O`zbеkistоn rеspublikasi


 Yangi tovar ishlab chiqarish



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/156
Sana07.07.2021
Hajmi1,36 Mb.
#111059
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   156
Bog'liq
marketing fanidan oquv metodik material

9.4. Yangi tovar ishlab chiqarish 
Firma  samarali  tovar  siyosatini  olib  borishi  ikki  muammo  bilan 
bog‘liq.  Birinchidan,  firma  mavjud  tovar  nomenklaturasi  chegarasida 
yashash davri bosqichlarini hisobga olgan holda ishni oqilona tashkil etishi 
lozim,  ikkinchidan,  yangi  tovar  ishlab  chiqarishni  o‘z  vaqtida  amalga 
oshirish kerak. 
Firma  doimo  tovar  strategiyasini  takomillashtirib  borishi  zarur.  Bu 
barqaror  assortiment  tuzilishiga,  doimiy  sotuvga  va  foydaga  erishishga 
imkon beradi. 
Tovar strategiyasi istiqbol uchun ishlab chiqariladi va firmada mavjud 
tovar  miksni  jalb  etuvchanligini  yaxshilash  bo‘yicha  uchta  strategik 
yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: 
1. Tovar innovatsiyasi; 
2. Tovar variatsiyasi; 
3. Tovar eliminatsiyasi. 
Tovar innovatsiya strategiyasi yangi tovarni ishlab chiqarish va tatbiq 
etish  dasturini  belgilaydi.  Biroq  «yangi  tovar»  tushunchasi  turli  talqinga 
ega  va  u  tovarni  takomillashtirishni  asoslash  sifatida  ishlatiladi,  mavjud 
tovarni  yangilash  uchun  qo‘llaniladi.  Mavjud  nazariya  va  amaliyotda 


 
163 
 
 
innovatsiya «yangilik kiritish» va «yangilik» tushunchalari bilan o‘xshash 
hisoblanadi. 
Bozor innovatsiyasi deganda mavjud mahsulot bo‘yicha yangi g‘oyani 
olish, shuningdek yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va bozorga chiqarish 
tushuniladi. 
Tovar innovatsiyasi yangi tovarni ishlab chiqish va qo‘llashni ko‘zda 
tutadi  va  amalga  oshirish  shakli  bo‘yicha  tovar  differensiatsiyasi  va 
diversifikatsiyasiga bo‘linadi. 
Tovar differensiatsiyasi tovarlar xilma-xilligini bildiradi. 
Tovar diversifikatsiyasi o‘zida raqobatchi tovarlardan ajralib turuvchi 
bir  qator  asoslangan  tovar  modifikatsiyasini  ishlab  chiqish  jarayonini 
mujassamlashtiradi. 
Bozorni  modifikatsiyalashda  sotish  hajmini  oshirish,  iste’molchilar 
ishonchini qozonish, yangi bozor segmentlariga tovarni chiqarish, mijozlar 
e’tibori  va  qiziqishini  ushbu  firma  chiqarayotgan  tovarlarga  qaratish, 
xaridorlarni  tovarni  intensiv  iste’molini  rag‘batlantirish  orqali  amalga 
oshiriladi. 
Tovarni  modifikatsiyalashda  tovar  sifatini  oshirish,  tovar  xossasini 
yaxshilash, tovarni bezash va tashqi dizaynini yaxshilash ko‘zda tutiladi. 
Marketing-miksni  modifikatsiyalashda  esa  marketing  elementlaridan 
to‘liq  foydalanishni  nazorat  qilish  optimal  maqsadda  marketing 
elementlarini shakllantirish va qo‘llash ko‘zlanadi. 
Maqsadli  bozorni  o‘zlashtirish  yo‘llarini  qidirishda  muqobil 
strategiyalarni aniqlash uchun I.Ansoff tomonidan 1966-yilda taklif etilgan 
«tovar-bozor» matritsasi qo‘llaniladi. 
Quyida  keltirilgan  jadvaldan  ko‘rinib  turibdiki,  firmaning  o‘sish 
manbalarini o‘zlashtirishning 4 ta asosiy strategiyasi bo‘lishi mumkin: 
1. Bozorga chuqurroq kirib borish strategiyasi; 
2. Tovarni takomillashtirish strategiyasi. 
3. Bozorni rivojlantirish strategiyasi; 
4. Diversifikatsiya. 
 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish