O`zbеkistоn rеspublikasi



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/156
Sana07.07.2021
Hajmi1,36 Mb.
#111059
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   156
Bog'liq
marketing fanidan oquv metodik material

Qisqa xulosalar 
Bozorni  segmentlash  talabni  qondirishga  tabaqalangan  holda 
yondoshuvga,  tovarlarning  turi,  sifati  va  miqdoriga  ko‘ra  har  xil  talab 
qo‘yadigan iste’molchilarni guruhlarga ajratishda turli mezonlar qo‘llashga 
asoslanadi,  ya’ni  bozor  bir  jinsli  hodisa  tarzida  emas,  balki  ayrim-ayrim 
segmentlar  majmui  tarzida,  har  bir  segment  doirasida  alohida  o‘ziga  xos 
bir talab namoyon bo‘ladigan hodisa tarzida olib qaraladi. 
Bozorni  segmentlash,  bozorni  o‘rganishning  asosiy  usulidir.  Uning 
yordamida  bozor  (uning  tarkibiy  qismlari)  segmentlarga  bo‘linadi.  Bozor 
segmenti-bu  iste’molchilar,  tovarlar,  raqobatchilarning  shunday  ajratilgan 
qismiki,  ular  uchun  umumiy  xususiyatlar  xosdir.  Bozorni  to‘g‘ri 
segmentlash,  shu  segmentning  maxsus  ehtiyojlariga  qat’iy  rioya  qilingan 
holda kam xarajatlar bilan tovar yetkazib berishni to‘g‘ri tashkil qilishdan 
iborat.  Makrosegmentlash  bozorlarni  hududlar,  mamlakatlar  bo‘yicha 
ularning sanoatlashuviga qarab bo‘lishni ko‘zda tutadi. 
Mikrosegmentlash  esa  bir  mamlakat  iste’molchilarini  yanada 
batafsilroq mezonlar bo‘yicha guruhlarga bo‘ladi. 
Ichkarida  segmentlashda  segmentlash  jarayoni  keng  iste’molchi 
guruhlari  bilan  boshlanib,  keyin  tovar  yoki  xizmatlarni  oxirgi 
iste’molchilari 
tasnifiga 
bog‘liqligiga 
qarab 
bosqichma-bosqich 
chuqurlashadi. 
Chuqurda  segmentlash  tor  iste’molchi  guruhlari  (segmentlari)  bilan 
boshlanib,  keyin  tovarni  ishlatish  va  qo‘llanish  sohasidan  bog‘liqligiga 
qarab kengaytirishni nazarda tutadi. 
Avvaldan  segmentlash  maksimal  bozor  segmentini  o‘rganishga 
mo‘ljallangan marketing tadqiqotining boshlang‘ich bosqichidir. 
Yakuniy  segmentlash  –  bozor  muhiti  sharoitlari  va  firmaning  o‘z 
imkoniyatlarini  tartibga  solib  o‘tkazishdagi  bozor  tahlilini  yakunlovchi 
bosqichidir.  U  iste’molchilar  talabiga  va  firma  imkoniyatiga  javob 


 
153 
 
 
beruvchi  segmentga  tovarlarni  pozitsiyalashtirish  maqsadida  bozorning 
optimal segmentini qidirish bilan bog‘liq. 
Bozorni segmentlashning tamoyillari quyidagilardir: 
1. Geografik tamoyil. 
2. Ijtimoiy- iqtisodiy. 
3. Psixografik tamoyil. 
4. Demografik tamoyil. 
5. Xulq-atvor tamoyili. 
6. Holat tamoyili. 
Geografik tamoyil orqali bozorning joylashuvi, aholi soni va zichligi, 
tijorat faoliyatining tuzilishi, hududning rivojlanish dinamikasi, inflyatsiya 
darajasi, huquqiy cheklashlar hisobga olinadi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy  tamoyil  orqali  aholining  daromadi,  ijtimoiy  kelib 
chiqishi, ma’lumoti kabi omillar inobatga olinadi. 
Psixografik  tamoyil  natijasida  hayot  tarzi,  shaxsning  turi,  jamoat 
holati kabi omillar hisobga olinib, turmush tarzi shaxsning o‘z faoliyatida, 
qiziqishlarida, qat’iyatida va e’tiqodlarida o‘z aksini topadi. Shaxsning turi 
esa hayotdan mamnun, melanxolik, o‘zgalardek ish ko‘ruvchi, o‘zbilarmon 
va boshqa hislatlarda bo‘lishi mumkin. 
Demografik  tamoyillarda  oilaning  soni  va  sifat  tarkibi,  oilaning 
hayotiylik  davri  bosqichi,  daromadlilik  darajasi,  mashg‘ulot  turi,  jinsi, 
millati  kabilar  inobatga  olinadi  hamda  bozorni  segmentlashning  asosiy 
tamoyillaridan biri hisoblanadi. 
Xulq-atvor tamoyili orqali xarid qilishga yo‘l, foydalanuvchi maqomi, 
iste’mol jadalligi, bog‘lanib qolish darajasi, tovar haqida ma’lumot berish, 
tovarga bo‘lgan munosabati hisobga olinadi. 
 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish