Nazorat sаvоllаr:
Mаhsulоtning sifаtigа izоh bеring.
Sifаt ko‘rsаtkichlаri dеgаndа nimаni tushunаsiz?
Sаnоаt mаhsulоti qаndаy tаsniflаnаdi?
Mаhsulоt sifаtini bаhоlаshdа qаndаy usullаrdаn fоydаlаnilаdi?
Mаhsulоt sifаtini bоshqаrishdа dеgаndа nimаni tushunаsiz?
2-amaliy mashg`ulot
MAHSULOT SIFATI VA SIFATNI BOSHQARISH SISTEMASI
Reja
1. Mahsulot sifati va sifatni boshqarish tushunchasi.
2. Mahsulot sifati ko’rsatkichlarining turlari. 4
Tаyanch ibоrаlаri: mahsulot sifatni boshqarish sifati tannarx, grafik, yaroqlilik, tovar, xizmatlar sifati, funksiya
1. Mahsulot sifati va sifatni boshqarish tushunchasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish korxonalari oldida turgan eng asosiy vazifa-raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishdir. SHuning uchun ham mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash bugungi kunning muhim masalalaridan hisoblanadi. Mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash strategik muammo bo’lib, mamlakatimiz iqtisodiyotining stabillashuvi bu muammolarning hal etishiga bog’liqdir. Sifatni yaxshilash jarayoni mahsulotni sotish yoki xizmatlar ko’rsatishda faqatgina ko’proq foyda olish uchungina emas, balki jamiyat uchun, uning ravnaqi uchun ham zarurdir.
Ma’lum foydalilikka ega bo’lib, sotilish bahosi bilan tannarx o’rta-sidagi farqga ega bo’lgan tovarlar albatta sotilishi kerak. Tovarlarni sotib olar ekanmiz, biz ularni faqatgina zarur bo’lgani uchungina emas, balki bizga yoqqani uchun ham haqini to’laymiz. Bunda tovarlarning tashqi ko’rinishi, foydalanishning qulayligi, xizmat ko’rsatish muddati, texnikaviy tavsifi, kafolatli xizmat ko’rsatish shartlari kabilar ularning bahosini belgilashda muhim omil hisoblanib, xaridor tovarni “ma’lum ehtiyojlarni qondiradi”, degan umid bilan sotib oladi. SHunday qilib tovarni sotilishining muhim shartlari-xaridorning uning kafolatlangan sifatiga ishonch va bahosidir.
Mahsulot sifati deb, mana shu mahsulotga nisbatan qo’yilgan xalq ehtiyoji talablarini qondirilish darajasi, ularning xossa xususiyatlari, tashqi ko’rinishi, ishlatilishining qulayligiga aytiladi.
Sifatni shakllantiruvchi elementlar sifat ko’rsatkichlari deyiladi va turlicha usullar yordamida aniqlanadi.
Mahsulotning texnikaviy tavsifi orqali aniqlanuvchi tovarlar yaroq-liligining asosiy elementlari konstruktsiya sifati deyiladi. Konstruktsiya sifatini takomilashtirilishi bilan uning qiymati ham ortadi.
2.1-rasmda konstruktsiya sifatining uning bahosi va tannarxiga bog’liqligi ko’rsatilgan. Grafikning tannarx va baho egri chiziqlarining kesishuv nuqtalari Q1 va Q2 bilan ajratilgan qismi rentabellikni ifodalaydi. Baho va tannarx egri chiziqlari orasidagi eng katta masofani belgilovchi Q0 nuqtasi eng yuqori foydani ta’minlovchi konstruktsiya sifatini ifodalaydi.
2.1.-rasm. Konstruktsiya sifati.
Raqobatlashuvchi mahsulotlar mavjud bo’lgan sharoitda korxona mahsulotini realizatsiya qilishda iqtisodiy strategiya va taktikaning turli variantlaridan eng muqbilini tanlashi kerak. Bunda sarf-harajatlar ortiqroq bo’lsada yuqori sifatni ta’minlovchi Q3 konstruktsiya sifatida yoki tannarxning pasaytirilishiga asoslangan Q4 konstruktsiya sifatida to’xtash mumkin.
Amaliyotda mahsulotning texnik tavsifida va konstruktorlik hujjatlarida ko’rsatilgan sifat ko’rsatkichlari shakllantirilar ekan, ularning har doim ham sifat ko’rsatkichlari bo’yicha aniq mos kelmasliklarini ko’rish mumkin.
Ishlab chiqarilgan mahsulot sifat ko’rsatkichlarining konstruktorlik hujjatlarida keltirilgan sifat normalariga mos kelishi darajasi texnik jihatdan sifatga mos kelishi darajasi deyiladi.
Odatda, ishlab chiqarishdagi sarf-harajatlarning umumiy miqdori asosiy ishlab chiqarish sarf-harajatlari hamda nazoratga va yaroqsiz, defekt mahsulotlarni ishlab chiqarishga ketgan harajatlardan iborat bo’ladi. Nazorat qanchalik aniq, asosli o’tkazilsa, defekt mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga yo’qotishlar shunchalik qisqaradi, nazorat sarf-harajatlari ortadi. Nazorat sarf-harajatlarini oshirmagan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning texnik shartlarga mos kelishi darajasini oshirish maqsadga muvofiqdir.
2.2.-rasm. Boshqaruv tsikli
YUqorida aytilganlardan shuni xulosa qilish mumkinki, texnikaviy nazoratni amalga oshirish bilan bir qatorda sifatni boshqarishning boshqa uslublarini ham yoddan chiqarmaslik kerak. Boshqaruv o’zi nima? Boshqaruv - korxona sharoitida aylanma tsiklda amalga oshuvchi “rejalashtirish-amalga oshirish-nazorat-boshqaruv” jarayonlarining yig’indisidir. 2.2-rasmda boshqaruv tsikli keltirilgan.
Boshqacha aytganda boshqaruvning bu tsikli korxonada sifatni boshqarishning asosi hisoblanadi.
Rejalashtirish funktsiyasi loyihalashtirish bosqichida korxona rahbariyati tomonidan bozordagi talab-taklifni, kapital sarf-harajatlarining samaradorlik koeffitsentini, korxonaning texnik darajasini, nazoratning samaradorligini hisobga olgan holda amalga oshirilib, mahsulotning sifati darajasini aniqlashni nazarda tutadi.
Konstruktsiya sifatini belgilovchi mahsulotning tashqi ko’rinishi, ishlatishning qulayligi, uzoqqa chidamliligi, xavfsizligi kabi xususiyatlarning miqdoriy qiymatlari chizmalar, texnik shartlar va boshqa texnikaviy hujjatlar ko’rinishida ifodalanadi.
2.3-rasm. Korxonada sifatni boshqarish
Amalga oshirish funktsiyasi konstruktsiyaning loyihalashtirilgan sifatini tayyor mahsulotda mujassamlashuvini bildiradi. U texnologik jarayonlarni loyihalashtirish, qo’llanadigan dastgohlar, mashinalar, instrumentlar turini, shuningdek ishni bajarish va nazorat qilish uslublarini aniqlashni o’z ichiga oladi. Ushbu bosqichdagi asosiy maqsad-mahsulotning texnik shartlarga javob berish darajasini saqlash va imkoni boricha bu ko’rsatkichlarni yaxshilashdir.
Nazorat funktsiyasi mahsulot ishlab chiqarish bosqichidagina emas, uni realizatsiya qilish bosqichida ham amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, mahsulotning yaroqliligi uni sotilishi bilan tasdiqlanadi.
Boshqaruvning ta’siri funktsiyasi mahsulotni realizatsiya qilish chora-tadbirlarini belgilash, agar sotilgan tovar sifat shartlariga javob bermasa unga qayta ishlov berishni tashkil etishni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari u bozorda sotilgan mahsulotlar to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash, sifatini yaxshilash imkoniyatlarini aniqlash, ishlab chiqarish jarayoniga kerakli o’zgartirishlarni kiritish maqsadida iste’molchining mahsulot sifati to’g’risidagi fikr-mulohazalarini o’rganish funktsiyalarini ham bajaradi. Sotilgan mahsulot to’g’risidagi har qanday ma’lumot uning kelgusi davr uchun rejalashtirilishida muhim ahamiyatga egadir. Shunday qilib, korxonani boshqarish va mahsulotni sotishni tashkil etish faqatgina mahsulotni sotish vazifasi bilan cheklanib qolmay, balki bozor ma’lumotlarini to’plab, ularni mahsulotni rejalashtirish bosqichida qo’llashlari kerak [9].
YUqorida sanab o’tilgan rejalashtirish - amalga oshirish – nazorat -boshqaruvning ta’siri funktsiyalarini aniq boshqarish uchun korxonaning barcha bo’limlari boshqaruv va nazoratning texnikasini, maxsus texnologiyani, shuningdek statistik uslublarni qo’llab, mahsulot sifatining muhim ahamiyatini his etgan holda ma’suliyat bilan o’z vazifalarini bajarishlari lozim.
SHunday qilib, korxonada sifatni boshqarish – bu “iste’molchilarning ehtiyojini qondiradigan, etarlicha yuqori darajadagi foydalilikka ega bo’lgan tovarlarni loyihalashtirish, tayyorlash va sotishni ta’minlovchi boshqaruv faoliyati turidir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |