O`zbеkistоn rеspublikasi


      9-bob. TOVAR VA TOVAR SIYOSATI



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/156
Sana07.07.2021
Hajmi1,36 Mb.
#111059
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   156
Bog'liq
marketing fanidan oquv metodik material

 


 
155 
 
 
9-bob. TOVAR VA TOVAR SIYOSATI 
9.1. 
Tovar – ehtiyojni qondirish vositasidir 
 
Tovar-murakkab ko‘p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa 
iste’mol  xususiyatlari,  ya’ni  tovarning  o‘z  vazifasini  bajarish-unga  ega 
bo‘lgan iste’molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir. 
Tovarning iste’mol qiymati uning iste’mol xususiyati majmuasidir. 
Tovarning quyidagi xususiyatlariga qarab alohida e’tibor beriladi: 
-  rangi,  upakovkasi  (o‘rash,  bog‘lash),  tashqi  dizayni,  ergonomik 
xususiyatlari  (foydalanish,  ta’mirlash  va  boshqalarning  qulayligi  va 
boshqalar). 
Tovarni  ishlab  chiqarishdan  oldin  uning  iste’mol  xususiyati  tahlil 
qilinadi. 
Tovar-murakkab ko‘p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa 
iste’mol  xususiyatlari,  ya’ni  tovarning  o‘z  vazifasini  bajarish-unga  ega 
bo‘lgan iste’molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir. 
Tovarlar quyidagi mezonlari bo‘yicha alohida guruhlarga bo‘linadi: 

   maqsadli ko‘rsatkich bo‘yicha; 

   bozor turiga ko‘ra; 

   foydalanishga tayyorligiga ko‘ra; 

   iste’molchilar soniga qarab bo‘linadi. 
Maqsadli  xarakteriga  ko‘ra  esa  tovarlar  iste’mol  tovarlari  va  ishlab 
chiqarishga oid tovarlarga bo‘linadi. 
Iste’mol  tovarlari,  bu  shaxsiy  iste’mol  uchun  mo‘ljallangan 
tovarlardir.  Ular  kundalik  talab  tovarlari,  dastlabki  tanlov  asosida 
olinadigan tovarlar, alohida talabdagi tovarlar, passiv talabdagi tovarlarga 
bo‘linadi. 
Kundalik  talab  tovarlariga  kundalik  turmush  uchun  zaruriy  oziq-
ovqatlar, kir yuvish, tozalash vositalari, uy xo‘jaligi uchun zaruriy mayda 
tovarlarni kiritish mumkin. 
Kundalik iste’mol tovarlarini iste’mol qilish intensivligiga ko‘ra ularni 
o‘z navbatida 3 ta quyi guruhga ajratish mumkin: 
1. Doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar (non, xo‘jalik sovuni) 
2. Impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar (saqich, gazeta) 
3. Favqulodda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar (zont). 
Dastlabki  tanlov  asosidagi  tovarlar  safiga:  mebel,  kiyim-kechak,  uy-
ro‘zgor  uchun  elektr  jihozlari  kiradi  va  u  xaridorlarni  qiyoslashni,  narx, 
moda,  dizayn  jihatidan  tanlovda  bir  muncha  mulohaza  yuritishni  talab 
qiladi. Ushbu tovarlar: 


 
156 
 
 

 
o‘xshash tovarlar (sifat jihatdan bir-biriga yaqin, lekin dizayn, narxi 
bo‘yicha farqlanadi);  

 
alohida ko‘rinishdagi tovarlar (rangi, uslubi, navi jihatidan). 
Passiv  talabdagi  tovarlar  –  xaridorlarga  notanish  yoki  ular  xususida 
juda kam o‘ylaydigan tovarlardan tarkib topadi. Ishlatish vaqtiga ko‘ra: 

  qisqa muddatli foydalanishga oid tovarlar; 

  uzoq muddatli foydalanishga oid tovarlar. 
Tovar siyosatining asosiy maqsadi: 

 
foydani ta’minlash; 

  taqsimotni o‘stirish; 

 
firma harakat qilayotgan bozor ulushini ko‘paytirish; 

  ishlab chiqarish va marketing xarajatlarni tejash; 

  imijni oshirish hisoblanadi. 
Tovar  siyosatida  asosiy  maqsadga  erishish  quyidagi  sohalardagi 
vazifalarni hal etish orqali amalga oshiriladi: 

  tovar innovatsiyasi; 

  variatsiya; 

  differensiatsiya; 

  eliminatsiya; 

 
markani o‘rnatish va tanlash; 

  qadoqlash;  

  tovar shakli, turi va boshqalar 
Shunga mos holda tovar siyosatining masalalariga quyidagilar kiradi: 

  yangi tovarlarni qidirish; 

  yangi tovarlarni rivojlantirish; 

  bozorga yangi tovarlarni kiritish; 

  tovar shakllarini asoslash; 

  tovar sifatini tartibga solish; 

  bozordagi yangi tovarlar xulq-atvorini nazorat qilish va boshqalar. 
Birinchi  3  tasi  bozorga  yangi  tovarlarni  kiritayotganda  hal  etiladi, 
qolgan vazifalarni hal etish tovarni butun hayoti davomida amalga oshadi. 
Buning  uchun,  ya’ni  qarorni  asoslash  uchun  tovarni  hayotiylik  davri 
modeli ishlatiladi. 
Tovarlar va xizmatlar assortimenti, bu foydalanish bo‘yicha bir-biriga 
juda o‘xshash tovarlar (xizmatlar) guruhidir. 
Tovar sifati – bu tovarning o‘z funksiyalarini bajarishda ko‘rinadi va u 
quyidagi  parametr  bilan  xarakterlanadi,  ya’ni  uzoq  muddat  xizmat 
ko‘rsatishi, pishiqligi, foydalanishda soddaligi va boshqalar. 


 
157 
 
 
Marketing  fani  bo‘yicha  tovar  sifati  xaridorlar  bergan  baho  bilan 
o‘lchanadi. 
 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish