Xavflar taksonomiyasi - bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to`g’risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi borasida bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq o`rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan bo`lib, hali to`la ishlab chiqilmagan. Biroq uning ayrim qismlari quyidagilarni tashkil etadi:
kelib chiqishi bo`yicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash bo`ladi;
rasmiy standartga asosan fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy turlarga bo`linadi;
salbiy oqibatlarning ro`y berish vaqti bo`yicha impul’siy (beixtiyor harakat) va kumulyativ (tusatdan keluvchi) turlarda bo`ladi;
xavflar tarqalishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha (lokalizatsiya) – litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog’liq bo`ladi;
kelib chiqadigan oqibatlariga ko`ra charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong’inlar ko`rinishida bo`ladi;
- keltiradigan zarari bo`yicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa turlarga bo`linadi;
namoyon bo`lishi bo`yicha maishiy, sport, yo`l-transport, ishlab chiqarish va harbiy bo`ladi;
olamga ta`siri bo`yicha o`ta ta`sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust (narkotik moddalar, arok, sigaret) bo`ladi. Sust ta`sir deganda odamning o`zi sababchi bo`ladigan xavf tushuniladi.
Xavflar ruyxati – bu aniq bir tartiblar bo`yicha qo`yilgan nomlar, atamalardir (o`zgaruvchan harorat, havo harakatining tezligi, havo bosimi, yorug’lik, havoni ionlash, portlash, gerbitsid, shovqin, tebranish, yong’in, zaharli moddalarlazyernuri, elektr yoyi va boshqalar). Har bir tekshiriladigan ob`ektda o`tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu ob`ekt (tsex, ish joyi, texnologik jarayon, kasb) da uchraydigan xavflar ruyxati tuziladi.
Xavflar kvantifikatsiyasi hayot faoliyat xavfsizligini taminlashga qaratilgan tadbirlar uchun etarli darajada kerak bo`lgan miqdoriy, vaqtincha, fazoviy va boshqa xususiyatlarni aniqlab amalga oshirish jarayonidir.
Sabab va oqibatlar. YAshirin xavflarni amalga oshishiga olib keladigan sharoit-sabab deb ataladi. Sabablar, jarohatlar, yuqumli kasalliklarni keng tarqalishi (epidemiya), atrof-muhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Xavf, sabab, oqibat uchligi-bu yashirin xavflarni va zararlarni amalga oshiruvchi mantiqiy jarayondir. Masalan: Zahar (xavf)- dori tayyorlashning xatosi (sabab)- zaharlanish (kungilsiz oqibatlar).
Mutloqa xavfsiz bo`lgan ish (faoliyat) bo`lishi mumkin emas. Demak, faoliyat qanday bo`lmasin, unda yashirin xavf bo`ladi. Bu aksioma hayot faoliyati xavfsizligida metodologik ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |