1. SHe’r so‘zining ma’nosini sharhlang.
2. SHe’riyatda mavzu va g‘oyaning ifoda etilishi. Misol keltiring va sharhlang.
3. Oda va qasida so‘zlarining ma’nolari va ularning vazifalarini tushuntiring.
4. Ilk qasidachilik haqida fikr yuriting.
5. O‘zbek mumtoz adabiyoti qasidalari g‘aqida daliliy misollar yozing va izohlang.
6. Marsiya nima? “Abdullajon” (R.P) marsiyasini tahlil qiling.
7. Madhiya xususida fikr bildiring.
8. Zamonaviy qasidachilik haqida yozing va “O‘zbegim” (E.V) qasidasini tahlil qiling.
9. Ta’rix va tarixiy asarlar xususida fikr bildiring.
10. Lirikaning mumtoz janrlari xususida nimalarni bilasiz?
2. SHe’riyatda mavzu va g‘oyaning ifoda etilishi. Misol keltiring va sharhlang.
Tema (gr. thema-asosiga qo‘yilgan narsa) yoki mavzu (arabcha, aynan tema ma’nosini beradi; biz ikkalasidan ham foydalanamiz)-ijodkor tomonidan tanlab olingan va hayotning muayyan muammolarini umumiylashtirgan voqealar tasviri, ana shu akslangan hayot (voqea)ko‘rinishlarining mag‘zini chaqish(fikriy tadqiqot va tahlil) va uni g‘oyaviy-emosional tarzda baholashdir. YA’ni, ijodkor bir vaqtning o‘zida uchta vazifani, bir-biriga bog‘langan va chatishgan tarzdagi yaxlit maqsadni ko‘zlab ish ko‘radi: Xalq va davrning milliy ko‘rinishlari doimo aniq, tarixan konkretdir va har bir asarda ana shu ko‘rinishlar ichidan tanlab olingan voqealar doirasi tasvirlanadi, bu-tematikadir. Jumladan, “O‘tgan kunlar”da XIX asrning ikkinchi yarmidagi Turkistondagi hayot aks etgan bo‘lsa, “Uch ildiz” (P.Kodirov)da O‘zbekistondagi XX asrning 60- yillaridagi talabalar hayoti bilan bog‘liq voqealar tasvirlangan.
5. O‘zbek mumtoz adabiyoti qasidalari g‘aqida daliliy misollar yozing va izohlang.
Fard(arabcha so‘z bo‘lib, yakka, yolg‘iz, toq ma’nolarini beradi) “shoir tomonidan ma’lum mavzu va g‘oyaviy maqsadda ijod qilingan mustaqil she’riy baytdir. Fard bir bayt hajmidagi, shaklidagi she’riy asardir. Unga berilgan janr atamasi ham baytning yakkaligiga asoslanadi. Binobarin, baytning yakkaligi uning janriy belgisini ham anglatadi. SHu nomning lug‘aviy, istiholiy ma’nosida uning ixcham, o‘ta mo‘jaz she’r shakli ekanligi ham anglashib turiladi: qisqalik va siqiqlik unda chuqur mazmunni, pandu hikmat va donolikni ifodalashni taqozo etadi” (R.Orzibekov. O‘zbek she’riyati janrlari va poetikasi, II kitob, Samarqand, SamDU nashri, 1999, 4-bet):
Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitdi ranj ila,
Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila. (Alisher Navoiy)
Marsiya nima? “Abdullajon” (R.P) marsiyasini tahlil qiling.
Marsiya(arabcha so‘z, ma’nosi “Biror shaxsning vafoti munosabati bilan uning xotirasiga bag‘ishlab yozilgan motam she’ri”) biror mashhur kishi vafoti munosabati bilan og‘ir yo‘qotishni, g‘am-alamni, hasratu iztirobni kuylovchi asardir. U xalq og‘zaki ijodida “yig‘i” deb yuritilgan va unda o‘limdan, bevafo dunyodan shikoyat qilingan. Bugungi marsiyalarda esa vafot qilgan buyuk shaxsning e’zozli ishlari ulug‘lanadi, xalqning yo‘qotishdan topgan alamli iztirobi kuylanadi; marhumning bajarishga ulgurmagan ishlarini davom ettirishga chorlaydi. Birgina jumla bilan aytganda, odamiylik o‘lmasligini, uni boyitish har bir insonning vazifasi ekanligini – pafos darajasiga ko‘taradi.
Zulfiyaning “Sog‘inganda”, “Bahor keldi, seni so‘roqlab”, Abdulla Oripovning “Onajon”, “Alvido, ustoz”, “Sorlochin uchdi”, Dushan Fayziying “Umr suvday oqar”, Vohid Abdulloning “YUzidan nur tomardi”, Farruh Hamroevning “Nuriddin SHukur marsiyasi”, Nodir Jonuzoqning “Ustoz”, Sa’dulla Hakimning “YOlg‘on-shoir o‘limi” marsiyalari yuqoridagi fikrlarimizning isboti bo‘la oladi.
Adabiy tur va janrlar. Adabiy janr (fr. Genre –tur, jins) –adabiyot rivoji jarayonida yuzaga kelgan asarlarning tasvirlash yo‘llari, kompozision qurilishi, bayon usullari, badiiy vositalar, hayotiy hodisalarni qamrash ko‘lami va miqyosiga ko‘ra ko‘rinishlaridir. Adabiy janr muammosi shunchalik dolzarbki. “janr masalasini hisobga olmaslik, san’at nazariyasining haqiqiy falsafiy va sosiologik munosabatdan mahrum qilib, stilistik mayda-chuydalar bilan ovora bo‘lishga olib keladi” (M.Baxtin. Voprosы literaturы i estetik. M., “Xudojestvennaya literatura”, 1975, str. 409). Janrlar adabiy jarayon taraqqiyoti davomida turli –tuman o‘zgarishlarga (jumladan, qadimgi epos ko‘lamini ummonga qiyoslasak, hozirgi zamon eposi-minatyuradagi olamdir) uchragan, ixchamlashgan, boyib borgan. Ijtimoiy, ma’naviy taraqqiyotga mos holda ba’zi (masalan, mumtoz adabiyotimiz tarixida g‘azal) etakchilik qilgan, ba’zisi iste’moldan (masalan, XX asr o‘zbek adabiyotida muammo) chiqib ketgan, ba’zilari (masalan, XX asr adabiyotimizda sonet, roman, tragediya kabi) paydo bo‘lgan. Ayniqsa, epik turda ixchamlashish hamon davom etmoqda. Bu xususiyat epopeya, doston, roman, qissa janrlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. “Janrlarning hajmi jihatidan bu tarzda ixchamlashishning muhim asoslari bor. Avvalo bu hodisa kishilarning turmush tarzidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Kishilarning vaqti yillar o‘tgani sayin tig‘izlashib boraveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |