O'zbekiston respublikasi


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI....................................54-56



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana15.07.2021
Hajmi0,88 Mb.
#119635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
orta osiyo sivilizatsiyasida sogd madaniyatining tutgan orni

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI....................................54-56          

ILOVA .............................................................................................................57-63         

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 



KIRISH 

Respublikamizda  istiqlolning  dastlabki  kunlaridanoq  ijtimoiy  fanlar  sohasi 

olimlari  oldida  xalqimiz  tarixini,  shuningdek  boshqa  xalqlar  tarixini  haqqoniy  va 

to'laqonli  o'rganish  masalasi  dolzarb  vazifa  etib  qo’yildi.  Bu  haqda  O'zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  I.A.  Karimovning  2011  yilning  avgustida  nashrdan 

chiqqan  ―O’zbekiston  mustaqillikka  erishish  ostonasida‖  nomli  kitobida, 

respublikamizning  yetakchi  tarixchi  olimlari  bilan  o'tkazgan  uchrashuvida  va 

boshqa  mazkur  soha  bilan  bog'liq  yig'ilishlarda  bir  necha  marta  ta'kidlab  o'tgan

1



Shuningdek,  bu  vazifalar  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 

Qarorlarida ham o'z aksini topgan

2

.  


O'zbekiston  hududida  yuzaga  kelgan  qadimgi  Baqtriya  (mil.av.  VII  asr), 

Xorazm (mil. av. VII asr), So’g’d (mil.av. VII asr), Kushon (mil.av. I asr), Turk 

xoqonligi  (VI  asr),  Amir  Temur  saltanati  (XIV  asr  oxiri  -  XV  asr  boshlari)  kabi 

davlatlar  tariximizda  alohida  o'rin  tutadi.  Ularda  o'ziga  xos  davlat  boshqaruv 

asoslari  yaratilgan  bo'lib,  o'z  davrida  davlat,  xalq  va  jamiyatning  tinchligi, 

taraqqiyoti hamda farovonligini ta’minlashga xizmat qilgan. 

O’zbekiston  tuprog’ida  mil.  avv.  II  ming  yillikka  oid  madaniyat  bir  xilda 

taraqqiy  topgan  emas.  Bu  bosqichda  Surxondaryo,  Zarafshon  va  Qashqadaryo 

vohalari va Xorazmdan iborat uchta o’lkada eng qadimgi madaniyat izlari topilgan. 

Har  qaysi  o’lkaning  madaniy  taraqqiyotida  o’ziga  xos  xususiyatlar  bo’lgan.  Bu 

madaniyatlar  dehqonchilik,  uy  chorvachiligi  va  chorvachilik-dehqonchilik  bilan 

shug’ullangan  qabilalarga  mansub  bo’lishgan.  Ular  bir-biridan  ajralgan  holda 

taraqqiy etgan emas, qabilalar o’rtasida keng madaniy aloqalar o’rnatilgan edi.   

                                                           

1

  Karimov  I.A.  O’zbekiston  mustaqillakka  erishish  ostonasida.  –  T.,  ―O’zbekiston‖,  2011;  Karimov  I.A.  Tarixiy 



xotirasiz  kelajak  yo'q  //  Biz  kelajagimizni  o'z  qo'limiz  bilan  quramiz.  –T.,  O'zbekiston,  1999.  7  j.  –B.  128-132; 

Karimov  I.A.  Yuksak  ma'naviyat  –  yengilmas  kuch.  –  T.,  2008;  Karimov  I.A.  Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi, 

O'zbekiston  sharoitida  uni  bartaraf  etishning  chora  va  tadbirlari.  –  T.,  2009;  Karimov  I.A.  Mamlakatimizni 

modernizasiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir // O'zbekiston Respublikasi 

Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo'shma  majlisidagi  ma'ruzasi.  –  T.,  2010;  Karimov  I.A.  Asosiy 

vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir // 2009 yilning asosiy yakunlari 

va  2010  yilda  O'zbekistonni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  eng  muhim  ustuvor  yo'nalishlariga  bag'ishlangan 

Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. – T., 2010. 

2

  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  Qarori  ―O'zbekistonning  Yangi  tarixini  tayyorlash  va  nashr 



etish‖ // G. Xalq so'zi. 17 dekabr 1996 yil; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori ―O'zbekiston 

Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  Tarix  instituti  faoliyatini  takomillashtirish  to'g'risida‖  //  G.  Xalq  so'zi.  27  iyun 

1998 yil. 



 

Mavzuning  dolzarbligi  sifatida  jahon  tamadduni  tizimiga  Zarafshon  va 



Qashqadaryo  oralig'idagi  hududda  yashagan  qadimiy  aholining  o'ziga  xos 

madaniyatni  yaratganligi  haqida  yozma  va  arxeologik  ma’lumotlarni  to’plash, 

o'rganish, ularni tizimga solish va tahlil qilish asos qilib olindi.  

O’rta  Osiyo  sivilizatsiyasida  umumso’g’d  madaniyatining  tutgan  o’rni  va 

rolini ochib berish maqsad qilib olindi. 

-  O'rta  Osiyoda  ilk  shaharsozlik  va  davlatchilik  madaniyatining  ildizlarini 

yozma va arxeologik manbalar asosida tahlil qilish

-  Qadimgi  yozma  manbalarda  So'g'd  haqidagi  ma'lumotlarning  aks  etishini 

manbalar asosida tahlil qilish; 

-  Qadimgi  So'g'd  hududida  olib  borilgan  arxeologik  izlanishlarni  tahlil 

qilish;  

-  Markaziy  So'g'd  (Samarqand)  madaniyatining  o'ziga  xos  xususiyatlarini 

tahlil qilish; 

-  Janubiy  va  G'arbiy  So'g'dda  madaniyat  taraqqiyotini  manbalar  asosida 

tahlil qilish. 

-  O'rta  Osiyoda  ilk  shaharsozlik  va  davlatchilik  madaniyatining  ildizlari 

yozma va arxeologik manbalar asosida tahlil qilindi

-  Qadimgi  yozma  manbalarda  So'g'd  haqidagi  ma'lumotlarning  aks  etishi 

manbalar asosida tahlil qilindi

- Qadimgi So'g'd hududida olib borilgan arxeologik izlanishlar tahlil qilindi;  

-  Markaziy  So'g'd  (Samarqand)  madaniyatining  o'ziga  xos  xususiyatlari 

tahlil qilindi; 

- Janubiy va G'arbiy So'g'dda madaniyat taraqqiyoti manbalar asosida tahlil 

qilindi. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  tadqiqot  qismi  va  xulosa  qismida  keltilirgan 

ma'lumotlardan  umumiy  o'rta  ta'lim  maktablari,  akademik  litseylar,  o'rta  maxsus 

kasb-hunar  kollejlarida  tarix  fani  darslarida,  o'lka  tarixini  o'rganishda, 

universitetlardagi  tarix  fakultetlarida  maxsus  kurs  ma'ruzalarini  tayyorlashda 

foydalanish mumkin. 



 

Qadimgi  So’g’d  hududidagi    yodgorliklarda  olib  borilgan  arxeologik 



izlanishlar  natijalariga  asoslanib  moddiy  madaniyatning  rivojlanganligini  va 

umumso’g’d  sivilizatsiyasining  yaratilganligini  qator  olimlarning  izlanishlarida 

ko’rish mumkin.  

Bugungi  kunda  ham  So’g’d  hududidagi    yodgorliklardan  topilayotgan 

moddiy  ashyolarni  ajdodlarimiz  tomonidan  yaratilgan  betakror  va  noyob 

madaniyat namunalari sifatida o'rganish va tadqiq etish davom etmoqda. 

Bitiruv  malakaviy  ishi  kirish,  ikkita  bob,  xulosa,  foydalanilgan  adabiyotlar 

ro'yxati va ilovadan iborat.  




Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish