O'zbekiston respublikasi
MIG', MA va huquq metodika-2019
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalariga o’qituvchi, usta besh balli sistema bo’yicha baho qo’yadi. Baho qo’yishning besh balli sistemasini amalida tadbiq etishda so’zlar bilan ifodalanadigan «a’lo», «yaxshi», «qoniqarli», «yomon», «juda yomon» degan baholarni «5», «4», «3», «2», «1» raqamlari bilan almashtirish maqsadga muvofiq deb topilgan. Raqamli baholash ko’proq aniqligi, puxtaligi va foydalanish uchun qulayligi bilan farq qiladi. Ko’pinsa usta va o’qituvchilar o’quvchilarning intizomiga oid birorta kamchiligi (kechikib kelishi, mashg’ulotlarga kelmay qolishi, dars vaqtida gaplashib o’tirishi va hokazolar) uchun bahoni kamaytirish kabi xatoga yo’l qo’yadilar. Bu o’rinda usta va o’qituvchi tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning boshqa vositalaridan foydalanilishi lozim. Quyidagi baho mezonlari belgilab chiqilgan. O’quv materialini butun tavsilotlari bilan bilish va tushunish, materialni izchil, mantiqan bog’langan holda xatosiz bayon etish, xisob-kitob va grafika ishlarini namunali bajarish, mehnat topshiriqlarini bajarish vaqtida olingan ilmiy-texnikaviy bilimlarni mustaqil, dadil va to’g’ri tadbiq etish, mehnat usullarini to’g’ri bajarish (mehnat va hunar ta’limi dasturining talablari doirasida), texnikaviy talablar doirasida sifat ko’rsatkichlariga rioya qilish, ishni vaqt normasi doirasida bajarish «5» baho bilan baholanadi. «4» baho butun o’quv materiallarini bilishi va tushunishi, uni og’zaki va yozma ravishda to’g’ri bayon etishi, hisob-kitob va grafika ishlarini to’g’ri va puxta bajarishi, olingan bilimlardan o’quv-mehnat topshiriqlarini, berilgan ishni belgilangan vaqt normasiga muvofiq o’z vaqtida bajarilganligi uchun qo’yiladi. «3» baho programmadagi asosiy materialni bundan keyingi o’quv-mehnat vazifalarini bajarishga imkon beradigan xajmda bilishi va tushunishi, o’quv materialini birmuncha xato va kamchiliklar bilan, o’qituvchining ozgina yordami orqali sodda qilib bayon etishi, mehnatni tashkil etishda bir oz kamchiliklar bo’lgan holda belgilangan vaqt normasini 75% bajargani uchun qo’yiladi. «2» balli baho programma materialining ko’p qismini yaxshi tushunmaslik, uni qo’pol xatolar bilan bayon qilish, hisob-kitob va grafika ishlarini yetarli darajada bajarmaslik, olingan bilimlarni xatolarga yo’l qo’yib tatbiq etish, mehnat operasiyalarini ko’p xatolar bilan bajarish, mehnatda belgilangan sifat ko’rsatkichlarini ta’minlay olmaslik uchun qo’yiladi. Butun programma materialini bilmaslik va tushunmaslik, o’tilgan materialni bayon qilib bera olmaslik, olingan bilimlardan amalda foydalana bilmaslik, mehnat usullarini qo’llana olmaslik, brakka yo’l qo’yish uchun «1» baho qo’yiladi. Baholashni tarbiyaviy rolini oshirish masalasi diqqatga sazovordir. Shu munosabat bilan usta, o’qituvchilar qo’ygan baholarini izohlab berishi muhimdir. Bu hol o’quvchilarga o’z bilimlaridagi kamchiliklarini, amaliy ishlaridagi nuqsonlarini bilib olishlariga yordam beradi. Baholashni muntazam izohlab borish ularning ta’limiy rolini oshiradi.
Download 0,62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |