’rovnoma

G. Eksperiment va bayonnoma

5.Ilmiy dalilning ikki muhim xossasi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

A. Ishonchlilik va bir variantlilik

B. Ishonchlilik va invariantlilik

V. Isbotlanganlik va betakrorlik

G. Tasdiqlanganlik va bir variantlilik

6. Haqiqat – mulohazalar va amaldagi holat o’rtasidagi muvofiqlikdir, deya haqiqatga ta’rif bergan faylasuf kim?

A. Aristotel’

B. Platon

V. Suqrot

G. Demokrit


  1. Haqaqatni tushunishda intuitivizmga asos solgan faylasuf kim?

A. Shopengauyer

B. Kant


V. Fixte

G. Nitsshe



  1. Haqiqatning qanday shakliga shunday ta’rif beriladi: ...-bilimlarimizning inson insoniyatga bog’liq bo’lmagan mazmuni.?

A. Obyektiv haqiqat

B. Subyektiv haqiqat

V. Mutloq haqiqat

G. Nisbiy haqiqat



  1. Predmetni kelajakda to’ldirilishi yoki unga aniqlik kiritilishi mumkin bo’lmagan tarzda to’la, mukammal bilishi bu - ...

A. Mutlaq haqiqatdir

B. Nisbiy haqiqatdir

V. Obyektiv haqiqatdir

G. Subyektiv haqiqatdir

10. Borliqni asosan to’g’ri aks ettirsa-da, obraz obyektga uncha mos emasligi bilan ajralib turadigan bilim, bu - ...

A. Nisbiy haqiqat

B. Obyektiv haqiqat

V. Subyektiv haqiqat

G. Mutlaq haqiqat

11. Axborotning muhim xususiyatlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

A. Obyektivlik, moddiylashtirish va uzatish imkoniyatining mavjudligi

B. Obyektivlik, xolislik, bir ma’nolilik

V. Moddiylashtirish va uzatish imkoniyatining mavjudligi

G. Uzatish imkoniyatining mavjudligini va yangi bilim sifatinini aniqlash imkoniyati

12. Informativlik va uning imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga asos bo’luvchi holatni aniqlang?

A. Fanning integratsiyalashuvi

B. Globallashuv

V. Fan taraqqiyotining yangi bosqichi

G.Ijtimoiy hayot darajasining oshishi bilan

13. Moddiy jismlarda qayd etilgan va belgilar tizimida ifodalanib, subyektlararo jarayonga qo’shilib idrok etiluvchi va olimning bilim darajasini o’zgartiruvchi axborot qanday axborot deyiladi?

A. Ijtimoiy axborot

B. Ilmiy axborot

V. Subyektiv axborot

G. Ommaviy axborot

14. Yangi axborot yaratish borasidagi faoliyat nima deyiladi?

A. Eksteriorizatsiya

B. Interiorizatsiya

V. Globallashuv

G. Informativlik

15. Ilmiy bilish jarayonida olingan, tushunchalar, mulohazalar, xulosalar, nazariyalar va gipotezalar tizimida qayd etilgan, ijtimoiy ahamiyatga molik va mantiqiy jihatdan (shaklan) umumiylashtirilgan axborot, bu-...

A. Ilmiy axborot

B. Ijtimoiy axborot

V. Subyektiv axborot

G. Ommaviy axborot

16.Tushunish va tushuntirish muammolarini o’rganuvchi falsafiy ta’limot, bu - ...

A. Germenevtika

B. Dialektika

V. Pragmatizm

G. Lingvistika

17. M. Xaydeggerning germenevtik qarashlari tushunishning qanday xususiyatini ochib beradi?

A. Ontologik

B. Gnoseologik

V. Ekzistentsial

G. Epistemologik

18.Germenevtikaga oid mashhur “Haqiqat va metod” asari muallifi kim?

A. X.G. Gadamer

B. M. Xaydegger

V. F. Sossyur

G. L. Vitgenshteyn

19. Germenevtikada asosiy tadqiqot obyekti sifatida nima e’tirof etiladi?

A. Matn

B. So’z


V. Faoliyat

G. Ijtimoiy hodisalar

20. Badiiy ijodni tushunishni chuqur tahlil etgan mashhur rus faylasufini toping?

A. M.Baxtin

B. V.Solovyev

V. V.Kuznetsov

G. A.Chumakov

21. Quyidagi so’zlar muallifi kim: «Inson o’zini dunyodan oldinroq va ko’proq biladi, ayni shu sababli u dunyoni o’zidan keyin va o’zi orqali anglab yetadi...”?

A. N.A.Berdyayev

B. V.Solovyev

V. V.Kuznetsov

G. A.Chumakov

22.«Inson-mashina» asarining muallifi kim?

A. J.Lametri

B. Dj.Berkli

V. Dj.Bruno

G. B.Spinoza

23. Insonning paydo bo’lishi haqidagi evolyutsion kontseptsiya asoschisi kim?

A. Ch.Darvin

B. K.Linney

V. Ch.Pirs

G. A.Yeynshteyn

24.Insonni o’rganishning introvertiv yondashuvi vakillari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?

A. M.Sheler, A.Gelen, K.Lorents

B. N.A.Berdyayev, A.Gelen, K.Lorents

V. S.L.Frank, L. P.Karsavin, S.N.Bulgakov

G. N.O.Losskiy, L. P.Karsavin, S.N.Bulgakov

25.Falsafa tarixida inson haqidagi qarashlarni «antropologik materializm» sifatida baholangan faylasuf kim?

A. L.Feyerbax

B. I.Kant

V. V.Gegel’

G. F.Nitsshe

26.Inson faoliyatini o’rganishga bag’ishlangan falsafiy ta’limot qanday nomlanadi?

A. Praksiologiya

B. Aksiologiya

V. Fenomenologiya

G. Tonatologiya


  1. Insonni faoliyatga undovchi sabablarni toping?

A. Ehtiyojlar

B. Maqsadlar

V. Orzular

G. Xayollar



  1. Faoliyatning eng muhim atributlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

A. Moddiylik va subyektlilik

B. Moddiylik va ma’naviylik

V. Subyektlilik va doimiylik

G. Cheklilik va muayyanlik

29.Quyidagi fikr muallifni toping: “Amaliyot o’zgartirilgan tabiat predmetlarini insonning ko’zgudagi aksiga o’xshaydi, degan edi”?

A. I.Fixte

B. G.Leybnits

V. B.Spinoza

G. I.Kant

30.Inson faoliyatini boshqa tirik mavjudotlar faoliyatinidan farqlovchi muhim xususiyatlar nima?

A. Onglilik va maqsadga muvofiqlik

B. Oqilonalik va irratsionallik

V. Maqsadga muvofiqlik va hissiylik

G. Iroda va tassavur qilish imkonining borligi

31. Globalistika mustaqil ilmiy yo’nalish va ijtimoiy amaliyot jabhasi sifatida nechanchi yillardan shakllana boshladi?

A. 1960-yillarning oxirlaridan

B. 1950-yillarning oxirlaridan

V. 1970-yillarning oxirlaridan

G. 1980-yillarning oxirlaridan

32.Globallashuvning vujudga kelishiga asos bo’lgan yirik sabablarni toping?

A. Hayotning barcha sohasidagi integratsiyalashuv

B. Fan va texnika kashfiyotlari

V. Falsafada yangi ta’limotlarning vujudga kelishi

G. Odam sonining keskin o’sishi

33.Ikkinchi jahon urushidan so’ng yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy holat bugungi kunda global muammolarni bartaraf qiluvchi qaysi asosiy hamkorlikning vujudga kelishiga sabab bo’ldi?

A. BMT


B. YuNESKO

V. YeHHT


G. MDH

34.Hozirgi zamonda jahon fuqarosi deb hisoblovchi odamlarning paydo bo’lishiga nima sabab bo’ldi?

A. Serqirra globallashuv

B. Ekologik globallashuv

V. Siyosiy globallashuv

G. Madaniy globallashuv



Download 110,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   636   637   638   639   640   641   642   643   ...   655




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish