133
7-bob. BOZOR KONYUNKTURASINI TATBIQ ETISH
7.1.
Bozor konyunkturasi haqida tushuncha
Konyunkturani o‘rganish marketing xizmatining ajralmas qismini
tashkil etadi. Mamlakatimizda konyunkturani o‘rganish 20-yillarda tashkil
etildi. «Konyunktura» lotincha so‘z bo‘lib, holat degan ma’noni anglatadi,
u keng ma’noda ularning o‘zaro aloqasidan olingan shartlarning
yig‘indisidir. Bozor konyunkturasi, bu ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir
hududda talab bilan taklif o‘rtasidagi nisbat hisoblanadi.
Marketing sharoitini va bozorni tekshirish iqtisodiy, demografik,
ijtimoiy, tabiiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarni tahlil va bashoratni
taxmin qiladi. Hozirgi kunda deyarli hamma yirik firmalar xususiy
konyunktura xizmatlariga egadirlar, ular o‘z faoliyat doirasida jahon va
milliy miqyosda konyunktura rivojlanishini kuzatadilar. Iqtisodiy
konyunktura bu omillar va qayta ishlash sharoitlarining rivojlanishi va
o‘zaro aloqadorlikda talab, taklif, narx omillari asosida bozordagi bir
ko‘rinishdir. Bu ko‘rsatilgan aniqlik o‘z ichida konyunktura
tushunchasining barcha amaliy sifatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Birinchidan, unda iqtisodiy konyunktura predmeti ko‘rsatilgan, ya’ni
bozor, ayirboshlash sohasidagi konyunkturani avval olib borilayotgan
ishlar bilan bog‘laydi.
Ikkinchidan, konyunkturani faqat ayirboshlash sohasidagina emas,
balki butun ishlab chiqarish jarayonini, ya’ni (ishlab chiqarish, taqsimlash,
muomala, iste’mol, bular ayirboshlash prizmasi orqali aniqlanadi) o‘z
ichiga qamrab oladi.
Uchinchidan, konyunktura dinamik o‘sish davrlarida ko‘riladi.
To‘rtinchidan, konyunktura ishlab chiqarish jarayoni aniq tarixiy
sharoitlari bilan bog‘liq, har bir ishlash jarayonining yangi bosqichi uchun
omillar va konyunktura rivojlanishining sharoitlari mosligi o‘ziga xosdir.
Beshinchidan, uning asosiy shakli talab, taklif, va narx dinamikasining
nisbatidir. Bir so‘z bilan aytganda, ayni shu omillar bozorning holati va
dinamikasini aniqlashda
markaziy bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi.
Konyunktura tadqiqotining 2 ta obyektiga ko‘ra - ya’ni iqtisodiy
konyunktura tushunchasidagi xo‘jalik va tovar bozori, 2 mustaqil tarkibiy
qismga ajratiladi
1) umumxo‘jalik konyunkturasi
2) tovar bozori konyunkturasi.
Umumxo‘jalik konyunkturani tuzilmaviy birlik deb, shunga
qaramasdan tovar bozorlarining va ko‘plab o‘zaro munosabatlar
134
konyunkturasini yig‘indisi deb qarash mumkin. Tovar konyunkturasi
umumxo‘jalik konyunkturasini tashkil etadi, umumxo‘jalik konyunkturasi
esa tovar bozorlari konyunkturasini keltirib chiqaradi. Tovar bozorlari
konyunkturasini umumxo‘jalik konyunkturasining elementi sifatida
birlashuvi, bir butun kabi tovar konyunkturasini tashkil etuvchilarga
mavjud bo‘lmagan yangi sifatni beradi. Shunday qilib, uning butun qismi
va bo‘g‘inlarining belgilari o‘zaro ta’sirchanligi va o‘zaro aloqadorligi
shakllarining fe’l - atvorini, umumxo‘jalik va tovar konyunkturasi
rivojlanishini aniqlaydi.
Bozorni, avvalo butun bozor konyunkturasini kompleks izlanishlar
ishbilarmonlar doirasining fikriga ko‘ra, ishbilarmonlarga ularning xo‘jalik
qarorlarini qabul qilishda xatoga yo‘l qo‘ymasligi uchun tavakkalchilikni
pasaytirishda qurol hisoblanadi. Iqtisodiy konyunkturani izlash, faqatgina
ayirboshlash sohasi rivojlanishi va uning qayta ishlab chiqarish
jarayonining boshqa bosqichlari bilan o‘zaro aloqadorligining umumiy
qonunchiligini o‘rganish bilan chegaralanib qolmaydi.
Tovar bozori o‘zida, birinchidan, ma’lum bir tovarni ishlab
chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida, ikkinchidan, ishlab
chiqaruvchilar guruhi va iste’molchilar guruhi o‘rtasida iqtisodchilar
aloqalari tizimini o‘zida aks ettiradi. Aloqalarning asosiy ko‘rinishi 1-turi
bu oldi-sotdi jarayoni, 2-si esa raqobatdir. Tovar bozorlari tarmoqlararo
raqobatning mexanizmi orqali o‘zaro ta’sirga ega va u milliy bozorni
butunlay shakllantiradi. Bozor munosabatlarining tarixiy rivojlanishi
davomida milliy chegara doirasidan chetga chiqmaydi va xalqaro tovar
bozorlari shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: