O`zbekiston respublikasi


  Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishning tashkiliy-



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/62
Sana13.06.2021
Hajmi1,02 Mb.
#66238
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62
Bog'liq
aaaaaaaaaaaaaaaa

1.3  Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishning tashkiliy-

huquqiy shakllari  

Kichik  biznеs  va  хususiy  tadbirkоrlikni  rivоjlanishini  ta`minlashda  ularni 

qanday  shakllarda  tashkil  qilish  imоniyati  va  mazkur  shakllar  uchun  bеlgilangan 

shart-sharоitlar  va  huquqiy  nоrmalar  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Buni  inоbatga 

оlgan  hоlda  mamlakatimizda  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  tashkil 

etishning tashkiliy-huquqiy shakllari to`хtalib o`tishni jоiz tоpdik. 

Xususiy  tadbirkorlik  —  xo`jalik  yuritishning  shunday  tashkiliy-huquqiy 

shakliki,  unda  mulk  egasi  bitta  shaxs  yoki  oila  bo`ladi  va  faoliyatdan  kelgan 

daromadni  (turli  to`lov  va  soliqlar  to`langanidan  keyin)  hammasiga  egalik  qiladi, 

qolaversa  biznesdagi  xavf-xatar  va  tavakkalchilik  uchun  yakka  o`zi  javob  beradi. 

Tadbirkorlikning  ushbu  shakli  chakana  savdoda,  umumiy  ovqatlanish  sohasida, 

maslahat  sohasidagi  biznesda,  maishiy  xizmat  ko`rsatishda,  fermerchilikda, 

tibbiyotchilik  amaliyotida  va  hunarmandchilikda  ko`proq  uchraydi.  U  ikki  xil 

ko`rinishda tashkil qilinishi mumkin: 

a) 

 individual — ya`ni korxona tashkil qilmasdan; 



b) 

 xususiy korxona — ya`ni yuridik shaxs tashkil qilgan holda. 

Xususiy tadbirkorlikni tashkil qilish bir qancha afzallirklarga ega. Ular: 

 

 ishni  tashkil  qilishdagi  oddiylik,  to`la  mustaqillik,  harakatdagi  erkinlik 



va  tezkorlik.  Tadbirkor  biror  qaror  qabul  qilishida  yuqori  tashkilotlarga  murojaat 

qilishining yoki sheriklar roziligini olishining zarurati yo`q; 

 

 ishga  qiziqtiruvchi  sabablarning  ko`pligi,  chunki  barcha  foyda  faqat 



mulkning  yolg`iz  egasiga  kelib  tushadi  va  u  ko`proq  ishlashga  rag`batlanadi,  ish 

ustidan  kerakli  nazorat  o`rnatish,  ehtiyotlik  bilan  qaror  qabul  qilish  va  ish 

ko`lamini yanada kengaytirishga intiladi; 

 

 konfidensiallik  (ishdagi  maxfiylik)  saqlanadi.  Ba`zi  bir  biznes  turlarida 



maxsus  uslub,  yo`llar,  texnologiyalar  tadbirkorlik  faoliyatining  asosiy  boyligini 

(kapitalini)  tashkil  qiladi.  Xususiy  tadbirkorlik  maxfiylikni  saqdashga  imkon 

yaratadi; 

 

 xususiy  tadbirkorlikda  uning  tashkiliy-huquqiy  shaklini  o`zgartirish 




23 

 

nisbatan engil ko`chadi (masalan, mas`uliyati cheklangan jamiyatlar tuzish). 



Shu  bilan  birga  хususiy  tadbirkorlik  bir  qancha  kamchiliklarga  ham  ega. 

Bular: 


 

 zaif  moliyaviy  poydevorga  egaligi.  Bu  katta  miqdordagi  kapitallarni 

jalb qilishdagi qiyinchiliklarga sabab bo`ladi; 

 

 xo`jalik  faoliyatida  xavf-xatar  va  tavakkalchilik  yuqori  darajada 



bo`lganligi sababli faoliyat davomiyligining noaniqligi; 

 

 barcha  xo`jalik  faoliyati  uchun  cheklanmagan  javobgarlikning  hukm 



surishi; 

 

 yakka xo`jalik mulkining mulkni boshqa shaxsga (masalan, boshqa oila 



a`zolariga) berishda noqulayligi, iхcham emasligi; 

 

 mulk  egasining  mehnatiga  noloyiq  bo`lib  qolishi  yoki  ishdan 



chetlanishi  hollari  yuz  berganda  yakka  xo`jalik  mulki  tarkibini  saqlab  qolish 

mushkulligi.

11

 

Yuqorida  keltirgan  kamchiliklarni  bartaraf  etish  maqsadida  ishbilarmonlar 



mol- mulki, kasb yoki kapitallarini qo`shib birlashadilar. 

Kichik  biznesda  ishbilarmonlik  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  har  xil 

shakldagi  shaxslar  birlashuvi  ichida  eng  oddiy  ko`rinishi  o`rtoqlik  ya`ni  

shirkatchilikdir. 

O`rtoqlik — bu ikki yoki undan ortiq shaxsning mulkini umumiy manfaatni 

ko`zlovchi  maqsadlardagi  tadbirkorlik  harakatini  uyushtirish  birlashuvidir.  U 

shartnoma asosida tashkil qilinadi, uning qatnashchilari avvalo o`zining va boshqa 

a`zolarning manfaatini ko`zlab harakat qiladilar. 

O`rtoqlikning  asosan  uchta  turi  mavjud:  chala  (oddiy), to`la  va  kommandit 

shirkatchiligi. 

Chala  (oddiy)  shirkatchilik  —  bu  ikki  va  undan  ko`p  shaxslarning 

shartnomaviy  birlashishi  bo`lib,  unda  mulk  va  tadbirkorlik  harakatlari  umumiy 

shirkatchilik  manfaatiga  erishish  maqsadida  birlashadi.  Ushbu  birlashish  shaklida 

                                                           

11

 

www.ziyonet.uz



  


24 

 

tashkilot  umuman  bo`lmaydi,  Chunki  shirkatchilik  sheriklari  har  biri  alohida 



harakat qiladi. 

To`la shirkatchilik — bu shartnoma asosida ikki va undan ortiq shaxslarning 

umumiy  maqsadga  erishish  uchun  o`z  mulklari  va  tadbirkorlik  kuchlarini 

birlashtirishiga asoslangan kelishuvidir. 

To`la shirkatchilikda ham xuddi chala (oddiy) shirkatchilikka o`xshab, uning 

egalari  manfaatining  birligi  seziladi.  Agar  chala  (oddiy)  shirkatchilikda  umumiy 

manfaat  maxfiy  namoyon  bo`lsa,  to`la  shirkatchilikda  uchinchi  shaxslar  bilan 

bo`ladigan  barcha  munosabatlarda  umumiy  shirkatchilik  manfaati  aniq  ko`rinib 

turadi. 

Oddiy  (chala)  shirkatchilikdagiga  o`xshab  to`la  shirkatchilikda  ham 

tashkilot  bo`lmaydi.  Bitimlar  barcha  o`rtoklar  manfaatini  ko`zlab  va  ularning 

bittasi yoki bir nechasi nomidan tuziladi. Ammo, tashqi iqtisodiy munosabatlarda, 

to`la shirkatchilik uning sheriklari nomi bilan ish yurituvchi yagona firma sifatida 

harakat qiladi. 




Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish