Ma’lumot - u ikki ma’noda ishlatilib, ikkisi xam pedagogikaga tegishli. 1. Xabar – o‘qish jarayonini amalga oshiruvchi vosita. Bilimli kishining unga talabgor bo‘lganlarga bilim berishi, yetkazishi. Ma’lum qilish deb, til va ko‘rgazmalar yordamida uni boshqalarga bildirishdir. 2. Bilim darajasi. O‘qish, bilish, ya’ni borliqdagi obyektiv mavjud qonuniyatlarni his qilish natijasida olingan bilimlar yig‘indisi – past ma’lumotli, o‘rta va yuqori ma’lumotli va hokazo.
Ma’naviyat – bu shaxsning egallagan foydali bilimlari (bilim turidan qat’iy nazar) uning hayotida bir necha bor takrorlanishi natijasida ko‘nikma va malaka bosqichlaridan o‘tib, ruhiga singib, uning hayot tarziga aylanib ketgan ijobiy ijtimoiy sifatlaridir.
Ma’ruza – bilimni so‘z bilan ifodalash uslublaridan biri sifatida beriladigan bilimlarni og‘zaki bayon qilishni ko‘zda tutib, o‘z hajmining kattaligi, mantiqiy qurilishi, obrazli isbotlash va umumlashtirishning murakkabligi bilan hikoyadan ajralib turadi.
Menejer — korxona, muassasa, tashkilotni zamonaviy usullar asosida boshqaruhchi mutaxassis.
Menejment — korxona, muassasa, tashkilotlar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida qo’llaniladigan boshqarish, ya’ni xodimlar va ishchilar mehnatini tashkil qilish tamoyillari, usullari, vositalari, shakllari.
Metod– iborasi (yunoncha-methodas-tadqiqot yoki bilish yo‘li, nazariya, ta’limot ma’nosini anglatib) voqelikni bilish, o‘zlashtirish, o‘zgartirish usullari majmuasidir. Metod aslida insonning amaliy faoliyati negizida vujudga kelgan. Metod – pedagogik jarayon elementi sifatida mazmun maqsadlarga maksimal mos kelishi kerak, ana shunda – tarbiya, o‘qish, o‘rganish amalga oshadi. Metodning asosiy vazifasi – qobiliyatni rivojlantirish. Kasbiy faoliyatda metodning asosiy ko‘rsatkichi – uning kasbiy faoliyat vositalariga mosligidadir.
Metodik — metodikaga tegishli. Qat’iy ketma-ketlikka, tizimga, ilgaridan o’rnatilgan reja, tizimga aniq rioya qilish.
Metodika– Pedagogikaning o‘qitish, qonuniyatlari, qoidalari, tashkil etish shakllari, amalga oshirish va natijalarini nazorat qilib baholash metodi hamda vositalarini o‘zida mujassamlashtiruvchi fan tarmog‘idir. Har bir o‘quv fani o‘qitish sohasi o‘rgatishning vazifalari, mazmuni, metodlari va tashkiliy ko‘rinishi haqidagi metodika asosida quriladi. Metodika— biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, yo’llari majmuasi. U alohida metodikalardan tashkil topadi. Pedagogika fani sohasida ma’lum o’quv fanini o’qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar.
Metodist — biror o’quv fanini o’qitish yoki tarbiyaviy ishlar metodikasi sohasidagi mutaxassis.
Metodologik — metodologiyaga tegishli, nazariy asoslanish.
Metodologiya– metod va logiya iboralarining birligida bilish faoliyati usuli, tuzilishi vositalari va mantiqiy tartibi haqidagi ta’limot ma’nosini anglatadi. Demak, metodologiya har qanday faoliyatning zaruriy tashkiliy komponentidir.Metodologik bilimlar, eng avvalo, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini o‘ziga qamrab olib, odat hamda me’yorlar shaklida, ikkinchidan, amalda bajariladigan faoliyatning ta’siri sifatida yuzaga chiqadi. Har ikkala holda ham bilimning asosiy vazifasi bilish jarayonini tartibli ravishda amalga oshirish yoki biror obyektni amaliy o‘zgartirishdan iborat.Metodologiya — bilishning ilmiy metodi haqidagi ta’limot. Biror fanda qo’llanadigan metodlar majmuasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |