Hissadorlik (aksionerlik) jamiyati — bu jismoniy shaxslar kapitallarning
birlashuvi bo`lib, u aksiyalar chiqarish yo`li bilan bunyod etiladi. Aksiyalar fond
birjalarida muomalada bo`ladi — bir shaxsdan ikkinchisiga erkin o`tadi va
27
to`langan pul miqdori, ya`ni jamoat kapitaliga kiritilgan hissasi bilan cheklanadi.
Jamiyat majburiyati bo`yicha faqat jamiyatning o`zi o`z mulki bilan javob beradi.
U ochiq yoki yopiq bo`lishi mumkin.
Hissadorlik jamiyati — bu biznesning, ko`proq, demokratik shaklidir.
Chunki bevosita yoki obuna bo`lish yo`li bilan aksiya sotib olish va korxonada
mulk egasi bo`lishga istalgan inson erishishi mumkin.
Hissadorlik jamiyati, mas`uliyati cheklangan va qo`shimcha javobgarlikka
ega bo`lgan jamiyatlar deb, xo`jalik faoliyatini amalga oshirish niyatida yuridik
shaxslar va fuqarolarning mulklarini birlashtirish natijasida tashkil qilingan yuridik
shaxslar tan olinadi. Hissadorlik jamiyati shunday xo`jalik jamiyatiki, uning nizom
fondi jamiyatning nominal qiymatini ma`lum aksiyalar soniga taqsimlangan
bo`ladi va mazkur fond ushbu aksiyalarni sotishi orqali shakllanadi.
Firma — tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatish maqsadida iqtisodiy
resurslarni ishlatuvchi tashkilotdir. Mulk egasining tavsifiga ko`ra quyidagi turdagi
firmalar mavjud: davlat, xususiy tadbirkorlik va kapitalistik, firmalar.
Kichik biznesda firmalar odatda yuqori texnologik ishlab chiqarishni bunyod
etish bilan band. Ular o`zlariga xos xo`jalik yuritish uslublaridan foydalanadilar.
Ularning xo`jalik faoliyatini boshqarish strategiyasi to`rtta asosiy qismdan tashkil
topgan:
Birinchidan — taraqqiy etyorgan va yuqori texnologiyaga ega bo`lgan
firmalar raqobatga qiziqmaydilar, Shuning uchun ular tor ixtisoslashgan
mahsulotlar ishlab chiqarib bozorning yuqori daromadli qismini egallashga
intiladilar.
Ikkinchidan — firmalar istalgan usul va vositalar bilan o`z harajatlarini
kamaytirishga intiladilar. Masalan, elektronika bilan shug`ullanuvchi firmalar
butlovchi mahsulotlarni yirik ishlab chiqaruvchilardan sotib olib, o`z sarf-
harajatlarini iloji boricha kamaytirishga harakat qiladilar.
Uchinchidan — kichik firmalarning ko`pchiligi ishlab chiqarishni bitta
mahsulot yoki texnologiya atrofida uyushtiradilar. Ularning vazifasi ushbu
mahsulot yoki texnologiyani iste`molchilarning o`ziga xos ehtiyojlariga
28
moslashtirishdan iborat bo`ladi. Kichik firmalarning yiriklaridan asosiy farqi ham
ana shunda. Katta firmalar o`zlarini sotish quvvatlarini katta guruh iste`molchilar
ehtiyojlarini qondirish niyatida asosan standart mahsulotlar yetkazib berishga,
ya`ni haridorlar talabiga ta`sir qilishga harakat qiladilar.
To`rtinchidan — deyarli barcha firmalar iloji boricha begona kapitalni
kamroq jalb qilishga, o`zlarining mustaqilligini saqlab qolishga harakat qiladilar.
Mutaxassislar fikricha, kichik firmalar faoliyati va taraqqiyoti maqsadlariga
mahsulot va texnologiya taraqqiyoti bilan birga ularning mustaqillik va shaxsiy
ijtimoiy-madaniy iqlimga intilishi xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: