SHaxsning hayot tarzi-maqsadga muvofiq shakllangan qiziqishlar, faoliyat turlari va hayot yo’llari tizimi.
SHaxsning o’z-o’zini rivojlantirishi-bu insonning o’z hayotiy faoliyatining sub’ektiga aylanishidir. Sub’ektlik-insonning hayotdagi faol, mustaqil holati va maqomi. U inson tug’ilishidanoq unga xos bo’lib, uning ilk psixologik namoyon bo’lishi bolaning jonlanishi hisoblanadi. YOsh o’tgan sari u o’z shakllarini o’zgartiradi-insonda axloqiy, estetik, ijtimoiy va psixologik qo’zg’atuvchi sabablar paydo bo’ladi. Inson o’z-o’zini anglash, muomala va faoliyat sub’ektiga aylanadi. Bu faollik ham shaklan ham mazmunan o’zgaradi. Inson qanchalik yoshi o’tsa u shunchalik ko’proq o’z-o’zini rivojlantirish sub’ekti bo’ladi.
Xayriya-alohida shaxslar yoki tashkilotlar tomonidan kam ta’minlangan oilalar, muhtojlarga ko’rsatiladigan yordam.
Do'stlaringiz bilan baham: |