Bank tizimi va uning elementlari.
B ank tizimi-tor ma‘noda mank muassasalari yig‗indisidir. Bank tizimi
keng ma‘noda bank muassasalari va ular faoliyatining meyoriy huquqiy asoslari,
tashkiliy moddiy-texnik va moliyaviy asoslarining yig‗indisidir.
1996-yil 25-aprelda ―Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida‖gi qonun;
1995-yil 25-dekabrda ―O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki
to‗g‗risida‖gi qonun.
Amerikalik olim Fridrix Mishkin , rus olimi Andrushen va yana ko‗plab olimlar sug‗irta kompaniyalarini , pensiya fondlarini va kredit uyishmalarini bank tizimi tarkibiga kiritadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida 2 pog‗onali bank tizimi shakllanadi:
pog‗onada Makaziy bank ;
pog‗onada Tijorat banklari turadi.
Lekin 3 pog‗onali bank tizimi ham paydo bo‗ldi. Bunga misol qilib, evropa hududiga kirgan mam;lakatlarning bank tizimini ko‗rsatish mumkin:
Evropa Markaziy banki
Evro hudud mamlakatlarining Markaziy banki
Evropa hudud mamlakatlarining tijorat banklari Bank tizimi quyidagi elementlardan tashkil topadi:
Bank tizimining huquqiy asoslari .
Bank tizimining tashkiliy asoslari. Masalan: AQShda tijorat banklari
tashkiliy tuzilishiga ko‗ra 2 ga ajratiladi:
Universal banklar-depozit qabul qilish huquqiga ega, kreditlash, hisob- kitoblar va boshqa moliyaviy xizmatlar ko‗rsatadi. Lekin ular qimmatli qog‗ozlar chiqarish yo‗li bilan resurs jalb qilish huquqiga ega emas. Universal banklar federal zaxira tizimi tomonidan nazorat qilinadi.
Investitsion banklar-depozit qabul qilish huquqiga ega emas. Ular qimmatli qog‗ozlarini muomalaga chiqarib, resurslar jalb qiladi va bu resurslardan o‗rta va uzoq muddatli kreditlar beradi.
Xitoyda 4 ta bank Markaziy bank bilan bir xil bank turadi: Xitoy sanoat banki, Xitoy qishloq-xo‗jalik banki , Xitoy eksport-import banki va Xitoy banki.
Bank tizimining iqtisodiy asoslari. Banklar faoliyat yuritish uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan miqdorda ustav kapitalini shakllantirish lozim. Ustov kapitali shakllangandan keyin Markaziy bank tijorat banklarga Bosh litsenziya beradi.
Banklar turlari. Tijorat banklari mijozlarning tarkibiga ko‗ra 3 turga bo‗linadi:
ulgurji banklar – bu banklar yirik kompaniyalariga moliyaviy xizmat
ko‗rsatish, aholi va kichik biznes subektlari bilan ishlamaydi.
chakana banklar – faqat aholiga va kichik mijozlarga moliyaviy xizmat
ko‗rsatadi.
aralash banklar bu banklarning mijozlari tarkibida aholiga ham , kichik
subektlariga ham yirk kompanyalarga xizmat ko‗rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |