1-topshiriq. Quyidagi kazuslardan birini tanlab, batafsil tahlil asosida sharhlang 1-kazus



Download 16,09 Kb.
Sana15.04.2022
Hajmi16,09 Kb.
#553007
Bog'liq
talabgorlar uchun topshiriqlar


1-TOPSHIRIQ.
Quyidagi kazuslardan birini tanlab,
batafsil tahlil asosida sharhlang


1-kazus
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga bir qator deputatlar guruhi tomonidan Qonunchilik palatasi Reglamentiga o‘zgartirish bo‘yicha qaror loyihasi kiritildi. Mazkur loyihaga muvofiq Qonunchilik palatasi kengashiga mamlakatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotidagi o‘zgarishlardan kelib chiqib yangi qo‘mitalar tashkil etish, vaqtinchalik komissiyalar tuzish hamda quyi palata qo‘mitalariga ayrim masalalar bo‘yicha quyi palata nomidan qaror qabul qilish vakolati berilishi nazarda tutilgan. Qaror loyihasi tashabbuskorlarining fikriga ko‘ra, mazkur amaliyot bir qator xorijiy mamlakatlar parlamentida keng qo‘llanilayotgan bo‘lib, quyi palata faoliyatini optimallashtirish va samaradorligini oshirishga, uning mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotiga ta’sirini ortishiga xizmat qiladi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.

2-kazus
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 2019-yilning
23-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarni qo‘lga kiritgan siyosiy partiya tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etildi. Davlat boshlig‘i taqdim etilgan nomzodni qo‘rib chiqib, Oliy Majlis palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etdi. Parlament palatalarining qo‘shma majlisida Bosh vazir nomzodi ko‘rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda u Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etdi, so‘ng nomzod ovozga qo‘yildi. Ovoz berish natijasiga ko‘ra Bosh vazir nomzodi Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullandi, biroq Senat tomonidan rad etildi va bu hususida parlament palatalarning tegishli qarorlari qabul qilindi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.

3-kazus
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga bo‘lib saylov natijalariga ko‘ra, hech bir nomzod qonunda nazarda tutilgan yetarli ovozlarni to‘play olmaganligi tufayli 35 ta saylov okrugida takroriy ovoz berish hamda 5 ta saylov okrugidan saylovlar jarayonida qonun buzilishlariga yo‘l qo‘yilganligi tufayli takroriy saylov o‘tkazish zarurligi ma’lum bo‘ldi.
Boshqa saylov okruglardan saylangan ayrim deputatlar esa ushbu saylov okruglarida takroriy ovoz berish va takroriy saylov natijalari ma’lum bo‘lmasdan turib ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasini saylangan va o‘z faoliyatini boshlashi mumkin deb hisoblab, Markaziy saylov komissiyasi raisiga Qonunchilik palatasining birinchi majlisini chaqirish, palata rahbar organlari va qo‘mitalari tarkibini shakllantirish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilishdi. Markaziy saylov komissiyasi raisi mazkur arizaga nisbatan rad javobini berdi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.


2-TOPSHIRIQ
Quyidagi mantiqiy savollardan birini tanlab,
batafsil tahlil asosida sharhlang



  1. Aktiv va saylov saylov huquqi tushunchasini sharhlang.

  2. Saylov huquqi prinsiplarining mazmun-mohiyatini yoritib bering.

  3. Saylov jarayoni bosqichlarini tahlil eting.

  4. Saylov tizimlarining bir-biridan farqli jihatlari, afzallik va kamchiliklarini tahlil qiling.

  5. Takroriy ovoz berish va takroriy saylovning farqli jihatlarini tahlil eting.

Download 16,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish