O'zbekiston respublikasi


Milliy g‘oya fanini o‘qitish metodikasi kursining maqsad va vazifalari



Download 0,62 Mb.
bet4/161
Sana16.09.2021
Hajmi0,62 Mb.
#175497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
Bog'liq
MIG', MA va huquq metodika-2019

1. Milliy g‘oya fanini o‘qitish metodikasi kursining maqsad va vazifalari.

O‘quv fanining maqsadi – Milliy g‘oyani odamlar ongiga singdirish va uni e’tiqodga aylantirishning samarali usullarini ishlab chiqish;

O‘quv fanning vazifalari: talabalarda ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish, ta’lim jarayoning samaradorligini oshirish, zamon talablari, innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida Milliy g‘oya fanini o‘qitishga bo‘lgan munosabatlarni shakllantirishdan iborat.

-talabalarga maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan Milliy g‘oya fanini o‘qitish metodlarini o‘rgatish;

-o‘quvchilar ongida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasini shakllantirish;

-talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash metodlarini o‘rgatish;

- Milliy g‘oya fani bo‘yicha darsni tashkil etish, dars va uni turlarini ajratish, darsda turli xil manbalardan, vositalardan foydalanish usullarini o‘rgatish.

O`zbekiston milliy taraqqiyotning eng ma'suliyatli bosq`ichi – ijtimoiy, siyosiy va iq`tisodiy hayotning keskin burilish davrini boshidan kechirmoq`da. Jamiyatimiz har bir fuq`arosi XXI asri ibtidosida, ortda q`olgan yillarni sarhisob q`ilish va kelajak hayotning turli jabhalari rejasini belgilab olish muammosiga duch kelishi ijtimoiy fan olimlari zimmasiga katta vazifalarni yuklaydi.

Bunday hollarda jamiyat ijtimoiy rivojining ilmiy asoslangan istiq`boli rejasini tuzib, uning ustuvor yo`nalishlarini belgilab olish hal q`iluvchi ahamiyatga ega.

Arastu o`z vaq`tida aytganidek, har doim va har joyda ezgulikka erishish ikki shartning bajarilishiga:

1. Har qanday faoliyat yakunidagi maqsadni to`g`ri belgilashga;

2.Pirovard maq`sadga erishish chora-tadbirlarini izlab topishga bog`liq`dir.

Ilmiy tilda buni faoliyatning metodologik asosini aniq`lash va maq`sadga etishish, usul va uslublarini to`g`ri belgilash deyiladi.

«Vatan, millat taq`diri hal bo`ladigan q`altis vaziyatlarda to`g`ri yo`lni tanlay olish uchun avvalo tarixni va hayotning achchiq`-chuchugini bilish kerak», degan edi Islom Karimov. Ta'lim-tarbiya sohasiga milliy didaktik nuq`tai nazardan yondashib, uni q`uyidagicha ta'riflaydi: «Ta'lim O`zbekiston xalq`i ma'naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini baxsh etadi. O`sib kelayotgan avlodning barcha yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo`ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o`tadi».

Ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida jamiyatimiz taraqqiyotining yaqin kelajagidagi maqsad va vazifalarini ko`rsatadi. U o`z nutq`ida jamiyat rivojining etti asosiy yo`nalishini birma-bir tavsiyalab, ularning istiq`bolga q`aratilgan maq`sad va vazifalarini belgilab berdi. Dolzarb masalalar ichida ustuvor yo`nalishlar q`atoriga siyosat, davlat q`urilishi va iq`tisodiyot sohalaridan keyin ta'lim-tarbiyani q`o`ydi va uning maq`sadi hamda unga etishishi chora-tadbirlarini belgilab berdi. Ta'lim sohasidagi birinchi masala q`ilib «…milliy q`adriyatlarimizni tiklash, o`zligimizni anglash, milliy g`oya va mafkurani shakllantirish, muq`addas dinimizning, ma'naviy hayotimizdagi o`rnini va hurmatini tiklash kabi mustaq`illik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, uni yangi bosq`ichga ko`tarish va ta'sirchanligini kuchaytirishdir»- dedi. Prezidentimizning ushbu ko`rsatmalari ijtimoiy sohada faoliyat ko`rsatayotganlarga, shu jumladan ta'lim-tarbiya bilan shug`ullanuvchilarga ham, umumiy metodo-logik asos vazifasini o`taydi.

Ma'suliyatli va murakkab bu vazifa, davlatning boshq`a tadbirlari q`atorida, Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida q`abul q`ilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro`yobga chiq`arish orqali bajariladi. Bu dasturning tarkibiy qismi sifatida ta'limning yangi modeli yaratildi.

Prezident tomonidan ilmiy asoslab berilgan ta'lim-tarbiya modelini Seminarotga tatbiq` etish o`quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog`liq`dir. Shu boisdan Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «O`q`uv-tarbiyaviy jarayonni ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash» uning ikkinchi va uchinchi bosq`ichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ikkinchi bosq`ichi ta'lim jarayonidagi sifat ko`rsatkichlarini yaxshilash, ya'ni jahon andozalariga mos, raq`obatbardosh, yuq`ori saviyaga ega bo`lgan mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu murakkab muammolarni echimini topib ularni amalda keng q`o`llash oliy ta'lim tizimi xodimlari oldiga juda katta vazifalar belgilaydi. Bunda aniq` vazifalar sifatida bevosita o`q`uv jarayonini yaxshilash, o`q`uv dastur-larini yanada takomillashtirish, o`q`itishning zamonaviy pedagogik texnolo-giyalarini amalga joriy q`ilish, texnik vositalaridan keng foydalanish va shu asosda masofadan o`q`itishni keng joriy q`ilishdan iboratdir.

Ta'lim sifati va usuliga q`arab bilim hosil bo`ladi. Bu o`q`ituvchining mahoratinigina emas, balki tinglovchining istak-xohishi, q`obiliyati va bilim darajasini ham belgilaydi. Ta'lim uzoq` davom etadigan jarayondir. Bilim esa ta'limning uzluksizligi vositasida beriladigan mavhum tushunchaga ega bo`lgan hodisadir. Bilim xususiylikka ega bo`lsa, ta'lim umumiylikka egadir. Ta'lim barcha uchun bir xilda davom etadigan jarayon. Bilim ob'ektiv borliq`dagi voq`ea-hodisalarning in'ikosi natijasida inson miyasidagi mushohadalar va tasavvurlar natijasida hosil bo`ladigan tushunchalar yig`indisi sifatida namoyon bo`ladi. Ta'limdagi sifat uni berishda ishtirok etadigan kishilar sifati bilan belgilansa, bilim individuallikka ega bo`ladi. Ta'limni amalga oshiradigan yoki dars beradigan kishilarning saviyasi turlicha bo`lishi mumkin. Lekin guruhdagi talabalarga beriladigan ta'lim bir xildir. O`q`ituvchi bilim emas, balki ta'lim beradi. Talaba esa ana shu ta'lim jarayonida bilimga ega bo`ladi. Buning uchun u mustaq`il o`q`iydi, tayyorlanadi, mushohada q`iladi, tasavvurlarga ega bo`ladi, eshitganlari va o`q`itganlarini sintez q`iladi. Natijada bilimga ega bo`ladi.

O`quv jarayoni bilan bog`liq` ta'lim sifatini belgilovchi holatlar q`uyidagilar: yuq`ori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma'ruzalar o`q`ish, darslarni savol-javob tarzida q`iziq`arli tashkil q`ilish, ilg`or pedagogik texnologiyalardan va multimedia q`o`llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o`ylantiradigan muammolarni ular oldiga q`o`yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloq`ot yuritishga, ijodiy fikrlashga o`rgatish, ilmiy izla-nishga jalb q`ilish va boshq`a tadbirlar ta'lim ustuvorligini ta'minlaydi.

Aytilganlardan kelib chiqgan holda «Milliy g`oya fanini o’qitish metodikasi» kursi bo`yicha ta'lim texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy kontseptual yondoshuvlarni keltiramiz:


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish