O`zbekiston respublikasi


 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish va



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/62
Sana13.06.2021
Hajmi1,02 Mb.
#66238
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62
Bog'liq
aaaaaaaaaaaaaaaa

1.2  Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish va 

rivojlantirishning nazariy asoslari  

Kichik  biznеs  va хususiy  tadbirkоrlik  faоliyatini tahlil  etar  ekanmiz  avvоlо 

uni  tashkil  etish  shartlari  bilan  tanishib  оlishimiz  lоzim  bo`ladi.  Bunda  tashkil 

etishning huquqiy asоslari o`rganilib uni qanday kimlar tоmоnidan tashkil qilinishi 

mumkinligi qarab chiqiladi. 

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik quyidagilar tomonidan bunyod etilishi 

mumkin: 

 

 fuqarolar, ularning oila a`zolari va boshqa birgalikda mehnat faoliyatini 



olib boruvchi shaxslar; 

 

 davlat,  ijara  jamoalari,  qo`shma  korxonalar,  koperativlar,  hissadorlik 



jamiyatlari, xo`jalik jamoalari, shirkatchilar va boshqa yuridik shaxs hisoblanuvchi 

korxona va tashkilotlar; 

 

 davlat mulkini boshqarish huquqiga ega davlat idoralari; 



 

 belgilangan idoralar, korxonalar, tashkilotlar va shaxslar hamkorlikda; 

 

 amaldagi ishlab turgan korxona,  birlashma tarkibidan,  ishlovchi jamoa 



tashabbusi  bilan,  bitta  yoki  bir  necha  tarkibiy  bo`linma  yoki  tarkibiy  birliklarni 

korxona mulki egasining roziligi va korxonaning ilgari qabul qilgan shartnomaviy 

majburiyatlarining  bajarilishini  ta`minlash  sharti  bilan  ajratib  olish  natijasida.  

Bunda kichik korxonaning ta`sischisi ushbu korxona hisoblanadi.  

 

Kichik korxona bunyod etilishi uchun quyidagilar zarur: 



1. 

 Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  asoslaydigan  mulk  shaklini 

aniqlash; 

2. 


 Ta`sischini  tanlash,  agar  kichik  korxona  ma`lum  mulk  egasining  mulki 

asosida bunyod etiladigan bo`lsa, uning roziligini olish; 

3. 

 Ta`sis hujjatlarini tayyorlash; 



4. 

 Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  jamoasining  unda  yangi  korxona 

bunyod etish va ta`sis hujjatlarini tasdiqlash yuzasidan majlisini o`tkazish; 

5. 


 Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  mahalliy  davlat  idoralarining 

ro`yxatidan o`tkazish. 




18 

 

Har  bir  korxona  malum  ta`sis  hujjatlari  asosida  tashkil  topadi.  Eng  avvalo, 



korxonani  mavjudligini  ifodalaydigan  asosiy  hujjat  -  ustavdir.  Korxona  ustavida 

yangi  korxonaning  statusi,  asosiy  vazifalari,  tashkil  qilish  asoslari  va  tamoyillari, 

ta`sischilar,  ularning  manzillari  va  har  qaysi  ta`sischining  qo`yilmalari  miqdori, 

korxonaning faoliyat sohalari va muddatlari, yuridik shaxs sifatidagi huquqlari va 

majburiyatlari  aks  ettiriladi.  Shuningdek  ustavda  ustav  kapitalining  hajmi  va 

tashkil  topish  manbalari  belgilanadi,  faoliyat  sohasi  va  turi  ko`rsatiladi,  kishilar 

sog`ligi  va  atrof-muhitni  muhofaza  qilishni  kafolatlaydi,  korxona  va  uning 

filiallarini  boshqarish  shakllari  o`rnatiladi,  hisob  va  hisobot  tizimi  ko`rsatiladi, 

yangi korxona nomi va manzili ham ko`rsatib o`tiladi. 

Korxona  ustavi  ta`sischilar  tomonidan  tasdiqlanadi  va  ta`sischilar 

yig`ilishida  mahalliy  hokimiyatga  ro`yxatga  olish  uchun  ariza  tayyorlanadi. 

Bundan keyin korxona bankda hisob-kitob scheti ochish va mustaqil pechatga ega 

bo`lish  huquqiga  ega  bo`ladi.  Bu  ta`sis  hujjatlariga  ega  bo`lmagan  muassasalar 

yuridik shaxs hisoblanmaydi va o`z navbatida korxona ham hisoblanmaydi. 

      Ko`pgina  korxonalarda  korxonani  ochish  uchun  o`zining  mablag`lari 

yetishmaydi    yoki  yetishsada  to`la  oborot  qilish  uchun  kamlik  qiladi.  Bunday 

holatda  korxonalar  bankdan  va  boshqa  moliya  institutlarining  kreditlaridan 

foydalanishlariga to`g`ri keladi. Bunday holatda kafolat, garov kabi vositalar zarur 

bo`ladi.  Shu  bilan  birgalikda  kredit  olish  uchun  korxona  tomonidan  mukammal 

tuzilgan  biznes-reja  ham  ish  beradi.  Tadbirkor  yangi  korxonani  tashkil  qilish 

davomida quyidagi masalarni aniq hisob-kitob qilib olishi lozim: 

 

 foydali va samarali g`oyaning mavjudligi; 



 

 ishni boshlash uchun qancha va qanday mablag`lar kerak bo`lishini; 

 

 ishni boshlagandan keyin qancha miqdordagi foyda olish mumkinligi. 



―O`zbekiston  Respublikasining  Tadbirkorlik  to`g`risida‖gi  qonuniga  ko`ra 

tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta`rif beradi. 

―Tadbirkorlik - mulkchilik subyektlarining foyda olish maqsadida tavakkal 

qilib,  mulkiy  javobgarlik  asosida  amaldagi  qonunlar  doirasida  tashabbus  bilan 

iqtisodiy  faoliyat  yuritishdan  iborat‖.  Tadbirkorlik  faoliyati  o`zining  xususiy 



19 

 

mulkiga  asoslanganligi  sababli  xususiy  tadbirkorlikni  mavjud  bo`lishini  talab 



etadi.  Xususiy  tadbirkorlik  deb  amaldagi  qonunlarga  bo`ysunish  xo`jalik 

faoliyatining shunday turiki, u o`zining mulkiy javobgarligi va tavakkalchilik bilan 

yollanma mahsulotini jalb qilish asosida ish yuritadi. 

Xususiy tadbirkorlik 2 turga bo`linadi: 

1. 

 Yuridik shaxs bo`lmagan  xususiy tadbirkorlik. 



2. 

 Yuridik shaxs bo`lgan xususiy tadbirkorlik. 

Yuridik shaxs bo`lmagan  xususiy tadbirkorlik mahalliy hokimiyat tomonidan 

beriladigan  maxsus  hujjat,    guvohnoma,  patent  asosida  ishlaydigan  ammo  o`z 

balansiga va o`z ustaviga hisob raqamiga ega bo`lmagan faoliyat turidan iborat. 

Yuridik  shaxs  bo`lmagan    tadbirkorlik  faoliyati  quyidagi  ko`rinishlarda 

amalga оshirilishi mumkin. 

1. 


 Aholiga yengil avtomobil xizmatlari ko`rsatish. 

2. 


 Sur`atxonalardagi faoliyati. 

3. 


 Qurilish faoliyati va kvartira remonti bilan shug`ullanuvchi. 

4. 


 Tantanali marosimlarda to`ylarda san`atkorlik musiqa xizmatlar. 

5. 


 Ayrim mulklarni ijaraga berish. 

6. 


 Akvariumlarda balik urchitish. 

Bulardan  daromad  solig`i  talab  etiladi.  Yuridik  shaxs  bo`lgan  tadbirkorlik 

faoliyatiga  xususiy  korxonalar  faoliyati  kiradi.  Bunday  korxonalar  o`zining 

mustaqil  balansga  ustavga  , hisob  rayamiga  hamda  muxriga  ega  bo`ladi. Xususiy 

tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat: 

1. 


 Xo`jalik  yuritishning  samarali  turini  tanlash  ishlab  chiqarish  dasturini 

shakllantirish  resurs  topish,  mahsulotni  sotish  va  ularga  baho  belgilash  bo`yicha 

erkinliklarning mavjud bo`lishligi. 

2. 


 Tadbirkorning  ishlab  chiqarish  vositalariga  ishlab  chiqarilgan  mahsulot 

va olinagn daromadga kafolatlangan huquqga ega bo`lishligi. 

3. 

 Investitsiyalash  imkoniyatlari  real  ta`minlaydigan  ma`lum  iqtisodiy 



muhim va ijtimoiy - siyosiy sharoit yaratadi. 

4. 


 Mulkchilik  va  uni  o`zlashtirishning  turli  -  tuman  shakllarining 


20 

 

bo`lishligi. 



Xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirish  manbalari  sifatida  quyidagilarni  kеltirib 

o`tishimiz mumkin: 

1. 

 Xususiy mulkdorning o`zlarining pul va moddiy mablag`lari . 



2. 

 Bank kreditlari va boshqa kreditlar. 

3. 

 Qimmatli qog`ozlarni sotishdan tushgan daromadlar va devidentlar. 



4. 

 Ota-onasining mol-mulklari. 

5. 

 Qonunda ta`qiqlanmagan boshqa manbalar. 



Tadbirkorlik faoliyati oldiga qo`yilgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: 

1. 


 Jahon  standartiga  javob  beradigan  raqobatbardоsh  mahsulotlar  ishlab 

chiqarish va uni rеalizatsiya qilish. 

2. 

 O`zbekiston  Respublikasining qonunlarida ta`qiqlanmagan holda ishlab 



chiqarishni rivojlantirish va ko`proq foyda olish imkoniyatlarini kengaytirish. 

3. 


Mehnat  jamoalarini  sotsial  rivojlantirishni  ta`minlash  hamda  ularning 

mehnat qilish imkoniyatlarni kengaytirishdan iborat. 

Xususiy    tadbirkorlikni    rivojlantirishning  asоsiy  huquqiy  asoslaridan  biri 

―Tadbirkorlik  to`g`risida‖gi  qonun  hisоblanadi.  Ushbu  qonunga  ko`ra  tadbirkor 

quyidagi huquqlarga ega: 

1. 


 Ishlab chiqarish dasturini mustaqil tuzish hamda ishlab chiqarilayotgan 

o`z mahsulotiga narx belgilash. 

2. 

 Respublika  miqyosida  moddiy  moliyaviy  va  tabiiy  boyliklarni  ishlab 



chiqarishga jalb etish va ulardan foydalanish. 

3. 


 Xususiy  korxonalarga  mustaqil  yollash,  ishdan  bo`shatish  hamda 

ishlovchilarga turli shakllarda mukofotlar berish. 

4. 

 Korxonadagi ichki tartib qoidalarni belgilash. 



5. 

 Korxonaning  soliq  to`langan  va  boshqa  majburiyatlar  bajarilgandan 

keyin qolgan foydani erkin tasarruf etish. 

6. 


 Tadbirkorlarni ijtimoiy ta`minlash va ijtimoiy sug`urtalash. 

Shu bilan birga tadbirkorlarga quyidagi majburiyatlar belgilangan: 

1. 

 Amaldagi  qonunlardan  hamda  tuzilgan  bitimlardan  kelib  chiqib  barcha 




21 

 

shartnomaviy majburiyatlarni bajarish. 



2. 

 Yollanib  ishlayotgan  xodimlar  bilan  qonunlarga  muvofiq  mehnat 

shartnomalari tuzish. 

3. 


 Erkin raqobat sharoitlarida bozor qoidalariga vijdonan amal qilish. 

4. 


 Ishga  jalb  etilgan  barcha  xodimlar  bilan  tuzilgan  bitimga  muvofiq 

korxonaning moliyaviy ahvolidan qat`iy nazar to`la hisob-kitob qilish. 

5. 

 Xodimlarni ijtimoiy va tibbiy sug`urtalash. 



Shu  bilan  birgalikda  ―Mikrofirmalar  va  kichik  korxonalarni  rivojlantirishni 

rag`batlantirish  borasidagi  qo`shimcha  chora-tadbirlar  to`g`risida‖  PF-3620  sоnli 

Prеzidеnt Farmоni (2005 yil, 20 iyun), ―Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy 

san`atini  yanada  rivojlantirishni  davlat  yo`li  bilan  qo`llab-quvvatlash  chora-

tadbirlari  to`g`risida‖  PF-1741  sоni  Prеzidеnt  Farmоni  (1997  yil,  31  mart), 

―Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo`llab - quvvatlash, ularning barqaror 

ishlashini  ta`minlash  va  eksport  salohiyatini  oshirish  chora-tadbirlari  dasturi 

to`g`risida‖ PF-4058 sоnli Prеzidеnt Farmоni (2008 yil, 28 noyabr), ―Tadbirkorlik 

faoliyatini  yanada  qo`llab  -  quvvatlash  va  rivojlantirish  chora-tadbirlari 

to`g`risida‖  PQ-1112  sоnli  Prеzidеnt  Qarоri  (2009  yil  15  may)  kabilar 

mamlakatimizda tadbirkоrlik faоliyatini tashkil qilish va rivоjlantirish uchun asоs 

bo`lib хizmat qilib kеlmоqda.  

Bundan  tashqari  mamlakatimiz  Prezidentining  PF-4848-sonli  ―Tadbirkorlik 

faoliyatining  jadal  rivojlanishini  ta`minlashga,  xususiy  mulkni  har  tomonlama 

himoya  qilishga  va  ishbilarmonlik  muhitini  sifat  jihatidan  yaxshilashga  doir 

qo`shimcha  chora-tadbirlar  to`g`risida‖gi  Farmoniga  muvofiq,  2017  yilning  1-

yanvardan  boshlab tadbirkorlik  subyektlarini  rejadan  tashqari  tekshirishlarning 

barcha  turlari  bekor qilindi  va  bu  mamlakatimizda  tadbirkorlikni  rivojlantirish  va 

xususiy  mulkni  davlat  tomonidan  muhofazasini  ta`minlashga  navbatdagi  muhim 

qadam bo`ldi.

10

  

                                                           



10

 O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2016  yil  5  oktabrdagi  PF-4848-sonli ―Tadbirkorlik  faoliyatining  jadal 

rivojlanishini  ta`minlashga,  xususiy  mulkni  har  tomonlama  himoya  qilishga  va  ishbilarmonlik  muhitini  sifat 

jihatidan yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida‖gi Farmoni//lex.uz 




22 

 


Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish