Sport – estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e’tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog’lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Hozirda yurtimizda sportni rivojlantirishga doir ko’plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular jamiyat munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar. Keyingi kunlarda O’bekiston ko’plab sport turlari bo’yicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o’tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatida ko’zga ko’rinib bormoqda. Ana shularning barchasi muayyan ma’noda inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog’lomlashtirishiga qaratilgan. Bir so’z bilan aytganda, sport estetik tarbiyaning muhim vositasi sifatida «Farzandlari sog’lom yurtning kelajagi porloq bo’ladi» - degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo’shadi.
Bugungi kunda milliy g’oya va milliy mafkura hayotiy ehtiyoj darajasiga ko’tarildi. Shunday ekan, har bir inson jamiyatda o’z o’rnini bilishi, o’zini jamiyatning ajralmas qismi deb his qilishi lozim. Endilikda mafkura dunyosida paydo bo’ladigan bo’shliq pirovardida jamiyat, inson va mamlakat uchun naqadar katta xavf solishini anglamoqdamiz. Tarbiyaning estetik shakli esa mazkur jarayonlarda yosh avlodni go’zallik haqidagi tuyg’ularini, tabiatga bo’lgan munosabatini, badiiy adabiyotga qiziqishini, jamiyat ma’naviy rivojidagi yangicha qarashlarni go’zallik va ulug’vorlik asosida tarbiyalashdek dolzarb vazifani amalga oshirishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Estetik tarbiya juda keng ko’lamga ega bo’lib, insonni bir butun shaxs sifatida namoyon qiladi. Shuning uchun har qaysi davr, tuzum, jamiyat estetik tarbiyaga ehtiyoj sezadi. Biroq, bu jarayon pedagoglar zimmasiga juda katta vazifa yuklaydi. Ayniqsa, bugungi kunda oliy ta’lim muassasasida katta ehtiyojga aylanmoqda. Biroq, ko’pgina oliy ta’lim muassasalarida bu fanga nihoyatda jo’n va primitiv yondoshuv mavjudligini alohida e’tirof etish zurur. Fanning maqsadini noto’g’ri tushunish mavjud.
Estetik tarbiya ma’naviy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida inson ma’naviy va jismoniy olamining uyg’un tarzda rivojlanishiga ulkan xissa qo’shadi. Estetik tarbiyada insonning tashqi ko’rinishi, uning jamoat orasida o’zini tutishi, jismoniy baquvvat bo’lishi ham katta ahamiyatga ega. Shubhasiz, yuksak did ma’lum darajada kishining estetik tarbiya ko’rganidan dalolat beradi.
Xulosa qilib aytganda, ma’naviyatni yuksaltirishda estetik tarbiyaning zaruriyatini quyidagicha izoxlash mumkin.
globallashuv jarayonida inson tabiatida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni optimallashtiradi;
ma’naviy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida mavjud tahdidlarga qarshi inson go’zalligini har tomonlama uyg’un rivojlanishini ta’minlaydi;
estetik tarbiyaning asosida insonning hayotga bo’lgan ijodiy munosabati yotadi, bu ijodiylik fetish estetikaning avj olishiga monelik qiladi;
insonning estetik didini tarbiyalash orqali uning g’ayriestetik jarayonlarga munosabati shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |