III bobning xulosasi
Yuqorida keltirilgan barcha metodik texnologiyalardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, interfaol usullardan foydalanib dars o‘tilganda guruhda qoloq, o‘zlashtirmaydigan talaba qolmaydi. Deyarli barcha talabalar dars jarayoniga jalb etilib, ularning darsga qiziqishlari ortadi. Bunday darslar talabalarning mustaqil bilim olishlari mutaxassisliklarini chuqurroq o‘rganishlariga, talabalarining so‘z boyliklarini ko‘paytirishlariga katta yordam beradi.
Ta’lim – tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma’lum. Bu haqda Prezidentimizning quyidagi so‘zlari ibratlidir:
«Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq.
Buning uchun har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo, shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg`un holda olib borishni talab etadi» [3,61]
Interfaol metodlarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni va imkoniyatlari:
Interfaol metod-ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilar bilimini o‘zlashtirishni faollashtirishi, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishi ko‘zda tutilgan.
To‘g‘ri tanlangan metodlarni qo‘llash mashg`ulotning qiziqarli va samarali bo‘lishini ta’minlaydi;
O‘qituvchi o‘quvchilarga bilimlarni «kashf qilishga» yordam beradigan jarayonni tashkil qiladi. Bilim borliqdan ko‘chirilgan nusxa emas, uni odam shakllantiradi.
Demak o‘quvchi-pedagogik texnologiyaning asosiy iste’molchisi, o‘qituvchi rahbarligida bilimlarni o‘zlashtirish, ta’lim-tarbiya olish, mustaqil fikrlash va ishlashga o‘rganishi jarayonida yuqori natijalarga erishishi orqali asosiy maqsadni amalga oshiruvchi hisoblanadi.
XULOSA
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik texnologiyalarni qoʻllashga boʻlgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda, bunday boʻlishiga sabablardan biri shu kungacha ta’limda oʻquvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga oʻrgatgan boʻlsa, zamonaviy texnologiyalarni oʻrgatish esa, ularni mustaqil tanqidiy fikrlashga, kerakli narsalarni izlab topishga, tahlil va xulosa qilishga oʻrgatadi. Oʻquvchi bu jarayonda boshqaruvchilik, yoʻnaltiruvchilik funksiyasini bajaradi, ta’lim oʻquvchi-talabalarga yoʻnaltiriladi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda oʻquvchi va talaba faoliyatiga yangilik kiritish boʻlib, uni amalga, oshirishga asosiy interaktiv metodlardan toʻliq foydalanish imkoniyati mavjud. Interaktiv metodlar bu talaba bilan talaba, talaba va internet, talaba va oʻquvchi oʻrtasidagi fikrlash demakdir, ya’ni pedagogik tasir etish usullaridir va ta’lim tizimining asosiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarni qoʻllashda pedagogik va oʻquvchi-talabalar birgalikda faoliyat ko‘rsatishlari kerak boʻladi.
Men oʻzimning magistirlik dissertatsiyamda predloglarning etimologiyasini ularning morfologiyasi, qoʻllanilishi bilan boɡʻliq boʻlgan muammolarni yoritib berishga harakat qildim. Har bir pedlogning ma’nosi, kelishiklar bilan boshqaruvi haqida batafsil ma’lumot berdim. Bundan tashqari hozirgi kunda ta’lim samaradorligini oshirish uchun qoʻllaniladigan interaktiv metodlar, oʻyinlarlarning ijobiy tomonlarini ochib berdim.
Predloglarni oʻrgatishda hozirgi zamon axborot va pedagogik texnologyalarni ahamiyati kattaligi haqida oʻz fikrlarimni bayon etdim.
Agar о’qituvchilarni innovatsion faoliyatda ish olib borishni yо’lga qо’ysak, grammatikani ham boshqa tilning kompitensiyalari singari turli xil interaktiv usullar bilan oʻrgatishni yoʻlga qoʻysak quyidagi maqsadlarga erish olamiz:
1) О’quvchilar yangilikka intiluvchan boʻladi, ularni izlab topishga, ta’limda qо’llashga, kо’nikma, malakasi shakllanib boradi ;
2) Uzluksiz о’z ustida ishlash kо’nikmasi shakllanadi;
3) Ta’limda sifat va samaradorlikni ta’minlaydi.
4) Oʻrganuvchilarga doim qiziqarli boʻlib, ma’qul boʻladi;
5) Oʻrganuvchilarga bilimlaridan foydalanishga imkon bеradi;
6) Oʻrganuvchilarga ham oʻqituvchiga ham oʻrganilayotgan tilning qay darajada oʻzlashtirilayotganligini bilishga imkon bеradi;
7) Oʻqituvchi-oʻrganuvchi oʻrtasidagi rasmiy munosabatlarga biroz erkinlik bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |